Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021


Parazitlarning xo’jayin organizmiga ta’siri



Download 210 Kb.
bet18/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Parazitlarning xo’jayin organizmiga ta’siri. Parazitlarning baliqlar organizmiga ta’siri juda xilma xil hisoblanadi. Parazitlar baliqlar tanasiga mexanik ta’sir ko’rsatishi mumkin, bunda ular baliq tanasi to’qimalarini jarohatlashi, organlarga yopishish organlari orqali shikast yetkazishi qayd qilinib, parazit yopishgan organ sohasida va uning atrofida biriktiruvchi to’qimalarning me’yoriy struktura va funktsional holati izdan chiqishi kuzatiladi, shuningdek parazit yopishib olgan tana organi funktsional faolligi o’zgarishi qayd qilinadi. Bundan tashqari, parazitlar ta’sirida baliqlar qon tomirlarida emboliya holati yuzaga keladi, ichakning tiqilib qolishi, tuxum yo’llarining o’tkazish xususiyati yo’qolishi qayd qilinadi. Parazitlar baliqlar organizmini zaharlovchi ta’sirga ega moddalar ajratish xususiyatiga ega bo’lib, seroz qavatining jarohatlanishi, yoki yiring to’planuvchi eksudativ shamollash ko’rinishidagi jarohatlarni yuzaga keltiradi, shuningdek xo’jayin organizmi to’qima hujayralari suyuqligi bilan oziqlanishi yoki baliqlarning tayyor oziq moddalari hisobiga oziqlanishi, boshqa turdagi kasalliklarni yuzaga keltirishi qayd qilinadi. Ayrim turlagi parazitlar kasallangan baliqlardan boshqa sog’lom baliqlarga kasallikning yuqishiga sabab bo’ladi.

Gyrodactylus avlodiga mansub hisoblangan monogenetik so’rg’ichlilar karp baliqlarining epiteliy qavati va shilliq qavatlariga yopishishi orqali terining epiteliy qavati qatlamlanishiga sabab bo’ladi. Natijada baliq teri qatlamlari yupqalashib, baliq qovurg’alari teridan tashqariga chiqib qolishi kuzatiladi. Baliqlar tanasida Calygus lacustris turiga mansub qisqchibasimon parazitlar ta’sirida yassi ko’rinishdagi jarohatlar yuzaga keladi.

Yirik ko’rinishdagi tasmasimon chuvalchang parazitning jinsiy jihatdan voyaga yetmagan rivojlanish bosqichida baliq tana bo’shlig’ida yashashi kuzatilib, natijada baliqlarning jinsiy bezlari (urug’don va tuxumdoni) zararlanishi, ularning atrofiyaga uchrashi va baliqlarning butunlay bepusht bo’lib qolishi kuzatiladi.

Dumaloq chuvalchang Philometra mariae Yapon dengizida uchrovchi ayrim skorpen baliq turlari tuxumdonida joylashishi kuzatilib, natijada baliqlarning jinsiy bezlari to’liq holatda atrofiyaga uchrashi qayd qilinadi.

Monogenetik so’rg’ichsimon nitsshiya (Nitzchia) osyotrsimon baliqlarning jabra yaproqlariga yopishib olishi orqali ko’p miqdorda qon so’rishi aniqlangan. Gulmoy (forelь) baliqlarda Discocotile gelьmint turi parazitlik qilishi aniqlangan. Argulyus qisqichbaqasimon paraziti qon so’rishi orqali baliq tanasida sezilarli jarohatlarni yuzaga keltirishi kuzatiladi. Bundan tashqari, baliqlar tanasida ayrim turdagi zuluklar xam qon so’rishi qayd qilingan.



Azygia so’rg’ichsimon paraziti cho’rtan baliqlarning oshqozon devorida yara xosil bo’lishiga olib keladi.

Qirg’ichsimon Echinorhynchus baliqlar ichagida parazitlik qilishi natijasida proliferativ shamollash jarayoni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi va bu jarayon natijasida ovqat xazm qilish kanalining o’yiqlari xosil bo’lishi (petrifikatsiya) yuzaga kelib, bu holat o’z navbatida ovqat xazm qilish kanali orqali ovqat moddalarining qonga me’yoriy so’rilishini jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

So’rg’ichsimon metatserkariy diplostomum (Diplostomum) baliqlar ko’z gavhari sohasida parazitlik qilib, gavharning xiralashishi va oqibatda baliqlarning ko’zi ko’r bo’lib qolishiga sabab bo’ladi.

Baliqlarda gemolitik (qonning suyulgan holatga o’tishini chaqiruvchi) moddalar ajratuvchi parazitlarga dumaloq chuvalchanglar Cystidicola sabab bo’lib, bu parazitlar baliqlarning suzgich pufagida joylashadi, shuningdek baliqlar teri qatlamida joylashuvchi metatserkariy Neascus cuticola xam gemolitik ta’sir xususiyatiga ega hisoblanadi.

Akademik K.I.Skryabin tomonidan quyidagi fikr bildirilgan: «Invaziya infektsiya darvozasini ochadi». Bu holat shu bilan tasdiqlanadiki, ko’pgina baliqlarning ko’p hujayrali parazitlari (gelьmintlar, qisqichbaqasimonlar) baliq teri qatlami bir butunligini buzib, shuningdek ovqat xazm qilish kanali devorini jarohatlashi natijasida organizm ichki muhitiga suv muhitida mavjud bo’lgan infektsiya (bakteriya, virus va zambrug’lar) kirishi ehtimollik darajasi ortadi. Gelьmintlar, qisqichbaqasimonlar ta’sirida baliqlarning tanasida xosil bo’lgan jarohatlar orqali baliq tanasiga infektsion kasalliklar qo’zg’atuvchilarining kirishi ortadi.

Yakuniy holatda parazitlar (zuluklar, argulyus qisqichbaqasimon paraziti) bitta baliq tanasidan boshqasiga turli xil patogan sodda hayvonlar, bakteriya va viruslarni tashishi kuzatiladi.




Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish