Iqtisod qismi.
Bu bitiruv malakaviy ishida “Paxta terish mashinasini yerga ta’sir qiluvchi bosimini
aniqlagan xolda shina konistruksiyasni loyihalash”
mavzusi bo’yicha
iqtisodiy
tomonlarin ko’rib chiqamiz.
Korxonalarning tashqi muhit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro’y
berib (resurslarni
jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo,
material va
yoqilg’ining o’z vaqtida yetkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta’sir ko’rsatish jarayonida namoyon
bo’ladi.
Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, birinchi
o’rinda mahsulot iste’molchilari, xom ashyo va boshqa material yetkazib beruvchilar,
shuningdek davlat organlari hamda korxonaga
yaqin joyda yashovchi aholi
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari
quyidagilar hisoblanadi:
*
bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o’rganish
yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan talablarini aniqlash;
*
mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo’yicha ilmiy-
tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;
*
xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
*
ishlab
chiqarishni
rejalashtirish,
dasturlash,
muvofiqlashtirish
va
moliyalashtirish;
*
mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini
tashkil qilish va uni
mukammallashtirish;
*
korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama,
*
texnik xizmat ko’rsatish va hokazolarni boshqarish
Узг.
Лист
Хужжат №.
Имзо
Сан
Лист
Bitiruv malakaviy ishi
Albatta, zamonaviy korxonalarning ko’p qirrali faoliyati yuqorida sanab o’tilgan
yo’nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti
va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan
to’ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o’tilganlardan qat’i nazar, xo’jalik
rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni
bajarishga qaratilishi zarur:
-
korxona
egasining daromad olishi;
-
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;
-
xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;
-
korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;
-
atrof-muhitni muhofaza qilish;
-
korxona faoliyatida to’xtab qolishga yo’l qo’ymaslik;
-
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;
-
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.
Xo’jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan
quyidagi funktsiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
* ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
* mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;
*
sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish;
* ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;
* xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;
* soliqlarni to’lash, byudjetga to’lanuvchi ixtiyoriy
yoki majburiy badal va
to’lovlarni amalga oshirish ;
* amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-
qoidalarga rioya qilish.
Bu funktsiyalar
korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy
infratuzilmaning
mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga
asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor ištisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti
korxonalarning amalga oshiruvchi funktsiyalarini kengaytirishi hamda
ularning
Узг.
Лист
Хужжат №.
Имзо
Сан
Лист
Bitiruv malakaviy ishi
faoliyatidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi
vazifalar belgilab berishi mumkin.
Jamiyat uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning
ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar
iqtisodiyotining holati butun xalq xo‘jaligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, deb
hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’i
nazar
qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko‘rsatkichlari hamda aholining
turmush tarzi shunchalik yuqori bo‘ladi.