Bakterial oksidlash va sulfidli minerallar tanlab eritish mexanizmi Reja: 1



Download 185,5 Kb.
bet7/12
Sana10.06.2022
Hajmi185,5 Kb.
#653086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bakterial oksidlash va sulfidli minerallar tanlab eritish mexani

BAKTERIAL O`G`ITLAR

Bakteriologik o`g`itlar tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar va mikroorganizmlarga kuchli ta`sir ko`rsatadigan faktorlardan hisoblanadi. Bakterial o`g`itlar xilma—xil bo`ladi.


Birinchi marta tuganak bakteriyalardan "nitragin" deb nomlagan bakterial o`g`it, 1896 yilda Germaniyada, F.Nobbe va L. Giltnerlar tomonidan qullanildi. Keyinchalik, tuganak bakteriyalarni o`g`it sifatida har xil nomlar bilan boshqa davlatlarda ham qullay boshladi. 1906 yilda, Angliyada, V. Bottomley "nitragin" ishlab chiqa boshladi, 1967 yilda tuganak bakteriyalari Amerikada F. Garrison va B. Barlou "nitrokultura" deb, shu yilidayoq Rossiyada L.T. Budinov "nitragin" deb nomlab, o`g`it sifatida chiqardilar. Hozirgi vaqtda tuganak bakteriyalar, ko`pgina mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Frantsiyada u N — germ, Chexoslavakiyada nitrazon, sobiq SSSRda nitragin, rizotofin kabi nomlarda ishlab chiqilmoqda.
Nntragindan tashqari azotobakterin, fosfobakterin, AMB va boshqalar ham ishlab chiqilgan. Turli dukkakli o`simliklar urug`iga eqishdan avval nitragin bilan ishlov berilsa (1 ga yerga eqiladigan urug` uchun 5—10 g nitragin kerak), ularning hosili o`rta hisobda 10—15% yuqori bo`ladi. Yuqorida aytilgandek, nitrigin tarkibida aktiv tuganak bakteriyalari bo`ladi, ular kuplab atmosfera azotini to`playdi va hosilni oshiradi. Shuningdek hosilning sifati ham oshadi, ko`p miqdorda hosil, aminokislotalar va V guruhiga mansub vitaminlar sintezlanadi. Nitragin torfli aralashma, tuproqli aralashma, agarli aralashma va suyuq holda ishlab chiqariladi. Shulardan eng ko`p ishlatiladigan torfli aralashma bo`lib, bu aralashmadan Amerika, Avstraliya, Yangi Zellandiya, Kanada, Xindiston va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng kulamda foydalaniladi.
Ko`pgina davlatlarda nitraginning tuproqli aralashmasi ishlatiladi, uning 1 gramida (mayda o`rug`li o`simliklar uchun} 3 dan 6 mld. gacha, yirik o`simliklar o`rug`i uchun 1,5 — 3 mld. gacha bakteriya bo`ladi.
Azotobakterin. Azotobakterin tarkibida azotobakter bo`lib, uni tayyorlash uchun azotbakter agarli Muhitda ustiriladi, 1 gramida 40 mln. azotobakter bo`ladi, 1 ga yerga eqiladigan urug`lar uchun uning 10 — 15 g yetarli. Azotobakter sobik SSSR da 1930 yildan boshlab ishlab chiqadi. U kulrang va qora tuproqli yerlarda o`simliklar hosilini 6 — 10% ga oshiradi. Ko`proq sabzavot (karam, pomidor) o`simliklarida yaxshi natija beradi.
AMB preparati. Tarkibida ammonifikatorlar, tsellyulozani parchalovchi bakteriyalar uchraydi. Bu bakteriyalar tabiiy unumdor tuproqlarning asosiy mikroorganizmlarini tashkil qiladi. Shuning uchun avtoxton mikroflora deb ataladi.
Odatda, kech kuzda va qish oylarida kislotali tuproqlarda nam ko`p bo`lishi va tuproq temperaturasining pasayib ketishi natijasida, mikroorganizmlarning aktivligi pasayib ketadi. Shuning uchun har ga yerga 250 kg dan AMB preparati solinsa, yaxshi natija beradi.
Hozirgi vaqtda AMB preparati, ko`proq parniklarda yetishtiriladi. Buning uchun parnikdagi gung ustiga 30 — 40 sm qalinlikda AMB preparati sochiladi va uch xafta shu holda saqlanadi. Keyin bu yerda ko`chat yetishtiriladi. Ko`chatlar olingandan keyin, gung sabzavotlarni o`g`itlash uchun ishlatiladi.
Fosforobakterin. A.D.Menkina (1935) tuproqdan fosforli organik birikmalardagi bakteriyalarni ajratib oladi. Bu bakteriya organik moddalardan fosforni ajratib fosfat kislota hosil qiladi. Fosfat kislota esa o`simliklar tomonidan o`zlashtiriladi. Kupchilik tuproqlarda organik holdagi fosfor 28 — 85% gacha bo`ladi, lekin undan yuksak o`simliklar foydalana olmaydi. Fosforli organik birikmalarni parchalovchi bakteriyalar 2 xil: spora hosil qiluvchi Baa megatherium var. phosphaticum va spora hosil qilmaydigan Vas. serratia var phosphaticumlapra bulinadi. Spora hosil qiladigan bakteriya vakillari uzunligi 5 — 6 mkm, eni 1,8—2 mkm, sporasining uzunligi 1,2, eni 0,7 mkm bo`ladi.
Sporasiz serratsiya esa uzunligi 1,8 — 2 mkm keladigan eni 0,5 mkm bo`lgan tayoqchasimon, fakultativ anaerob bakteriyadir.
1 ga yerga sepiladigan urug`lar uchun fosfobakterinning 250 g yetarlidir.
Azospirillum. J. Dobereyner (Braziliya) ut o`simliklarning rizosferasidan azot o`zlashtiruvchi bakteriyalarni ajratib ololdi. Ular egilgan tayoqcha shaklida bo`lib, asosan ildizning yuqorigi qismida rivojlanadi. Azospirillalar yuqtirilgan o`simliklarning hosildorligi 15 —30% ga oshadi.
Algolizatsiya. Tuproqda tsianobakteriylarni solib azot miqdorini oshirish usuli algolizatsiya deyiladi. Bu usul Ayniqsa sholipoyalarda bu ish yaxshi natija bermoqda.
"Silikat" bakteriyalar preparati. V.G. Aleksandrov alyumosilikatdan kaliyni ajratib olish uchun, spora hosil qiluvchi "silikat" bakteriya (Vas. mudlaginosus siliceus) ishlatishni tavsiya. Urug`ga "Silikat" bakteriyalar bilan eqishdan ilgari ishlov beriladi. Hosildorlik doimo stabil oshmagani sababli, bu o`g`it keng qullanilmadi.



Download 185,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish