Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021



Download 210 Kb.
bet20/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Immunitet nazariyasi. I.I.Mechnikov tomonidan immunitet nazariyasi ishlab chiqilgan bo’lib, bu jarayon fagotsitoz mexanizmiga asoslaniladi. Fagotsitlar oq qon tanachalari hisoblanib, qon oqimi tarkibida tsirkulyatsiyalanadi, to’qimalar oralig’ida mavjud hisoblanadi va shuningdek bunda ko’pgina o’troq holatdagi, kupfer hujayralar deb ataluvchi hujayralar xam ishtirok etishi qayd qilinadi. Bu barcha hujayralar nafaqat bakteriyalarning so’rilishini ta’minlashi, balki organizmga tushuvchi begona, yot moddalarni xam yo’q qilish xususiyatiga ega hisoblanadi.

Ko’pgina kupfer hujayralari jigarda joylashgan. Jigarning «to’siq» sifatidagi funktsiyasi, ya’ni umurtqali hayvonlar organizmida ichak devori orqali tushuvchi ko’pgina zaharli moddalarni zararsizlantirish funktsiyasi ushbu moddalarning jigarda ushlanib qolishi va ushbu tipdagi hujayralar tomonidan zararsizlantirilishi bilan bog’liq holatda izohlanadi. Ushbu ko’rinishdagi hujayralar taloqda, suyak iligida va limfa tugunlari tarkibida xam ko’plab miqdorda mavjud hisoblanadi. Fagotsitoz xususiyati shuningdek, qon tomirlarning endoteliy qavati hujayralarida xam qayd qilinadi. Bu barcha hujayralar birgalikda retkulo-endotelial tizim hujayralarini tashkil qilib, ular organizmning zararli moddalarga nisbatan himoya mexanizmlari amalga oshishida katta ahamiyatiga ega hisoblanadi. Fagotsitlar nafaqat organizmni turli xil bakteriyalar va boshqa kasallik tug’diruvchi qo’zg’atuvchilar ta’siridan himoya qilishi, balki organizmga tushuvchi ko’pgina boshqa yot moddalarni xam yo’q qilishi kuzatiladi. Retkulo-endotelial tizim tarkibiga kiruvchi hujayralar va fagotsitlar ko’pgina holatlarda ovqat xazm qilish tizim orqali organizmga (qon tarkibiga) tushuvchi mikroorganizmlar va oqsil tarkibli moddalarni o’zlashtirilishini ta’minlaydi. SHamollash jarayoni davomida to’qimalarning zararlangan sohasi xam ushbu hujayralar vositasida fagotsitozga uchraydi.

Biroq, fagotsitlar har doim ham patogen mikoorganizmlarni yo’q qilish xususiyatini yaqqol namoyon qilishi kuzatilmaydi, ayrim holatlarda ular faqat kasallik qo’zg’atuvchilarini faqat tanish va ma’lum bir sohada alohidalash vazifasini bajaradi. Retikulo-endotelial tizim tarkibida hujayralar fagotsitoz jarayonini amalga oshirishidan tashqari sekretor funktsiyani xam bajarishi qayd qilingan. Bu hujayralar tomonidan qon va limfaga ajratiluvchi maxsus tarkibga ega bo’lgan moddalar ta’sirida kasallik qo’zg’atuvchilari nobud qilinadi yoki ularning salbiy ta’siri, parazitlar ajratuvchi zaharli moddalar (toksinlar) neytrallanadi (zararsizlantiriladi). Bu ko’rinishdagi himoya funktsiyasi umumiy nom bilan antitelolar deb nomlanuvchi tizim orqali bajariladi. Organizmga tushganda antitelo xosil bo’lishiga olib keluvchi bakteriyalar va boshqa yot, begona moddalar antigen deb nomlanadi. Antitelolarning xosil bo’lishi butun retikulo-endotelial tizim bo’ylab va shuningdek qon tarkibidagi leykotsitlar va fagotsitlar tomonidan ta’minlanadi.

Bir qator tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanishicha, fagotsitoz jarayoni organizmda immunitet ta’minlanishida ikkilamchi o’rin tutadi, bunda birlamchi o’rinda organizm suyuqliklarining bakteritsid xususiyatlari, jumladan qon zardobining ushbu ko’rinishdagi ta’siri o’rin tutishi ta’kidlanadi. Bu nazariya gumoral (lotin tilida «gumor» – suyuqlik degan ma’noni anglatadi) himoya tizimi deb nomlanadi. Hozirgi vaqtda antitelolar bir qismi fagotsitlar tomonidan va bir qismi esa retikulo-endotelial tizim hujayralari tomonidan ishlab chiqilishi tahmin qilinadi. Bundan tashqari, opsoninlar ham antitelo hisoblanib, qon plazmasi tarkibida (zardob) fagotsitoz xususiyatini namoyon qilishi kuzatiladi. Ushbu ko’rinishda, immunitet haqidagi bu ikkala nazariya bir – birini inkor qilmasdan, balki bir – birini tarkibiy jihatdan to’ldirishi kuzatiladi.

Ayrim infektsiyalardan keyin organizmda barqaror holatdagi immunitetning yuzaga kelishi organizmning ushbu antigen bilan takroriy to’qnashishida tezkor tarzda javob reaktsiyasini namoyon qilishi bilan belgilanadi. Antitelolar spetsifiklik xususiyatiga ega bo’lib, ya’ni ushbu organizmda ma’lum bir antigenga nisbatan xosil bo’lgan immunitet sharoitida yaqqol faollikka ega hisoblanadi.

Immunitet mexanizmlarining ko’pgina hodisalari fizik – kimyoviy nazariya orqali izohlanib, bunga ko’ra immunitetning mohiyati organizmda hujayralar kolloid holatlarining qayta tashkillanishlari asosida tushintiriladi. Odamning qon zardobini agar mikroskop ostida kuzatiladigan bo’lsa, u holatda bu bir jinsli suyuqlik emasligiga ishonch xosil qilish mumkin, ya’ni ushbu tarkib kolloid substantsiyadan tashkil topgan va uning tarkibi ma’lum bir zonani egallab oluvchi ko’p sondagi zarrachalardan iboratligi qayd qilinadi. Agar bu zarrachalar oqsil molekulalaridan tashkil topgan bo’lsa, u holatda ularning xosil qilgan zonasi xam oqsilli tarkibdan tashkil topgan.

Ushbu zarrachalar oralig’idagi bo’shliqlarda erituvchi modda – suv molekulalari joylashadi. Zarrachalar ma’lum bir sharoitlarda elektr zaryadi qiymatiga ega bo’lib, shuningdek suyuqliklarning itarilish va tortishish kuchlari ta’sirida o’zaro ta’sirlashishi qayd qilinadi. Tarkibga tuzlar eritmalarining qo’shilishi sharoitida esa dastlabki muvozanat holati buziladi va muhitda cho’kma xosil bo’lishi kuzatiladi. Bu ko’rinishda ma’lum bir holatga ega eritma zol deb nomlanib, xosil bo’lgan qattiq cho’kma esa gel deb nomlanadi. Bunda cho’kma eritmaning uzoq vaqt davomida saqlanishi ta’sirida va shuningdek harorat o’zgarishlari natijasida xam yuzaga kelishi mumkin. Barcha kolloid reaktsiyalarda va barcha fizik – kimyoviy sharoitlarda kolloid zarrachalarning yuza maydoni qiymati sezilarli darajada katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Agar hamma tomonlari 1 sm ga teng bo’lgan kub shakli mavjudligini tassavur qilsak, u holatda bu kubning yuzasi 6 sm2 ga teng hisoblanadi. Agar bu kub shakli kolloid eritma bilan to’ldirilsa va uni 1,01 mk3 hajmdagi ko’p sonli qismlarga ajratib chiqilsa, keyin esa barcha kubchalar yuzasini bir biriga qo’shib chiqilsa, u holatda suyuqlikda tahminan 600 m2 ga teng yuza xosil bo’ladi. Bunda juda katta qiymatlardagi yuzada ta’sirlashishlar yuzaga keladi va bu hajmda turli xil gazsimon va erigan xolatdagi moddalarning o’zaro ta’sirlashishlari qayd qilinadi.

Odatdagi kimyoviy reaktsiyalar o’zining amalga oshishi xususiyatlariga ko’ra, kolloid tizimlardan farq qiladi. Qandaydir zol tarkibida cho’kma xosil qilish uchun uning tarkibiga qo’shimcha moddaning birdaniga qo’shilishi yoki asta – sekin qo’shilishi juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Agar kolloid eritmaga cho’kmaga tushuvchi modda asta – sekin qo’shilsa, u holatda tezda va bir necha marta qo’shishda cho’kma xosil bo’lmasligi mumkin. CHo’kmaning xosil bo’lishida cho’kmaga tushuvchi moddaning kontsentratsiyasi xam ahamiyatga ega hisoblanadi. Koloid reaktsiyalarda bitta koloid moddalarning ortiqcha tarkibga qo’shilishi natijasida dastlabki cho’kmaga tushgan moddaning yana qaytadan eritma muhitiga o’tishi kuzatilishi mumkin.

Tahmin qilinishicha, immunitet tizimining ko’pgina reaktsiyalari amalga oshishi kolloid tipidagi reaktsiyalardan tashkil topgan bo’lib, bunda antitelo, masalan antitoksin o’z yuza maydoniga toksinning ulьtramikroskopik zarrachalarini yig’ib olishi amalga oshadi.


Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish