СН3СНOНСOOН → 2СН3СН2СOOН + СН3СOOН + Н2O + СO2
propion sirka
kislota kislota
Yetilgan pishlokda sut—kislotali bijg`ishdan so`ng propion — kislotali bijg`ish boradi va sirka kislota bilan birga propion kislota hosil bo`ladi.
Propion kislota pirouzum kislota yoki sut kislotaning yoki qaytarilishidan yoki yantar knslotaning dekarboqsillanishidan hosil bo`lishi mumkin. Bu jarayonlar haqiqatda juda murakkab va turlicha reaktsiyalar natijasida yuz beradi.
Propion kislotali bakteriyalarning o`sishi uchun oqsillar, aminokislotalar yoxud ammoniy tuzlari, vitaminlardan tiamin, biotin va pantog`en kislotalarining bo`lishi zarur. Rivojlanishi uchun optimal temperatura 30 —37°C rN 7. By bakteriyalar sut — kislotali bakteriyalar Bilan birga uchraydi. Sutga tuproqdan yoki o`simliklardan kelib tushadi. Propion kislota bakteriyalari kavsh qaytaruvchi hayvonlarning ovqat hazm qilish organlarida uchraydi.
Oshkozonga tushgan tsellyulozani tsellyuloza parchalovchi mikroorganizmlar gidrolazalab, gyukozaga aylantiradi. Propion kislota bakteriyalari esa glyukozani sut kislotasiga aylantiradi va h. Propion kislota bakteriyalari glyukoza va sut kislotasini propion kislota va sirka kislotasiga aylantiradi. Ular o`z navbatida tomirlar orqali surilib, qonga o`tadi.
Propion kislota bakteriyalari sanoatda V12 vitamini olish uchun ham ishlatiladi.
Moy kislotali bijg`ish. Bu tip bijg`ish tabiatda juda keng tarqalgan . Jarayonning biologik tabiatga ega ekanligi 1861 yilda Lui Paster tomonidan isbotlab berilgan. Jarayonni moy kislota bakteriyalari amalga oshiradi. Ular tipik anaeroblar bo`lib, klostridial va plektridial tipda sporalar hosil qiladi. Bakteriyalarning uzunligi 1 — 2 x 5— 10 mkm. Ularning Vasillaseae oilasi Clostridium avlodiga mansub 60 dan ortiq turlari ma`lum. Vakillaridan Clostridium pagterianura, Clostridium felsineum, Clostridiurn botulinum, Clostridium tetani, Clostridium perfringens va boshqalarni keltirish mumkin. Ular harakatchan, gramm musbat zaxira modda sifatida granulyoza to`playdi. Uglerod manbai sifatida mono — disaharidlar, ba`zi polisaharidlar (dekstrin, kraxmal), sut va pirouzum kislotalari, mannit, glitserin va boshqa birikmalardan foydalanadi. Azot manbai sifatida aminokislotalar, ammoniy tuzlari va h. larni ishlatadi. Moy — kislotali bijg`ish qantlarning pirouzum kislotasi, Embden — Meyergof — Parnas yulida o`zgarishi orqali amalga oshadi. Pirouzum kislotasidan moy kislotaning hosil bo`lishi murakkab jarayondir.
Moy kislotali bijg`ishning umumiy reaktsiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |