Bakterial oksidlash va sulfidli minerallar tanlab eritish mexanizmi Reja: 1



Download 185,5 Kb.
bet3/12
Sana10.06.2022
Hajmi185,5 Kb.
#653086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bakterial oksidlash va sulfidli minerallar tanlab eritish mexani

2HNO2 + O2 = 2HNO3 + 180 kJ
Nitrobakter oval shakldagi kurtaklanuvchi bakteriya bo`lib, rivojlanish tsiklida harakatchan ham o`tadi. Nitrosamonas va Nifrobacter doim birga uchraydi, birining hosil bo`lgan mahsuloti - ikkinchisi tomonidan o`zlashtiriladi. Bu tipdagi ikki mikroorganizm munosabatini metabioz deyiladi.
Nitrifikatorlar kimyoviy energiya va CO2 va H2O xisobiga organik moddalar sintezlaydi. Energiyani НN3 ning HNO2 gacha va HNO2 ning HNO3 gacha oksidlanishidan oladi, ya`ni xemosintez jarayonini amalga oshiradi.
Nitrifikatsiya jarayoninnng birinchi bosqichi ikkinchisiga nisbatan jadal o`tadi, chunki birinchi bosqich da 658 kJ, ikkinchi bosqich da atigi 180 kJ energiya ajraladi. Nitrifikatorlar organik modda sintezlash uchun yashil o`simliklar singari, CO2 yoki NaHCO3 ni o`zlashtiradi Bikarbonatlar tez parchalanib, CO2 hosil qiladi:


NaNSO3 ← → Na2CO3 + SO2 + N2O

Nitrifikatorlarning organik moddalarga nnsbatan yuqori sezgnrligi Vinogradskiy tomonidan aniqlangan. Ayniqsa, Nitrosamonas juda sezgir. Muhitda organik modda bir oz kuproq yig`ilib qolsa , bakteriyalarning o`sishi sekinlashadi, agar yanada ko`proq tashlansa, bakteriyalar butunlay o`sishdan tuxtaydi. Nitrizamonas bir qism uglerod o`zlashtirishi uchun 35 qism azot oksidlanishi kerak.


Xemosintezda fotosintezga nisbatan xemosintezda oz miqdorda, organik modda sintezlanadi, albatta. Lekin xemosintez jarayonining o`ziga xos xususiyati shundaki, bunda ham organik moddalar sintezlanib, boshqa organizmlarning usnshi uchun zamin tayyorlanadi.
Turli tuproqlarda boradigan nitrifikatsiya jarayoni. Tuproqda boradigan nitrifikatsiya jarayoni laboratoriya, sharoitida olib boriladigan nitrifikatsiya jarayonidan farqlanadi. Laboratoriya sharoitida organik moddalarning ko`payishi, ya`ni ortishi bakteriyalarga salbiy ta`sir etsa, tuproqda bunda ham yuz bermaydi, chunki tuproqda organik moddalarning eruvchan shakli kam uchraydi. Ikkinchidan, tuproqda nitrifikatorlar bilan birga boshqa bakteriyalar ham mavjud bo`lib, ular bakteriyalar organik moddalarni o`zlashtiradi va nitrifikatorlar uchun mikrozonalar vujudga keltiradi.
Nitrifikatorlar Muhitning kislotali reaktsiyasiga sezgir va рН 6,0-9,2 da ular yaxshi rivojlanadi. Nitrifikatsiya jarayoni natijasida 1 ga yerda 300 kg nitrat kislota to`planadi. Butun yer yuziga hisoblaganda, bu nihoyatda katta son. Shuning uchun qishloq xujaligida bu jarayonga katta ahamiyat beriladi. Nitrifikatsiya jarayoni ammonifikatsiya bilai chambarchas bog`liqdir. Ammonifikatsiya qanchalik tez borsa, nitrifikatsiya ham shuncha tezlashadi.
Nitrifikatorlar botqoq tuproqlardan tashqari, hamma tuproqlarda ham uchraydi. Agarda tuproqlar kuritilib, ularga ohak solinsa, u yerlarda ham nitrifikatorlar rivojlana boshlaydi. Podzol tuproqlarda nitrifikatsiya jarayoni asosan tuproqning haydalma qatlamida boradi. Qora tuproqning haydalma qatlamida bu jarayon intensiv boradi, hatto 50 sm chuqurlikda ham jarayon amalga oshadi.
Urta Osiyoning buz tuproqlarida nitrifikatsiya jarayoni juda tez boradi va tuproqda kup, miqdorda nitratlar to`planadi. Lekin shur tuproqlarda bu jarayon kuchsiz boradi va nitrit kislota to`planishi bilan tugaydi. Chunki shur tuproqlarda nitrobakter uchramaydi. V. L. Isachenko bu bakteriyalarni shur suvlarda ham uchratmagan. Endigina o`zlashtirilayotgan shur tuproqlarda nitrifikatsiya jarayonn asosan haydalma qatlamlarda boshlanadi. Sulfatli shurlanish bakteriyalarga salbiy ta`sir etadi. Shuningdek, nitrifikatorlar tuproqning namligiga ham sezgir, quruq tuproqda yoki namlik xaddan tashqari ortib ketganda ham ular yaxshi rivojlana olmaydi.
Denitrifikatsiya jarayoni. Denitrifikatsiya jarayoni nitrifikatsiya jarayonining aksi bo`lib, bunda bog` langan azot yana atmosferaga erkin holda kaytadi. Bu jarayon bevosita va bilvosita bo`ladi. Chunki molekulyar azot nitratlardan nihoyatda xilma-xil jarayonlar natijasida hosil bo`lishi mumkin.
Bevosita denitrifnkatsiyada nitratlar denitrifikatsiyalovchi alohida bakteriyalar guruhining hayot faoliyati tufayli qaytarilsa, bilvosita denitrifikatsiyada faqat aminokislotalar bilan nitrat, kislota o`zaro ta`sir etadi va natijasida molekulyar azot hosil bo`ladi.
Tabiatda bevosita denitrifikatsiya tabiatda tuproq gung va suv havzalarida keng tarqalgan denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning hayot faoliyati tufayli sodir bo`ladi:



Download 185,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish