MIKROORGANIZMLAR TOMONIDAN UGLERODLI
BIRIKMALARNING O`ZGARTIRILISHI
Mikroorganizmlar biologik muhim elementlar, shular qatorida uglerod va kislorodning tabiatda aylanishida katta rol uynaydi.
Uglerodning tabiatda aylanishiga doir 2 jarayon farqlanadi. Unda uglerod va kislorod o`zlashtirilishi (yutilishi) amalga oshadi:
1) fotosintezda CO2 ni o`zlashtiriladi;
2) organik moddalardan mineralizatsiyalangan SO2 ajralib chiqadi.
Birinchi jarayonni oliy o`simliklar tsianobakteriyalar, vodorod bakteriyalari amalga oshiradi; Ular SO2 ni qaytarib organik moddalar holiga o`tkazadi.
Ikkinchi jarayonda mikroorganizmlar yordamida kislorod yutish va uni qaytarish yuli amalga oshiriladi.
Havoda 0,03% SO2 bor. Bu mikdorning doimiyligi fotosintez va mineralizatsiya orasidagi muvozanatning saqlanishi bilan ta`minlanadi. Agar mineralizatsiya jarayonida SO2 paydo bo`lib turmaganda u 20 yildayoq tamom bo`lgan bo`lar edi.
Tabiatda esa, organik moddalarning doimo mineralizatsiyalanishi amalga oshib turadi va ulardan hosil bo`lgan mahsulotlar esa boshqa sintezlanish jarayonlarida sarflanadi.
Organik moddalarning anaerob va aerob ravishda mikroorganizmlar yordamida o`zgartirilib turilishini kuyida ko`rib chiqamiz.
Spirtli bijg`ish. Spirtli bijg`ish jarayoni davomida mikroorganizmlar uglevodlarni (geksozani) etil sirtiga aylantiradi.
С6Н12O6 → 2СН3СН2OН+ 2СО2+ 235 104 J
Spirtli bijg`ish jarayonida ishtirok etadigan achitqi zamburug`lari fakultativ anaeroblardir. Azot manbai sifatida ular aminokislotalar, peptonlar va ammoniyli tuzlardan foydalanadi. Achitqilar hap xil vitaminlarni sintez qilishi ham mumkin. Fiziologik aktiv moddalar mavjud sharoitda yaxshi rivojlanadi. Rivojlanish uchun temperatura 4 — 35°S oraligida, rN esa biroz kislotali bo`lgani ma`kul.
Achitqilar "ostki", "ustki" achitqilarga shartli ravishda ajraladi. "Ostki" achitqilar 4—10°S da yaxshi rivojlanadi.
Spirtli bijg`ish jarayonida ajraladigan energiya miqdori nafas olishdagiga nisbatan 24 — 25 marta kam bo`ladi.
С6Н12O6 → 2СН3СН2OН+ 2СО2+116 kJ
С6Н12O6 → 6СO2 + 6Н2O + 2810 kJ
Achitqilar uchun aerob sharoit zarur bo`lsa, ular yordamida vino, spirt, pivo olish uchun anaerob sharoit zarur. Odatda kislorod yetarli bulmagan sharoitda achitqilar bijg`ish jarayonini olib boradi. Agar kislorod miqdori oshirilsa, bijg`ishdan tashqari, nafas olish jarayoni ham boradi. Buni aerob va anaerob sharoitda S2N5ON va SO2 ning nisbatidan ko`rish mumkin. Aeratsiya yaxshi bo`lganda, spirt miqdori 30% dan kam bo`ladi. Spirtli bijg`ishda 15% spirt to`plangandan so`ng, bijg`ish tuxtaydi, chunki etanol achitqi hujayralarni zaharlaydi.
A.N. Lebedev (1911) achitqilarni termostatda 25-30°S da ustirgandan keyin, 2 soat suv bilan yuvib, achitqi shirasidan fermentlar ajratib olgan.
Rus olimlaridan L.A. Ivanov, S.P. Kostichev, A.N. Lebedevlar spirtli bijg`ish jarayoni ko`p bosqich li jarayon bo`lib, glyukoza molekulasi gidrolitik parchalanish reaktsiyalari natijasida pirozum kislotaga aylanadi, bu reaktsiyalar anaerob sharoitda boradi. Keyin nafas olish bilan bijg`ish jarayonlari bir — biridan ajralib, turlicha yul bilan ketadi. Buni S.P. Kostichev ishlarida ko`rish mumkin.
Spirtli bijg`ish jarayoni oziq — ovqat sanoatda muhim ahamiyatga ega. Spirtli bijg`ish uchun turli mahsulotlardan foydalanish mumkin.
1. Tarkibida kraxmal bo`lgan mahsulotlar (bugdoy, arpa, javdar, makkajuxori, kartoshka). .
2. Tarkibida shakar bo`lgan mahsulotlar (lavlagi, shakar— qamish),
3. Yog`och kipikga НСI va H2SO4 bilan ishlov beriladi, kipik shakarga aylanadi, keyin bu mahsulotga nitrat, fosfat tuzlari va vino achitqilari qo`shiladi. 1m3 kipikdan 158 l metil spirt olinadi.
4. Hozirgi vaqtda spirt sintetik yul bilan etilen gazidan olinmokda:
C2Н4 + Н2O → СН3СН2OН
etilen etil spirti
Spirtli bijg`ish jarayonining mohiyatn shundan iboratki, bunda hosil bo`lgan energiya ATF da to`planadi va zarur bo`lganda hujayra undan foydalanadi. Sut—kislotali bijg`ish. Sut kislotali bijg`ish jarayoni tabiatda keng tarqalgan Bu jarayonning tirik organizmlar vositasida borishini bnrinchi bo`lib (1860) Lui Paster
aniqlagan. Sut kislotali bijg`ish jarayonida shakarlar (geksoza): sut shaqari (laktoza), maltoza, saharoza va boshqalar anaerob sharoitda bijgiydi va muhitda sut kislota hosil bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |