Bajardi azadov javlon qabul qildi hayitboyeva nigora


Aylanma mablag‘lari tejamkorligi va ularning



Download 139,72 Kb.
bet23/24
Sana31.12.2021
Hajmi139,72 Kb.
#267555
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Javlon

2.6Aylanma mablag‘lari tejamkorligi va ularning

samaradorligini oshirish yo‘llari

Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida har bir korxonaning muhim vazifalaridan biri - moddiy resurslarni tejash hisoblanadi. Chunki moddiy xarajatlar foydaga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining katta qismini tashkil etadi. Foyda esa bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona hayot ta’minotining asosiy manbalaridan biridir. Moddiy resurslarini tejash manbalari va yo‘llari farqlanadi. Tejash manbalari nima hisobidan tejarpga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Tejash yo‘llari (yoki yo‘nalishlari) qanday qilib yoki qaysi chora-tadbirlar yordamida tejashga erishish mumkinligini ko‘rsatadi.

Har bir korxonada moddiy resurslami tejash zaxiralari mavjud. Zaxiralar deyilganda moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha vujudga keladigan yoki vujudga kelgan, lekin jami ishlatilmagan imkoniyatlar tushuniladi.

Moddiy resurslami tejash zaxiralarining vujudga kelishi va ishlatilingan sohasi nuqtayi nazaridan ular uch gumhga bo‘linishi mumkin:

- xalq xo‘jaligi zaxiralari;

- umumsanoat - tarmoqlararo:

- ichki ishlab chiqarish zaxiralari (sex zavod, tarmoq zaxiralari).

Xalq xo‘jaligi zaxiralariga xalq xo‘jaligi va uning barcha tarmoqlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zaxiralar kiradi. Chunki ular sanoat, qazib olish va tejamkor sun’iy va sintetik xomashyo va materiallar ishlab chiqarishda taraqqiy etgan xalq xo‘jaligi nisbatlarini belgilash, yonilg‘i-energitika majmuasi strukturasini mustahkamlash bozor munosabatlari sharoitida butun xo‘jalik mexanizmini mukammallashtirishni ta’minlaydi.

Umumsanoat - tarmoqlararo zaxiralar bu shunday zaxiralarki, ulaming to‘planishi yetakchi sanoat tarmoqlari o‘rtasida ratsional ishlab chiqarish-cheklangan va asosan o‘zaro bog‘liq, sanoat tarmoqlariga yoki yirik sanoat yoki ishlab chiqarish - hududiy majmualariga tarqaladi.

Umumsanoat tarm oqlararo zaxiralariga quyidagilar kiradi:

>> foydali qazilmalar konlari, ularni qazib chiqarish, boyitish va qayta

ishlash Yangi samarali usullarini va ishlab chiqish tizimlarini joriy

etishga; >>sanoatda ixtisoslashuvni rivojlantirish; turli mulk shaklidagi korxonalarni tuzish va rivojlantirish; >> xalq xo‘ja!igida va iste’molni tarmoqlarda moddiy resurslami tejash bo‘yicha vazifalami bajarish maqsadida boshlang‘ich mahsulot va qurilish materiallar sifatini oshirish; >>eng samarali xomashyo va materiallar turlarining ishlab chiqarilishini tezkor rivojlantirish.

Ichki ishlab chiqarish zaxiralariga bevosita texnika, texnologiyani va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishni mukammallashtirish, mukammalroq mahsulot turlarini o‘rganish, muayyan sanoat tarmoqlarida mahsulot sifatini oshirish bilan bog‘liq bo lgan moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash imkoniyatlari kiradi.

Fan-texnik taraqqiyot xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.

Chora-tadbirlar xarakteriga bogMiq holda sanoatda va ishlab chiqarishda resurslarni tejash zaxiralarini amalga oshirish asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy-iqtisodiyga boMinadi.

Ishlab chiqarish-texnik yo‘nalishlarga xomashyoni ishlab chiqarish iste’moliga sifatli tayyorlash, mashinalar tuzilishini, uskunalar va buyumlami mukammallashtirish, tejamkor xomashyo, yonilg1 ini qo‘llash, yangi texnika va texnologiyani joriy etish bilan bog‘liq chora- tadbirlar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslaming texnologik chiqindilari va yo‘qotishlarini kamaytirish va ikkilamchi moddiy resurslardan maksimal foydalanish imkonini beradi.

Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan tarmoqlarda xomashyoni tejash uchun ishlov berishga u sifatli tayyorlanadi. Xomashyoni tayyorlash usullari - koks sanoati uchun ko‘mirlami boyitish; to‘qimachilik sanoatida jun va paxtani tozalash va standartlashtirish, yog'ochsozlik sanoatida yog‘ochlami quritish. Ko‘mir va rudalar boyitilganda yuqori iqtisodiy samara olinadi. Masalan, shaxtada temir miqdorining 1% ga oshishi pech unumdorligini 2% ga oshiradi va 20% koksni tejash imkonini beradi. Xalq xo‘jaIigining asosiy tarmog'i - mashinasozlikda materia) sig‘imini kamaytirishda qora metallurgiya katta rol o‘ynaydi. Shu sababli qora metallurgiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi sifatli va samarali metall mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish lozim.

Mashinasozlik tarmog‘ida moddiy resurslami tejashning barcha ishlab chiqarish - texnik yo‘naIish!arini quyidagilarga bo‘lish lozim:

1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish bo‘yicha chora- tadbirlar. Bu mashina, mexanizmlar va agregatlar nisbiy metall sig'imining kamayishi bilan birgalikda ro‘y beradi. Ma’lumki, zamonaviy mashinasozlikda ilmiy-texnik taraqqiyotining asosiy yo‘nalishi - mashina va uskunalar quwati va unumdorligini oshirish bo‘Iib, uning natijasida ularning sof va nisbiy og‘ir!igi kamayadi, tashqi ko‘rinishi yaxshilanadi, sifati oshadi, ekspluatatsiya xarajatlari

kamayadi, asosiysi mehnat unumdorligi oshadi.

2. Prokatlarning tejamli tur va shakllarini joriy etishga yo‘naltiri!gan chora-tadbirlar. Ularning ishlatilishi natijasida metall 10-20% tejalishi mumkin. Egilgan prokatlar ko‘pgina mashinasozlik tarmoqlarida samarali qo‘llanilmoqda.

3. An’anaviy qurilish materiallari o‘rnini bosadigan (o‘rinbosar) materiallar bilan almashtirish chora-tadbirlari. Mashinasozlikda qora metallar sintetik materiallar - plastik massalar, sintetik tolalar, rangli yengil metallar bilan almashtirilmoqda. Buning asosiy maqsadi mahsulot metall sig‘imi va mehnat sig‘imini kamaytirish, pirovard mahsulot sifatini oshirish hisoblanadi.

Plastik massalar avtomobilsozlik, aviatsiya sanoatida, elektr va radio sanoatida, uskunalar yasashda va boshqalarda samarali qo‘llanilmoqda.

Qora va rangli metallarga nisbatan yengil bo‘lgan plastmassa mashina

va uskunalaming nisbiy og‘irligini kamaytiradi, demak, metal tejalishini ta’minlaydi. Plastmassalardan buyumlar yasalganda texnologik jarayonlar miqdori 3-8 marta kamayadi.

4. Mashinasozlikning tayyorlov bazasida ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish, avtomatlashtirilgan uskunalami joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar.

Sanoatning ishlov beradigan tarmoqlarida va material list shakliga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlarda (to‘qimachilik, oyoq kiyimini tikish, list prokati ishlatiladigan mashinasozlik) bichishning ratsional yo‘llarini qo‘llash orqali materiallar tejaladi. Bu vazifani yechishda iqtisodiy-matematik usullar va elektron hisoblash mashinalari muvaffaqiyatli qo‘llanilib, ular yordamida bichishning optimal yo‘llari aniqlanadi.

«Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik maqsadni amalga oshirishning mantig‘i mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlangan va 0 ‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2011-yildagi asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida davom ettirishni taqozo etmoqda».

Mahalliy xomashyo va yonilg‘i ikkilamchi xomashyo, moddiy va yonilg‘i resurslardan foydalanish, ilgari foydalanilgan xomashyolar,asosiy va yordamchi materiallarni tiklash muhim ahamiyatga ega.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulot turlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobar o‘sib, import o‘rnini bosish samarasi 1,9 mlrd. doll, tashkil etdi

Bundan ko‘rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda iqtisodiyo tiling real sektori korxonalar ini qo‘llab- quwatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratdi.

Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida barcha tarmoqlarda mahalliy va ikkilamchi xomashyo yonilg‘i-energetika 'resurslarining ishlatilishi yuqori iqtisodiy samara beradi, bu muammo hozirgi sharoitlarda yanada dolzarblashadi. Shu sababli kichik metallurgiya zavodlarini qurish xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega.

Moddiy resurslami tejashning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlariga

quyidagilar kiradi: sanoat mahsuloti material sig‘imini normallashtirish va rejalashtirishning ilmiy darajasini oshirish va moddiy resurslar sarflashning texnik asoslangan norma va normativlarini joriy etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar; yangi, samarali xomashyo va materiallar yonilg‘i-energetik resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mamlakat yonilg‘i balansini mukammallashtirishdan iborat bo‘lgan taraqqiy etgan proporsiyalarni belgilash bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar majmuasi.

Har bir korxonada moddiy resurslami tejashning asosiy yo‘nalishi - ish joylarda bir miqdordagi xomashyo va materiallardan yakuniy mahsulot ishlab chiqarishni oshirish. U ishlab chiqarishning texnik jihozlanishiga, xodimlar malakasiga, moddiy-texnik ta’minotni to‘g‘ri tashkil etishga va hokazolarga bog‘liq.

Ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotishIami qisqartirish muhim ahamiyatga ega. Uning hisobiga moddiy resurslami tejash mumkin.

Buning uchun mahsulotni saqlash va tashish qoidalariga qat’iy rioya qilish, ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlash uchun yoniIg‘i, xom­ashyo, materiallami maqsadga muvofiq tayyorlash, mehnat jamoasining ish va ishlab chiqaradigan mahsulotlar sifati masalalariga e’tiborini kuchaytirish lozim. Bu vazifaning yechilishiga aksionerlik xo‘jalik yuritish shakllari va korxonalarni xususiylashtirishda yordam beradi.

Aylanma mablag‘laming alohida elementlari o‘rtasidagi nisbat aylanma mablag‘lar strukturasi deyiladi. Sanoat tarmoqlari aylanma mablag‘lar strukturasidagi farq ko‘pgina omillar bilan asoslanadi. Masalan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish xususiyatlari, ta’minot va sotish sharoitlari, ‘ ta’minotchi va iste’molchilar joylashishi, ishlab chiqarish xarajatlari strukturasi.

Sanoat korxonalari aylanma mablag‘lari ko‘p qismini tovar-moddiy boyliklar tashkil etadi. Ulaming ulushi - 75-87%. Turli tarmoqlar bo‘yicha tovar-moddiy boyliklar ko‘rinishidagi aylanma mablag‘lar strukturasi ham turlichadir. Ishlab chiqarish zaxiralarining eng salmoqli ulushi yengil sanoat korxonalarida (xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ustunlik qiladi - 70%). Kimyo sanoatida kelgusi davr xarajatlari ulushi yuqori - 9%. Mashinasozlik sanoatiga nisbatan ishlab chiqarish zaxiralari ulushi kam, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish ulushi esa - yuqori. Bunga

sabab mashinasozlikda sanoatga nisbatan ishlab chiqarish sikli uzunroqdir. Shu sababli og‘ir, energetika va transport mashinasozligida avtomobil va traktor sanoatidagiga nisbatan tugallangan ishlab chiqarish ulushi yuqori.

