Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021



Download 210 Kb.
bet19/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Immunitet. Immunitet tushunchasi orqali organizmning kasallik qo’zg’atuvchilariga va kasalliklarga qarshilik ko’rsatish xususiyati belgilanadi. Kelib chiqishi va yuzaga chiqish xususiyatlariga ko’ra immunitet tug’ma (tabiiy) va orttirilgan immunitetga tasniflanadi.

Tug’ma immunitetda hayvonlar kasallikka tug’ilgan davrdan boshlab yoki ma’lum bir yoshdan keyin qarshilik ko’rsatish xususiyatiga ega hisoblanadi. Tug’ma immunitet ma’lum bir turdagi hayvonlar xususiyatlari bilan bevosita bog’liq hisoblanib, shu sababli bu turdagi immunitet ayrim holatlarda turga oid immunitet xam deb nomlanadi. Bu ko’rinishdagi spetsifiklik sabablari parazitning xo’jayin organizmida moslashish (adaptatsiya) xususiyatlarini belgilab beradi. Parazitlarda ma’lum bir xo’jayinlarga nisbatan bitta tur yoki bir necha turda tabiiy tanlanish orqali moslashish xususiyatlarining yuqori darajada yuzaga kelishi natijasida ushbu parazitlarning boshqa turlarga nisbatan moslashuvchanligini chegaralaydi va uning xo’jayinlari doirasini belgilab beradi.

Ayrim turdagi parazitlarda zararlantirish xususiyatiga ega bo’lmaslik holatlari bevosita ushbu parazitlarning morfologik xususiyatlariga bog’liq holatda xo’jayinlari tanasida yashash muhitiga moslashish xususiyatlari bilan bizohlanadi. Masalan, ushbu ko’rinishda morfologik jihatdan adaptatsiya mexanizmlarining qaror topishiga zuluk (Hemibdella soleae) turining faqat kambala (qalqonbaliq) balig’i Solea turida parazitlik qilishini ko’rsatib o’tish mumkin. Bunda ushbu parazit zuluklarning orqa yopishish so’rg’ichlari faqat Solea turiga mansub baliqlarda kuzatiluvchi ktenoid tangachalar o’lchamlariga mos keladi va bunda ushbu zuluk turi boshqa baliqlar va hatto boshqa turdagi kambala baliqlarida parazitlik qilish imkoniyatlari cheklangan.

Biroq, ko’pgina holatlarda parazitlarning xo’jayin tanasiga moslashish mexanizmlarida fizik – kimyoviy, biokimyoviy va fiziologik jihatlar katta ahamiyatga ega bo’lishi kuzatiladi. B.E.Bыxovskiy (1933) tomonidan aniqlanishicha, so’rg’ichli Dactylogyrus avlodiga mansub parazitlar bitta yoki bir nechta turdagi baliqlar jabrasida parazitlik qilishi kuzatilib, bunda turlar oraliq shakllarini (gibrid) xosil qilish xususiyatiga ega hisoblanadi. Ushbu ko’rinishda, so’rg’ichli Dactylogyrus vastator paraziti faqat karp (zog’orabaliq), karas (tovonbaliq) baliqlarida parazitlik qilishi qayd qilinib, boshqa tur baliqlarda parazitlik qilishi kuzatilmaydi. Bu ko’rinishda B.E.Bыxovskiy tomonidan keltirilgan fikrni tasdiqlovchi keng ko’lamdagi materiallar A.V.Gusev tomonidan (1933) Amur danyosi suvlarida amalga oshirilgan tadqiqotlarda to’plangan.

SHuningdek, parazitlar bilan to’liq holatda zararlanmaslik xususiyatiga ega bo’lish bilan bir qatorda nisbiy darajadagi zararlanmaslik kuzatiladi, ya’ni parazit ta’sirida xo’jayin organizmining qisman zararlanishi kuzatiladi yoki ayrim parazitlar ma’lum bir turdagi xo’jayinlari tanasida to’liq holatda jinsiy jihatdan voyaga yetmasligi, yoki serpushtlilik xususiyati sezilarli darajada cheklanishi qayd qilinadi.

Tabiiy holatdagi yoshga bog’liq immunitetning yuzaga chiqishida ushbu ko’rinishdagi parazitlarga qarshi himoyalanish xususiyatlari qayd qilinib, bu baliqlarda ma’lum bir yoshdan keyin namoyon bo’ladi. Baliqlarda bu shakldagi immunitet ayrim kasalliklardan keyin xam yuzaga keladi.

Orttirilgan immunitet odam ishtirokisiz, tabiiy sharoitda kasallangan hayvonlarda infektsiya va invaziya ta’sirida yuzaga keladi. Bu turdagi iimunitet quyidagi ko’rinishlarda kuzatiladi:


  1. organizmda parazitlar mavjud holatda yangi zararlanishlarga nisbatan moyillik kuzatilmasligi (superinvaziya yoki superinfektsiya) (bu shakldagi immunitet gijja bilan kasallangan odamda xam qayd qilinadi);

  2. xo’jayinning parazitdan xoli bo’lishida (organizmdan parazitlarning chiqarib tashlanishi, parazitlarning xo’jayin organizmi tomonidan o’zlashtirilishi yoki uning petrifikatsiyasi, ya’ni zararsizlantirilishi);

  3. organizm tomonidan ajratib chiqariluvchi ayrim moddalar ta’sirida parazitlarning hayot davomiyligi sezilarli darajada qisqarishida:

  4. parazitlarning xo’jayin organizmida migratsiyalanishi (ko’chishi) jarayonining susayishida, masalan parazitlarning jigar to’qimalarida migratsiyasi susayishida (organlarning to’siq sifatidagi ahamiyati), parazitlar bilan zararlanish darajasining va ularning rivojlanishiniing sekinlanishida.

Bundan tashqari, zararlangan sharoitda hayvonlarda orttirilgan immunitet odamning bilvosita ishtirokida yuzaga kelib, emlash (vaktsinatsiya) ta’sirida sun’iy ravishda yuzaga keltirilishi mumkin. G.D.Goncharev (1959) tomonidan laboratoriya sharoitida karp baliqlarini qizilchaga qarshi emlash amaliyoti samarali natijalarga olib kelishi isbotlangan.

Parazitning xo’jayin organizmi bilan o’zaro aloqalar natijasida baliqlarda ayrim turdagi kasalliklarga nisbatan moyillik xususiyati sezilarli darajada yo’qolishi qayd qilinadi. Organizmda immunitetning ishlab chiqariliish mexanizmlari turli xil sabablarga bog’liq hisoblanadi (baliqlar organizmining fiziologik holati, ozuqaning miqdori va tarkibi, atrof muhit sharoitlari, parazitning virulentlik (kasallik tug’dirish) xususiyati va boshqalar).




Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish