Troshin tomonidan
“Antropologik tarbiya asoslari”, “ Nuqsonli bolalarning qiyosiy psixologiyasi” kitobida 1915-yilda Petrogradda, keyinchalik esa L.S.Vigotskiy tomonidan ta’kidlangan.
Bu qonuniyatga birinchi navbatda ruhiy rivojlanishning bosqichma – bosqich amalga oshishi, ruhiy funksiyalarni rivojlanishida sendetiv davrlarning borligi, oliy ruhiy funksiyalarni rivojlanishida nutqning ro’li, o’qitish, o’rgatishning ruhiy rivojlanishdagi asosiy roli ta’luqlidir. Bu esa boshqa normal va ruhiy buzulishdagi rivojlanishning umumiy qonuniyatlari L. V. Zankov, T. A. Vlasova, I. M. Solovyov, T.V.Rozanova, J.I.Shif va boshqalarning tekshiruvlarida ham 1930- yildan 1970- yilgacha ko’rsatib o’tilgan.
Bu psixologlar va ularning hamkasblarining ko’rsatishicha ong, hotira, tasavvur, aqlning rivojlanish qununiyatlari normal rivojlanayotgan bolalar uchun ham ENB yoki aqli zaif bolalar uchun ham umumiydir. Umumiy hulosaga kelishda psihologiya sohasining yirik mutahassislari L.S.Vigotskiydan boshlab har hil davrlarda shug’ullangan olimlarning bolalar ruhiy rivojlanishini o’rganishi asosiy o’rin tutgan. Bu ayrim qarashlarni solishtirishga, mahsus psihologiyadagi bir- biriga zid bo’lgan qarashlarni yengib o’tishga, imkoniyat yaratdi.
Rivojlanishdagi nuqsonlarni ayrim turlarini o’z ichiga olgan solishtirma tekshiruvlar 1960 – yildan boshlab o’tkazila boshlangan ( normada qanday, patologiyada qanday). Masalan AQSHda S.Krik va uning hamkasblari turli
toifadagi bolalarni psihologik qobiliyatini o’rganishgan. X.Furt kar bolalarda
hamda turli toifadagi bolalarda nutqni rivojlanishini o’rgangan. Buyuk
Britaniyada N.O. Konnor solishtirma tekshiruvlar o’tkazib aqli zaif va kar
bolalarda predmetni anglashda so’zning ro’li va ta’sirini solishtirgan. Bu barcha tekshiruvlar va izlanishlar natijasida normal rivojlanayotgan bolalar uchun ham rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ham umumiy bo’lgan qununiyatlar borligi hamda faqat rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun alohida qonuniyatlar borligi aniqlangan. Nuqsonli bolalarni qiyosiy tekshiruvi umumiy psixologiya uchun ham ahamiyatga ega.
Nuqsonli bolalarni ruhiy rivojlanishida ikkilamchi deffektlarni kelib chiqishi 1930 – yillarda L.S.Vigotskiy tomonida anomal rivojlanishning unumiy qonuniyatlari sifatida takidlab o’tilgan. U ko’rsatib o’tganidek rivojlanishida nuqsoni bor bolalarda ham sotsial muxitda, ham tashqi dunyo bilan bo’lgan muloqotdagi buzulish bitta umum qonuniyatda yuzaga chiqadi. Rivojlanishidagi buzulish muammolarini ko’rib chiqib J.
I. Shif bu qonuniyatni quidagicha izoxlaydi: “ Anomal rivojlanishning barcha
holatlari uchun umumiy bo’lgani shuki nuqson natijasida yuzaga chiqqan oqibatlar anomal bolani shaxs sifatida rivojlanishini buzulishiga olib keladi ” bu bolalarni hammasida nutq orqali muloqot buzulishi, garchi har hil ko’rinishda namoyon
bo’lishidan qatiy nazar o’rganilayotgan hodisalar guruhida tasir qiluvchi qonuniyatlarni o’rnatilishi va o’ziga hosligini ko’rsatish har bir fan doirasidagi
muhum vazifalardan biridir. Bu mahsus psihologiya uchun ham taaluqlidir. Biroq umumiy qonuniyatlarni ajratish bir tomonlama, shu qonuniyatlarni alohida mahsus ko’rinishi boshqa tomonlama, ayniqsa alohida nuqsonlarni rivojlanishi uchun ta’luqli tomoni qiyin va murakkab.
Misol tariqasida nuqsonli bolalarni tekshirish natijasida kelib chiqqan fikrlani keltiramiz.
“ so’zlarning ahamiyati o’quvchilarning ongida juda noaniq, bir –biridan
chegaralanmagan, o’zgaruvchan ”. Buning natijasida kuzatiladiki o’quvchilar
nutqida ishlatiladigan so’zlar bilan obektiv borliq predmetlari orasidagi bog’liqlik o’ziga hos bo’ladi. Ular turli predmetlarni bitta so’z bilan ataydi yoki bironta predmetlarni boshqa predmet nomi bilan ataydi. Shunisi harakterliki buning uchun ularga asos bo’lib predmetlarni tashqi ko’rinishining o’xshashligi hizmat qiladi.
O’quvchilar foydalanadigan bu umumlashtirish borliqni anglab borish natijasida asta sekinlik bilan o’zgarib boradi.
“ So’z bolalarda tashqi muhitni ko’rib anglashdagi tajribasiga suyangan holda
ishlatiladi. U o’zida yolg’on tushuncha saqlaydi. O’ziga hos bo’lgan bir so’zni
ikkinchisi bilan almashtirish predmetlarga bo’lgan keng taaluqlilikdir. Bitta hodisaga taaluqli bo’lgan so’zlarni aralashtirish, almashrirish predmetni nomini anglatuvchi so’zlarni ularni belgisi bilan nomlash va boshqalar bu hammasi juda sekin
rivojlanuvchi nutqiy muloqt qubiliyatini ko’rsatadi”.
Aniqlanishicha biron nuqson uchun olimlar tomonidan mahsus, o’ziga hos deb aniqlangan qonuniyat ko’pincha faqat shu nuqsonli bolalar uchun taluqli bo’lmay balki umumiy harakterga ega bo’ladi. Bu holat aniq tasdiqlab beradiki biron bir nuqsoni bor bolalarni o’ziga hosliklarini norma bilan solishtirish yetarli bo’lmaydi. Negaki shu nuqsonni o’ziga hos belgilarini yuzaga chiqarishga faqat unga hos bo’lgan qonuniyatlarni aniqlashga imkon bermaydi. Haqli ravishda bunday solishtirish bir necha tur nuqsonli rivojlanish qononiyatlarini bir – biridan farqlashga qodir emas.
Agar ularni ahamiyatliligi darajasi bo’yicha navbat bilan joylashtirsak 1 – navbatda shubxasiz kuzatilayotgan bolalarda normal bolalarga nisbatan ma’lumotlarni qabul qilish va uni qayta ishlash qobiliyatini eslab o’tish kerak. Barcha turdagi rivojlanishning buzulishlarida qabul qilinishi kerak bo’lgan ma’lumotning hajmi ( ma’lum vaqt birligida ) normadan kamroq bo’ladi.
Nuqsonli bolalarda normal bolalar qabul qiladigan hajmdagi ma’lumotlarni qabul qilish uchun ko’proq vaqt sarflanadi. Bundan tashqari sezgirlik chegarasining oshishi ( masalan eshitish sustligida ) shovqin darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Bu esa qabul qilinayotgan ma’lumotlarni aniqligiga ta’sir etadi. Ma’lumotlarni qayta ishlanishi sekinlashadi. Ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash bu sensor jarayonlar – sezish, qabul qilish, hotira, tasavvur, nutq ong, shularga mos ravishda ma’lumotni qabul qilish va qayta ishlashni susayishi ham turli sabablar bo’lishi mumkin. Birinchi navbatda bularning sababi sensor kirishdagi deffektdi, ya’ni analizatorning (sezgi o’rgani) retseptor qismidagi yoki analizator markaziy qismining buzulishidir (miya po’tlog’idagi shu funksiyaga javob beruvchi markazning buzulishi).
Inson MNSning po’stloq qismiga yetib bormaydigan ta’sirlarga ham javob reaksiyasi ko’rsatishi mumlkin. Bu reflektor instinktli reaksiya asosida sodir bo’ladi. ma’lumot qabul qilish va uni qayta ishlash haqida gapirilganda MNS ga yetib moradigan ta’sirlar nazarda tutiladi.
Psixofiziologiya nuqtai nazaridan ma’lumotni qabul qilish va qayta ishlashni
buzulishida integrativ jarayonlarni buzulishi ham ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Bu predmatlarni, hodisalarni tanib olishning qiyinligi bilan namoyon bo’lib bu
jarayonni amalga oshirish uchun obrazlarni tasavvurini faollashtirish zarur bo’ladi.
Sensor organlarida yetishmovchiligi bor yoki MNSda yetishmovchiligi bor bolalarda yoshlik davrlaridan boshlab umum yoki mahsus rivojlanish qonunlarining ta’siri ko’rina boshlaydi. Avvalo bu bolani faolligi, ta’sirchanligini sustligida namoyon bo’ladi. Bu davrda bolaning rivojlanishdagi omillardan asosiysi uning onasi bilan bo’lgan aloqasidir. Bu aloqa faqat ko’krak suti bilan oziqlantirishda, yo’rgaklash, cho’miltirishda emas, balki, birinchi kundan ona u bilan gaplashadi, silaydi, unga kulib qaraydi, qo’liga oladi. Doimiy, bevosita zaruratsiz muloqot qiladi. Bu harakatlar barchasi bolaning sezgi organlariga ta’sir etadi. Ko’rish, eshitish, teri- taktil sezish – va bu hammasi birgalikda bolaning ruhiy rivojlanishi uchun stimul hisoblanadi.
Go’dak o’z navbatida onaning o’zaro aloqasiga o’zining reaksiyasini bildira boshlaydi 2 oylikdan boshlab buni psixologlar, fiziologlar, vrachlar