Turli tarmoqlarda xomashyo va material ishlab chiqarish zaxiralaridagi aylanma mablag‘lar summasi ham farqlanadi. Bunga ishlab chiqariladigan mahsulotlaming texnik-iqtisodiy xususiyatlari sabab bo‘ladi.

Korxonaning samarali ishi - bu minimal xarajatlar qilib maksimal natijalarga erishishdir.

Xarajatlam i kamaytirish - bu awalambor, korxona aylanma mablag1 larini shakllantirish manbalari strukturasini optimallashtirish, ya’ni o‘z kredit resurslarini oqilona uyg‘unlashtirish.

Korxona aylanma mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Muomala sohasidan ular ishlab chiqarish sohasiga o‘tadi va hokazo. Aylanma mablag1 lar aylanish korxona tomonidan moddiy resurslar va ishlab chiqarish uchun zarur boshqa elementlar to'langan vaqtdan boshlanadi va bu mahsulotni sotishdan olingan tushum ko‘rinishida xarajatlar qoplanishi bilan tugaydi. Keyinchalik pul mablag‘lari yana korxona tomonidan moddiy resurslar olish va ularni ishlab chiqarishga kiritish uchun ishlatiladi.

Korxonaning normal faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag1 laming iqtisodiy asoslangan miqdorlarini ishlab chiqarish jarayoni

aylanma mablag‘lami normalashtirish deyiladi. Shunday qilib, aylanma mablagMarni normalashtirish doimiy minimal va shu bilan birgalikda yetarli bo‘lgan moddiy boyliklar zaxiralarini, kamaymaydigan tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralarini va boshqa aylanma mablag‘larni shakllantirish uchun zarur boMgan aylanma mablag‘lar summasini aniqlashdan iborat. Aylanma mablagiami normalashtirish ichki zaxiralami aniqlash, ishlab chiqarish davomliligini qisqartirish, tayyor mahsulotning tezroq sotilishi imkonini beradi.

Aylanma mablagMardan samarali foydalanish korxona faoliyatini normal ta’minlashda, ishlab chiqarish rentabelligini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Afsuski, korxonalar hozirda ega bo‘lgan o‘zining moliyaviy resurslari nafaqat kengaytirishga, hatto oddiy takror ishlab chiqarish jarayonini to‘liq miqdorda ta’minlashga yetmaydi. Korxonada zarur moliyaviy resurslaming yo‘qligi, to‘lovlar intizomi darajasining pastligi o‘zaro toMamasliklaming paydo bo‘lishiga olib keldi.

Korxonalaming o‘zaro qarzdorligi - bozor sharoiti davridagi iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyati. Ko‘pchilik korxonalar shakllanayotgan bozor munosabatlariga tez moslasha olmaydi, mavjud aylanma mablagMardan oqilona foydalanmayapti, moliyaviy zaxiralami tuzmaydi. Shunisi muhimki, inflatsiya, xo‘jalik qonunchiligining nobarqarorligi sharoitida to‘lovlarni amalga oshirmaslik bir qator korxonalaming tijorat manfaatlari doirasiga kiradi. Ular atayiab ta’minotchilar bilan hisob-kitoblami kechiktiradilar va bu orqali so‘m xarid qobiliyatining pasayishi hisobiga o‘z to‘lov majburiyatlarini

kamaytiradilar.

Aylanma mablagMar aylanuvchanligining tezlashishi hozirgi sharoitda korxonalaming birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:

1. Ishlab chiqarish zaxiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zaxira normalarini joriy etish; xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning iste’molchilarga yaqinlashuvi; moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek,materiallar va uskunalar ulgurji savdosini kengaytirish; ombordardagi ishlaming kompleks mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.

2. Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida - ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish; standartizatsiya; unifikatsiya; tipizatsiyani rivojlantirish; sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini mukammallashtirish; xomashyo va yoqilg‘i-energetika resurslaridan tejamli; foydalanishni iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini mukammallashtirish; yuqori talabga ega boMgan mahsulot ulushini ko‘paytirish.

3. Muomala bosqichida - mahsulot iste’molchilarini uni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirish; hisob-kitob tizimini mukammallashtirish; bevosita aloqalar bo‘yicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot tayyorlash natijasida sotilgan mahsulot hajmini oshirish; tuzilgan bitimlarga muvofiq jo ‘natilgan mahsulotlami partiyalar, assortimentlar, tranzit normasi bo‘yicha tanlash.

Shuni qayd qilib o‘tish joizki, korxonaning aylanma mablag‘lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu qonunlardan va aylanma mablag‘lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag‘laming yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.

Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoilab-quwatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008-yil 28-noyabr) 4058-sonli

Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ulaming raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.

Tejamkorlik rejimini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar tizimida asosiy o‘rinni mehnat predmetlarini tejash egallaydi. Bu mahsulot sifati, ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishiga zarar yetkazmagan holda unga sarflanadigan xomashyo, materiallar, yonilg‘i xarajatlarini kamaytirishni bildiradi

XULOSA

Hozirgi kunda korxona iqtisodiyotiga bo’lgan kizikish sezilarli ravishda o’sgan. Gap Shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom-ashyo, material va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, Shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste’molchilari (haridorlaru bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona — avvalo ishlab chiqarish jamoasi, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo’lib, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush tarzi, ma’naviyat va axlok me’yorlari shakllanadi. Bo’larning barchasi xo’jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko’rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi urni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi.

Tahlillarning ko’rsatishicha, istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan, korxona kay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga bog’liq bo’ladi? Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga bog’liq? «Xom-ashyo yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan qanday ishlash kerak?» «Mahsulotni sotishda vositachilardan foydalanish zaruriyati; Ishlab chiqarish sur’atini qanday oshirish mumkin?» «Raqobatchilik ko’rashida nima va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi?» «Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo’lishi lozim?» va hokazolar. Korxonalar faoliyatida biron-bir mahsulotni kachon, qayerda, kimga sotish, nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lo­zim, degan savolga javob berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu va shunga o’xshash savollarga javob topishni amaliyotda xato va sinovlar usuli asosida amalga oshirish, hozirgi paytda nafaqat korxona uchun, balki butun jamiyat uchun ham qimmatga tushishi mumkin. Bunda korxonalarning bankrotga uchrashi va tugatilishi, iqtisodiyotning ayrim soha va tarmoqlarida ishlab chiqarish va mehnat faolligining pasayishi, mehnat samaradorligi sur’atining pastligi va hokazolar guvohlik berishi mumkin. Huddi shu qatorga to’lovlarning amalga oshirilmasligi, muddati o’tib ketgan qarzlar va korxonalar faoliyatidagi boshqa iqtisodiy kamchiliklarni ham kiritish mumkin. Bo’larning barchasiga asosiy sabab esa o’rta va quyi bo’gindagi rahbarlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha xo’jalik yuritish tizimi shakl va usullarini bilmasliklaridir.

Afsuski, korxonalar iqtisodiy bo’limlarining faoliyati ham nuqsonlardan forig’ emas. Kuzatuvlar Shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy bo’limlar o’z mavqeini barcha korxonalarda ham saqlab qolmagan bo’lib, zarur bo’lgan marketing tadqiqotlarini doim ham va to’liq holda amalga oshirmaydilar, zamonaviy biz­nes strategiyasini yaxshi tushunavermaydilar. Iqtisodchilarning ba’zi bir qismi iqtisodiyot "shturmanlari" vazifasini bajara olmaydilar, tashabbuskorlik va novatorlik goyalari o’rniga eskichasiga yuqoridan" buyruq yoki ko’rsatma kutadilar, o’tmishda korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda o’z o’rniga ega bo’lgan va hozirgi bozor munosabatlari davrida ham inkor qilinmaydigan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni (zarur hollarda boshqa kategoriyadagi mutaxassislarning ishtirokida) samarali tarzda ishlab chiqmaydilar.

Bugungi kunda aksari korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari, holding va moliya-sanoat guruhlari tuzish yo’lidan bormoqda. Davlat korxonalarning tashabbuskorligi, ijodiy izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo’l ochib, ularning ishlab chiqarish vazifalarini rejali iqtisodiyot davridagi kabi nazorat, limit va qattiq me’yorlar bilan cheklab qo’yayotgani yo’q. Ya’ni qonunda taqiqlab qo’yilgan hollardan tashqari barcha holatlarda mustaqil xo’jalik faoliyati va erkinligi zamonaviy korxonalar faoliyatining eng asosiy xususiyati bo’lib, mazkur o’quv qo’llanmada ko’rib chiqiladigan barcha masalalar ushbu asosda yuzaga kelgan.

Biroq bozor iqtisodiyoti avtomatik ravishda muvaffaqiyat va to’kinlikni ta’minlab beradi, davlat esa barcha korxona­lar faoliyatiga umuman aralashmaydi, deb o’ylash mutlaqo xato bo’lar edi. Davlat iqtisodiyotning asosiy islohotchisi bo’lib kelgan va hozir ham shundayligicha qoladi. Davlat uz zimmasidan ma’muriy-buyruqbozlik vazifalarinigina sokit qilib, maxsus iqtisodiy ta’sir choralari yordamida iqtisodiyotni nazo­rat qilish va boshqaruv vazifalarini, Shuningdek, iqtisodiyotning xo’jalik yurituchi sub’yektlarning to’g’ridan to’g’ri majburiyatiga kirmaydigan hamda ularning qo’lidan kelmaydigan sohalarini rivojlantirishdagi ishtirokini saqlab qolgan.

Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlar­ning madaniyati va ma’lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi. Korxona iqtisodiyoti, bilimlarning Mustaqil sohasi va iqtisodiet fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomoniga ko’proq e’tibor qaratadi. Jamiyat uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxona­lar iqtisodiyotining holati butun xalq xo’jaligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’iy nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi anchalik yuqori bo’ladi. Bunday sharoitlarda xo’jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o’rinda har bir korxona, to’g’rirogi, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan hozirgi iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini, avvalo, uning asosiy ko’rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to’g’ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni ri­vojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishida o’z hissasini qo’shishi, uchinchidan esa, ishlab chiqarishning har bir bo’limida yuqori samara va sifat ko’rsatkichlariga erishish masalasi qo’yiladi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli buyum va ko’nikmalarni, mablag’ va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlarning to’qinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi.

Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va korxonalarning mustaqil faoliyat ko’rsatishlariga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga kadrlarga, ularning bilimlari, ko’nikmalari va malakalariga katta talablar qo’ymoqda. Bir tomondan fan-texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozor munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning balansini to’g’ri tushunuvchi, biznes-reja ishlab chiqarishga kodir, investitsion va boshqa xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qarorlarni qabul qilishni to’g’ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

Mashhur iborada aytilishicha "daraxtlarning ortida o’rmonni ko’ra olish zarur." Malakali mutaxassis korxona iqtisodiyotini yaxshi bilishdan tashqari amaliyotda tez-tez uchrab turuvchi nima yoki qaysi variant yaxshiroq? Qanday yo’l bilan daromadni oshirish va rentabellikni ko’tarish mumkin? Korxonaning ishchi kuchiga ehtiyoji qancha va ularga qanday haq to’lash kerak? Ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki tovarga bo’lgan talabni kay tarzda oshirish mumkin? Korxona kredit olishi kerakmi, agar olsa qanday shartlar bilan olish mumkin? Kabi savollarga o’z vaqtida va to’g’ri javob bera olishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, gap nazariy bo’limlarning amaliy tajriba va ko’nikmalar bilan uygunlaShuvi, yosh mutaxassisning turli xo’jalik sharoitlarida tez, to’g’ri va aniq qaror qabul qilishi haqida bormoqda. Faqat Shu qobiliyatlarga ega bo’lgan mutaxassisgina tezda jamiyatda o’z o’rnini topib, xizmat pillapoyasida olg’a qadam tashlashi va yuqori lavozimlar sari harakatini boshlashi mumkin.




Download 139,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish