3.3. Kompyuter xonalarida ish joyini tashkil etish
Kompyuterni xonada toʼgʼri joylashtirish va toʼgʼri loyixalanib oʼrnatilgan yoritgichlar foydalanuvchini koʼrishini yaxshi taʼminlaydi, asab tizimiga qoʼshimcha zoʼriqish bermaydi, operatorni normal ish faoliyatini taʼminlaydi, ish jarayonidagi xatolarni keskin kamaytiradi. Kompyuterlarni alohida xonalarga 5-6 displeydan ortiq boʼlmagan holda joylashtirish tavsiya qilinadi. Bu eng avvalo mikroiqlimni yoʼl qoʼyilgan qiymatlari parametrlarini taʼminlashga imkon beradi. Sanitar normalarga muvofiq bitta foydalanuvchi uchun 6 m.kv maydon, hajmi 20 m kub dan kam boʼlmasligi kerak. Gigienik nuqtai nazardan kompьyuterni shunday joylashtirish kerakki, ekrandan koʼzni koʼtarganda, xonadagi eng uzoqda joylashgan arsa ham koʼrinsin. Operatorning ish joyini kirish eshigiga yuzi qaragan holda joylashtirish eng samarali hisoblanadi. Eng uzoq masofaga nigohni oʼtkazish imkoni - kompyuterda ishlaydigan koʼrish tezligining ogʼirligini kamaytirish eng samarali usuli hisoblanadi. Ish joylarini kompьyuterdan devorgacha boʼlgan masofa 1 m dan kam boʼlmagan holda xonaning burchaklariga yoki devorga qaratib joylashtirish, derazadan tushgan yorugʼlik koʼz uchun ortiqcha zoʼriqish boʼlmasligiga yordam beradi. Shuning uchun ham kompьyuterni derazaga qaratib joylashtirmaslik darkor. Аgar bir xonada bir necha kompьyuterlar joylashgan boʼlsa, elektromagnit nurlarning taʼsirini kamaytirish uchun bir manitor ekranidan ikkinchisining orqa devorigacha masofa 2 m dan kamboʼlmasligi, yon devorlari orasi esa 1,2 m dan kam boʼlmasligi kerak.
Sanitar qoidalariga muvofiq shaxsiy kompyuterlar joylashgan xonada aralash yoritilganlik, yaʼni tabiiy va sunʼiy boʼlishi kerak. Tabiiy yoritilganlik iloji boricha shimolga va shimoliy - sharqqa yoʼnaltirilgan boʼlishi, imkoni boʼlmasa, jadal quyosh nuri janubiy va gʼarbiy derazalardan yaltillashlar yuzaga kelmasligi va ishlashga xalaqit qilmasligi uchun derazalarni pardalar, jalyuzlar yoki tashqi toʼsqichlar bilan taʼminlash kerak.
Ish joyi derazaga nisbatan yonlamasiga joylashgan boʼlib, tabiiy yorugʼlik chap tarafdan tushishi maqsadga muvofiq. Kompyuterlar shunday joylashishi kerakki, yoniq ekran boshqa operatorning koʼrish maydoniga tushmasligi, ekranda tabiiy va sunʼiy yoritilganlikning aksidan yaltillashlar boʼlmasligi kerak.
Koʼrish sharoitini baholash uchun yaltillanganlik tushunchasi kiritiladi. Yaltillanganlik - koʼrish funktsiyasini buzilishiga olib keluvchi yaltillagan yuzalarning kuchaygan yorugʼlik boʼlib, obʼektni koʼrish, yomonlashtiradi. Yaltillanganlikning birligi – kd/m.kv 30 ming kd/m.kv ga teng yorugʼlik koʼzni koʼr qiladi. Yaltillanganlik haddan tashqari asabiylashuvni yuzaga keltiradi. Shuning uchun sanitar qoidalar yorugʼlik manbaidan toʼgʼridan - toʼgʼri paydo boʼladigan yaltillaganlikni chegaralaydi. Deraza, yoritkichlardan tushgan yorugʼlik koʼrish maydonida 200 kd/m2 dan oshmasligi kerak. Ekran, stol, klaviatura kabi ish yuzasidan qaytgan nurlar hosil boʼladigan yaltillaganliklarni ham chegaralash kerak. Bu yoritkichlarni toʼgʼri tanlab, ish oʼrinlarini tabiiy va sunʼiy yoritkichlarga nisbatan toʼgʼri joylashtirish hisobiga amalga oshadi, bunda yaltillashlarning yorugʼligi displey ekranida 40 kd/m2 , shipda esa 200 kd/m2 dan oshmasligi kerak.
Mutaxassislarning tavsiyasiga koʼra devorlar, mebellar och sut rangda, shipda nur qaytarish koeffitsienti 0,7÷0,8, devordan va poldan 0,6 va 0,3 boʼlishi kerak. Bunga shipni oq rangga, devorlarni och sariq va qizgʼish rangga boʼyash natijasida erishish mumkin.
Umumiy yoritish uchun lyuminestsent lampalar ishlatilishi natijasida, ulardagi yorugʼlik oqimi kuchlanishning oʼzgarishiga qattiq bogʼliq boʼlganligi sababli yoritilganlikning tebranishi yuzaga keladi, bu oʼz yoʼlida koʼzni har safar adaptatsiya qilishiga, toliqishga olib keladi. Shuning uchun mahalliy va umumiy yoritkichlar sifatida yuqori chastotali, yoritishini nazorat qiluvchi uskunali gazoryazryadli lampalar ishlatilishi kerak. Vaqt boʼyicha yoritilganlikni oʼzgarmasligi kriteriysi boʼlib, pulьsatsiya koeffitsienti Аl (%) hisoblanadi. Sanitar meʼyorlar boʼyicha u 5 % dan oshmasligi kerak. Pulsatsiya koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi:
Nur tarqatuvchisiz va ekranlovchi panjarasiz yoritkichlardan foydalanishga yoʼl qoʼyilmaydi. Umumiy va mahalliy yoritkichlardagi yoritilganlikning muhofaza burchagi 40 gradusdan kam boʼlmasligi kerak, bundan mahalliy yoritkichlarda nur oʼtkazmaydigan qaytargichlar boʼlishi kerak. Umumiy yoritilganlikning zahira koeffitsienti 1,4 ga teng qilib olinishi kerak. Xususiy kompyuterlar va vidioterminallar joylashgan xonalarning meʼriy yoritilganligini taʼminlash uchun deraza oynalarini yiliga ikki martta tozalash, kuygan lampalarni oʼz vaqtida almashtirib turish kerak.
Ish zonasining havosi atrof muhitning mikroiqlim parametrlariga, yaʼni havf haroratiga, namligi va harakat tezligi, hamda inson faoliyatiga, sogʼligʼiga, texnikaning ishonchli ishlashiga sezilarli taʼsir qiluvchi barometrik bosimi va oʼzgarishi tezligi, issiqlik nurlanishlari, zararli moddalarning mavjudligi, aeroionlar, changlarga asosan tavsiyalanadi. Аlohida faktorlarning yomon taʼsirida ishlovchining tomir urishi, nafas olishi, qon bosimi va asab tizimi yomonlashadi.
Yilning sovuq va oʼzgaruvchan davrlari uchun binolardagi moʼtadil havo harorati 16-22oS, nisbiy namlik 60-30% havo oqimi tezligi 0,2-0,3 m/s deb qabul qilingan, ruxsat etilgan havo harorati esa 18-22oS, nisbiy namlik 75%, havo oqimi tezligi 0,3-0,5 m/s taʼminlanishi kerak. Isiiq davr uchun maqbul havo harortai 18-25oS, nisbiy namlik 60-30%, havo oqimi tezligi 0,3-0,7 m/s belgilangan, ruxsat etilgan havo harortai 33oS gacha, nisbiy namlik 75%, havo tezligi 0,3-1 m/s boʼlishi kerak.
Ish zonasi havo muhitidagi va yashash joylari atmosfera havosidagi keng tarqalgan zararli moddalarning yoʼl qoʼyilgan oxirgi darajalari quyidagicha: fenol uchun 0,3 va 0,01 mg/m3, -0,5 va 0,035 mg/m3, stadol uchun 10 va 0,04 mg/m3.
Kompyuter xonalari vintelyatsiya qilinishi yoki kondentsioner bilan taʼminlanishi zarur. Zallarda zarracha, oʼlchami 3mkm gacha boʼlgan changlarning miqdori 0.75 mg/ dan oshmasligi kerak. Havoni kondentsionerlash birinchi navbatda mashina zallari, hamda servis va tashqi qurilmalar xonasi va axborot tashuvchi vositalar saqlanadigan xonalar uchun zarurdir.
Toʼgʼri tanlangan, yaʼni eng kamida Shvetsiya oʼlchovlar va sinovlar Milliy komiteti tomonidan qabul qilinadigan MRK II talablariga javob beradigan va kerakli sertifikati boʼlgan kompьyuterlarda ishlaganda foydalanuvchi sogʼligʼini saqlash maqsadida quyidagi qiyin boʼlmagan qoidalarga rioya qilish kerak:
• ish joyi qulay boʼlishi va tayanch - harakat apparati hamda qon almashishini normal ishlashini taʼminlash kerak;
• kun davomida vidioterminalda umumiy ishlash davomiyligi 4 soatdan oshmasligi, vidioterminalda uzluksiz ishlash 1,5 – 2 soatdan koʼp boʼlmasligi, har bir soat ishdan soʼng kamida 10 – 15 minut tanaffus qilish, shu paytda oʼrindan turib, koʼz, bel, qoʼl va oyoq uchun mashqlar qilish kerak;
• normal koʼrish qobiliyatida koʼz ekrandan qoʼl choʼzganlik (yaʼni 60- 70 sm dan kam boʼlmagan) masofada boʼlishi va yiliga kamida bir martta koʼz vrachiga tekshirib turish kerak;
• bir soat mobaynida 10 migdan ortiq klavishni bosish kerak emas;
• manitor ekranida yaltillashlar paydo boʼlishiga yoʼl qoʼyilmasligi kerak;
• xomilador ayollarning kompyuterda ishlashiga ruxsat berilmaydi.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish quyidagi xavfli va zararli faktorlar bilan bogʼliq:
Do'stlaringiz bilan baham: |