“jonlanish kompleksi “ deb ataydi. Bu reaksiya go’dakning kulishi, qo’lini qimirlatishi, qo’llari bilan onasiga intilishi, oyoqlarini ko’tarishidir.
Go’dakdagi bu reaksiya onasiga ijobiy ta’sir etadi va go’dak bilan ko’proq, uzoqroq muloqot qilishga harakat qiladi. Ona bola o’rtasidagi mulaqotning uzoqroq bo’lishi bola rivojlanishini tezlashtiradi. Biron bir nuqsoni bor bolalarda esa ona va bolaning muloqoti boshqacharoq kechadi. Bunday bolani ona qo’liga olganda, unda jonlanish kompleksi sodir bo’lmaydi yoki kechikib sodir bo’ladi. Bolada reaksiyaning yo’qligi yoki sustligi onaning u bilan bo’ladigan muloqotini susaytiradi va muloqot faqat hayotiy zaruratlarni qondirishdangina iborat bo’lib qoladi. Ona bola o’rtasidagi muloqotning susayishi bolaning fiziologik, psixologik rivojlanishini kechikishiga olib keladi.
Kattalar bilan doimiy muloqotning yetarli emasligi bolalar uyidagi ( mehribonlik uyidagi ) bolaning rivojlanishidagi orqada qolishlarga sabab bo’ladi. Tarbiyachilar bolalar bilan muloqotda bo’ladi, lekin har bir tarbiyachiga 8 – 10 ta bola biriktirilgani uchun bu muloqot uydagiga nisbatan 8 – 10 marttaga qisqaradi. Bundan tashqari o’z tuqqan onasi bilan bo’lgan muloqot his-hayajonga boyroq bo’ladi bu muhim ahamiyarga ega. Shuning ushun mehribonlik uyidagi bolalarda ular hech qanday nuqsonsiz sog’lom bo’lganida ham go’dakligidan boshlab ruhiy rivojlanishning susayishi kuzatiladi. Agar bola biron bir nuqson bilan bo’lsa unda bu sezgilarli darajada bo’ladi. Bunday bolalar maktabgacha bo’lgan davrda deffektlarni effektiv korreksiyasiga muhtoj bo’ladi. E. P. Kuzmicheva boshchiligida deffektologlarning olib borgan tekshiruvlari shuni ko’rsatadiki sensor nuqsonlari bor bolalar bilan erta boshlangan korreksion pedagogik ishlar ularni rivojlanishini normaga yaqinlashtirishi mumkin.
Aqli zaiflikda bosh miya po’stloq qismi zararlanishi natijasida analiz – sintez jarayoni ya’ni ma’lumotni qayta ishlash sezilarli orqada qoladi. Bunday bolalarda nutq, tushuncha, elementar aqliy faoliyatlar buziladi. Harakat tayanch apparatining yetishmovchiligida
( bolalar serebral falaji,
chegaralanganligi natijasida
poliemelitda ) karakatlanish imkoniyatlarining
o’yinchoqlarni olmaydi, qo’l, ko’z harakatlarini
yaxshi boshqara olmaydi. Bu o’z navbatida atrof muhit, predmetlar haqidagi tasavvurlarni buzulishiga olib keladi ko’rish qobiliyati yahshi bo’lishiga qaramay rivojlanishning sendetiv davri deb atalgan psihik hodisa uchun ham anchagina o’ziga hoslik hararterlidir. Du davr bola hayotining shunday davriki bu davrda psixik funksiyalar tashqi ta’sirlarga juda sezgir va ularni ta’sirida intensiv rivojlanadigan davridir. Har bir psihik funksiyaning senditiv davri turlichadir. Boshlanish vaqti bo’yicha, namoyon bo’lishi va davomiyligi bilan farqlanadi. Bunday davrlar aloxida psihik funksiyalarni rivojlanishida ham ( masalan ko’rish, harakat ), murakkab sistemalarni hosil bo’lishida ham ( masalan: nutq, o’qish ) bor.
Odatda jismoniy va aqliy rivojlanishida yetishmovchiligi bor bolalarda va normal rivojlanayotgan bolalarda psihofiziologik funksiyalar va ruhiy jarayonlarni rivojlanishida sendetiv davrlar yosh bo’yicha bir – biriga mos tushadi. Biroq bu namoyan bo’lishning boshlanishi ham, davomiyligi ham degani emas.
Sendetiv davrning davomiyligi yosh bilan emas balki, nerv strukturalarning ( har bir funksiya uchun javobgar bo’lgan ) yatishmovchiligi bian aniqlanadi. Biron bir yetishmovchiligi bor bolalarda ayrim bir funksiyalarning yetilish muddatigina emas balki navbatma navbat namoyon bo’lish muddati ham o’zgaradi. Bu esa murakkab oliy ruhiy funksiyalarning paydo bo’lishida muhim ahamiyatga egs. Chunki oliy ruhiy funksiyalarni sodir bo’lishida ularni tashkil qiluvchi oddiy funksiyalar ishtirok etadi. Bunda oliy ruhiy funksiyal paydo bo’lishida ularni tashkil qiluvchi bir necha oddiy ruhiy funksiyalar ma’lum bir ketma – ketlikda ishtirok etadi. Masalan: nutq paydo bo’lishida avval boshda eshitush va harakat analizatorlari o’zaro ta’siri rivojlanadi, sal kechroq bu murakkab funksional sistemaga ko’ruv analizatorlari qo’shiladi. Bu tahminan 5 yoshlik davrda sodir bo’ladi va bu vaqt o’qitishni o’rgatish uchun senditiv davrni boshlanishi hisoblanadi