Kimyoviy faktorlar
Havo tarkibidagi: uglerod (2) - oksid, ozon, ammiak, fenol, formalьdegit, polixlorli bifenillarning hosil boʼlishi.
Psixologik va mikrobiologik faktorlar
Diqqat va koʼrinishning zoʼriqishi;
Zukkolik va hissiyotning zoʼriqishi;
Uzoq davom etuvchi muvozanatli zoʼriqish;
Ish jarayoning bir xilligi ;
Vaqt birligida ishlab chiqariladigan axborot xajmining koʼpligi;
Ish joylarining notoʼgʼri tashkil qilinishi;
Havodagi mikroorganizmlar miqdorining yuqoriligi;
Kompyuterlar bilan ishlashda xavfsizlik choralariga qoʼyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
• Kompyuterlarda ishlash uchun elektr xavfsizligi boʼyicha birinchi malaka guruhiga ega boʼlgan, faqat oʼqitilgan foydalanuvchilar (operatorlar, dasturchilar) ga ruhsat etiladi.
• Kompyuterga xizmat koʼrsatish va taʼmirlash boʼyicha muhandis – texniklar tarkibi elektr xavfsizligi boʼyicha uchinchidan past boʼlmagan malaka guruhiga ega boʼlgan xodimlardan iborat boʼlishi kerak.
• Kompyuter elektr tokiga ulangan vaqtda boʼlinmalardan bosma platalarni chiqarish yoki oʼrnatish, boʼlinma ulanishlarini ulash yoki ajratish taqiqlanadi.
• Tokka ulangan kompyuterning temir gʼilofini ochishga ruhsat etilmaydi.
• Videomonitorning temir gʼilofi olingan holda kompyuterni toka ulashga ruhsat etilmaydi, chunki elektron nur trubkasiga yuqori kuchlanish uzatiladi.
• Mehanik qismlarni boʼlaklarga boʼlish va koʼrikdan oʼtkazish, mehanizmlarni tozalash va moylash kompyuterni tokdan uzilgan vaqtida oʼtkazilishi kerak.
• Kompyuterdan foydalanish uchun operatorning ish joyi tok oʼtkazuvchi qurilmalar, yerga ulash shinalari, isitish batareyalari, suv oʼtkazish quvurlari va boshqa shu kabilarga tegmaydigan qilib jixozlanishi kerak.
• Yoqilgan kompyuterni nazoratsiz qoldirishga ruhsat etilmaydi.
Ish tugaganidan soʼng kompьyuter tokdan uzilishi kerak.
Kompyuterlarning oʼrnini rejalashtirish va ularni joylashtirishga quyiladigan talablar:
• Kompyuter oʼrnatilgan xonalarni rekonstruktsiyalash, ulardan foydalanish va taʼmirlash, shuningdek, kompьyuter va boshqa uskunalarni montaj qilish va sozlash ishlari ushbu hujjat talablariga muvofiq holda bajarilishi kerak.
• Kompyuterlarni tayyorlovchi zavodlarning texnik shartlari va mazkur hujjatning talablariga koʼra oʼrnatilishi kerak. Kompyuterlarni bir qatorga joylashtirishda yoʼlakning eng kichik kengligi 1m dan, ikki qatorga joylashtirilganda esa 1,2m dan kam boʼlmasligi kerak.
• Kompyuterlarning joylashishi bir qator boʼlganda devordan kamida 1m masofada joylashtirilishi kerak. Kompyuterda ishlovchilarning ish joyi esa oʼzaro kamida 1,5m boʼlishi kerak.
• Kompyuter oʼrnatilgan xonada bir kishiga toʼgʼri kelgan maydon kamida 6 kv.m boʼlishi koʼzda tutilishi kerak.
Xulosa
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida axborot xavfsizligi haqida maʼlumotga ega boʼlindi, tarmoqda bo’ladigan hujumlar o’rganib chiqildi. Tarmoq trafigining tahlili tarmoq paketlarini nazoratlash, tasniflash va modifikatsiyalash imkoniyatini beradi, bu esa ma'lumotlar oqimini maksimal o'tkazuvchanlik qobiliyati bilan ishlash kompyuter tarmoqlarida hujum va tahdidlarni o’rganib tahlil qilishga imkon yaratadi.
Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash vositalarining samaradorligini ta’minlash muammolari, tarmoq trafigi anomaliyalarini aniqlash usuli va modellari tahlil qilindi. Tarmoq trafigi anomaliyalari algorotmi o’rganilib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |