Bajardi: mengliev eliyor tekshirdi: dots. Avazova sh



Download 65,19 Kb.
bet2/6
Sana16.03.2022
Hajmi65,19 Kb.
#495072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diplomatik huquq asoslari

Kurs ishining maqsadi: Tashqi munosabatlarning mazmunini tashkil qiluvchi diplomatik huquq masalasini yoritib berish kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari:
- Tashqi siyosat va diplomatiya tushunchasining mohiyatini yoritib berish;
- Davlatning tashqi aloqalar olib boruvchi organlari tizimini aniqlab, ularning faoliyatini yoritib berish;
- Diplomatik vakilning akkreditatsiyasi, imtiyoz va immunitetlarini o’rganish va ularni tahlil qilish;
- O’zbekiston Respublikasida diplomatik xizmatning tashkil etilishi borasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish.


  1. TASHQI SIYOSAT VA DIPLOMATIYA TUSHUNCHASI

Diplomatik munosabatlarning vujudga kelishi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi.
“Diplomatiya” atamasi yunoncha “diploma” so’zidan kelib chiqqan. Diplomatiya davlatning tashqi siyosati maqsadi va vazifalarini tinch vositalar bilan amalga oshirish, shu bilan birga davlat va fuqarolarning xorijda xuquq va manfaatlarini muhofaza qilish bo’yicha uning tashqi munosabat organlari rasmiy faoliyati bilan belgilanadi.
Diplomatik va konsullik huquqi davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari o’rtasidagi munosabatlar tartibiga taalluqli printsiplar va normalar yig’indisidir.
Diplomatik va konsullik huquqi xalqaro huquqning eng qadimgi tarmoqlaridan biridir. Ba’zida boshqa davlatlarga yuborilib turiladigan elchilar instituti juda qadim zamonlardayoq paydo bo’lgan2. O’sha davrda diplomatik huquqning dastlabki ko’rinishlari, avvalo elchilar daxlsizligi to’g’risidagi normalar payo bo’ldi. Keyinchalik, 16-18 asrlarda Yevropada doimiy diplomatiya vakolatxonalari paydo bo’lishi bilan rivojlanib borgan.
Qadimgi Yunonistonda doimiy konsullik instituti, o’rta asrlarda ayniqsa tez rivoj topgan konsullik huquqi yuzaga keldi.
Keng ma’noda olganda, siyosat - negizi muayyan hokimiyatni xalqaro munosabatlarning u yoki bu sohasi bo’yicha xalqaro sahnada (davlat hokimiyatini yoki davlat hukmronligini) qo’lga kiritish, saqlab turish va undan foydalanish muammosidan iborat ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi munosabatlar bilan bog’liq faoliyat sohasidir. O’z navbatida, davlat aholining xalqaro hamjamiyatda ishtirok etishi, vakilligini taqdim etishi va o’z manfaatlarini himoya qilishi uchun zarur shakl kasb etgan jamiyat siyosiy tashkiloti sifatida namoyon bo’ladi.
Davlatning tashqi siyosiy faoliyati ijtimoiy faoliyatning o’ziga xos mazmun kasb etuvchi shakllaridan biridir. U davlatning muayyan organlari bilan davlat siyosiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha, avvalombor, xalqaro munosabatlarning turli sohalarida hukumronligini qo’lga kiritishi, saqlabturish va undan foydalanish bo’yicha shunga vakil qilingan shaxs o’rtasidagi sa’y-harakatlar mujassamligini o’zida namoyon etadi.
Ayni chog’da, bunday faoliyatni e’tirof etilgan xalqaro normalarga rioya qilmay turib. Amalga oshirib bo’lmaydi. Xalqaro huquq normalari va printsiplari, diplomatiya faoliyati jarayonida shakllanar ekan, davlatlarning barcha asosiy guruhlari uchun maqbul bo’lgan kompromiss-murosa ko’rinishida ko’zga tashlanadi. SHu bois, ular aslida ham sinfiy mazmun kasb etmaydi. Davlatning o’z tashqi siyosatini xalqaro huquqda yo’l qo’yiladigan maxsus diplomatik tadbirlar, usullar va uslublar yordamida amalga oshirish nazariyada diplomatiya, deb ataladi.
Keng ma’noda, «diplomatiya» tushunchasi davlatlar o’zaro munosabatlarini o’rnatadigan va saqlab turadigan, bir-birlari bilan aloqalarni yo’lga qo’yadigan hamda siyosiy yoki yuridik kelishuvlarni shu ishlar uchun maxsus vakillar orqali ro’yobga chiqaradigan barcha vositalarni qamrab oladi. SHu ma’noda, diplomatiya bir-biri bilan qurolli nizo holatida bo’lgan davlatlar o’rtasida mavjud bo’lishi mumkin. ammo bu tushuncha iqtisodiy va harbiy nizolarning moddiy jihatidan ko’ra, do’stona bo’ladimi yohud dushmanlik maqsadidami, yuzaga keladigan munosabatlarga ko’proq taalluqlidir.
Tor ma’noda olganda, diplomatiya3- xalqaro muzokarolar yuritish san’atidir. Diplomatiya doirasi va shakli xalqaro huquqda belgilanadi. SHu bilan birga, diplomatiya xalqaro huquq normalarini yaratish va joriy etish vositasi ham hisoblanadi. Tashqi siyosat, diplomatiya va xalqaro huquqning xalqaro munosabatlar tizimidagi uzviy birligi hamda o’zaro bog’liqligi xuddi ana shunda namoyon bo’ladi.
Odatda diplomatiya doimiy diplomatiya vakolotxonalari almashinuvi bilan bog’liq va bunday doimiy (yoki, hech bo’lmaganda, muntazam) vakolotxona davlatlarga BMT va bshqa yirik hukumatlararo tashkilotlarga o’z a’zoligini moddiylashtirishi uchun zarur. Bundan tashqari, maxsusmissiyalar (yoki ad hoc diplomatiyasi) hamda davlatlarning konferentsiyalarida ad hoc (ya’ni muayyan munosabat bilan) vakillari mavjud bo’ladi4.
Diplomatiya aloqalarini tartibga soluvchi xalqaro huquq normalari davlatlarning uzoq yillik amaliyoti natijasida ishlab chiqilgan va nafaqat ushbu amaliyotning o’zi bilan, balki milliy huquqning qonunchilik hujjatlari va sud qarorlari bilan ham tasdig’ini topadi. Ushbu sohaga oid huquq endilikda ma’lum darajada Diplomatik aloqalar to’g’risida Vena konventsiyasi (1961 yil) bilan kodifikatsiyalangan. Ushbu konventsiya o’zining qoidalarida «to’g’ridan-to’g’ri ko’zda tutilmagan» masalalarni tartibga soladigan xalqaro odat huquqi normalarini chetlab o’tadi va tabiiyki davlatlar u yoki bu qoidani shartnomaviy tartibda yoxud xulq-atvorga asoslangan sukutli bitim yo’li bilan o’zgartirish borasida erkindir.
Tashqi aloqalar bo’yicha davlat organlarining maqomi va funktsiyalariga taaluqli (boshqacha qilib aytganda, davlatlararo rasmiy munosabatlarni o’rnatish va amalga oshirish tartibini me’yorga solib turuvchi) xalqaro-huquqiy normalar tizimi xalqaro-huquqiy amaliyotda diplomatiya huquqi, deb ataladi.
Diplomatiya huquqi normalariga quyidagilar kiradi:
birinchidan, diplomatiya vakolatxonalari almashish va ularning faoliyati bilan bog’liq holda yuzaga keladigan davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;
ikkinchidan, bir davlat tomonidan boshqasiga maxsus missiyalar, shu jumladan, u yoki bu tashqi siyosiy masalani xal etish uchun delegatsiya yoxud vakil yo’llash bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;
uchinchidan, davlatlarning xalqaro tashkilotlarga vakillik qilishi hamda u yoki bu davlat hududida xalqaro tashkilotlarning faoliyat yuritishi bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi nomalar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar, xalqaro doiradagi mansabdor shaxslar va xizmatchilar imtiyozlari hamda immunitetiga doir normalar;
to’rtinchidan, keyingi yillarda diplomatiya huquqiga konsullik huquqini kiritish bo’yicha harakatlar borligini, bu bir paytning o’zida diplomatiya va konsullik xizmatlarining tashqi ishlar mahkamasi doirasida birlashtirilganligi holati bilan izohlanadi.
Xalqaro tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilari immuniteti hamda imtiyozlariga doir masalalar, qoidaga ko’ra, muayyan xalqaro tashkilot a’zolari yoxud xalqaro tashkilot va u hududida o’z faoliyatini amalga oshirayotgan tegishli davlat o’rtasida tuziladigan maxsus shartnomalarda tartibga solinadi5.


Download 65,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish