2 ma’ruza mavzu: Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli. Reja



Download 396,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.03.2022
Hajmi396,55 Kb.
#503799
  1   2   3   4


2 - MA’RUZA 
 
Mavzu: Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli. 
REJA: 
2.1. Tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi. 
2.2. Deformatsiyalar va ko’chishlar. 
2.3. Ichki kuchlar. Kesish usuli. Kuchlanishlar. 
2.4.Ichki kuch faktorlari (IKF) bilan kuchlanishlar orasidagi bog’lanishlar. 
Tayanch so’z va iboralar: Tashqi kuch: hajmiy, sirtqi, to’plangan, 
taqsimlangan, jadallik (intensivlik), statik, dinamik, doimiy, vaqtinchalik, tsiklli. 
Deformatsiya: chiziqli, burchak, elastik, plastik. Birlamchi ichki kuchlar, ichki 
zo’riqish kuchlari: kesish usuli, normal kuch, ko’ndalang kuch, burovchi moment, 
eguvchi moment. Kuchlanish: o’rtacha, haqiqiy, normal, urinma, to’la, paskal, 
indekslar, fizik ma’no; IKF va kuchlanishning bog’liqligi. 
2.1. Tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi 
Muhandislik tuzilmalarining qismlari ish jarayonida tashqi ta’sirni kuch 
ko’rinishida qabul qiladilar va ularni bir - birlariga uzatadilar. Tashqi kuchlar eng 
avvalo qo’yilish shartiga ko’ra hajmiy va sirtqi turlarga bo’linadi. Hajmiy kuchlar 
jismning barcha tashkil qiluvchi zarralariga ta’sir qiladi (jismning og’irlik kuchi, 
inertsiya kuchlari, magnit ta’siri). 
Sirtqi kuchlar jismlarga qo’shni jismning tegib turgan sirti orqali uzatiladi. 
Sirtqi kuchlar to’plangan va taqsimlangan bo’lishlari mumkin. To’plangan kuch 
jismning juda kichik yuzasiga qo’yilib, hisoblarni yengillashtirish maqsadida nuqta 
orqali ta’sir qiladi deb hisoblanadi. 
Uzunlik yoki yuzaga uzluksiz qo’yilgan kuch taqsimlangan kuchdir. Ularning 
asosiy tahrifi uning jadalligi (intensivligi) hisoblanadi 
.






2
,
м
Н
м
Н
Taqsimlangan kuchlar tekis taqsimlangan yoki tekis taqsimlanmagan bo’lishi 
mumkin. 
Tashqi kuchlar vaqt bo’yicha o’zgarish tarziga ko’ra statik va dinamik 
kuchlarga bo’linadi. 
Jismga asta - sekin qo’yiladigan, jismni tebratmagan holda noldan eng yuqori 
qiymatigacha o’sib borib, keyin o’zgarmay qoladigan yoki sezilarsiz o’zgaradigan 
kuch statik kuchdir. Uning yorqin misoli sifatida tomga yoqqan qor og’irligini 
keltirish mumkin. 
Vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan, jismning tezlanishlari va tebranishlariga 
sabab bo’ladigan kuchlar dinamik kuchlardir. Bunga zarb ta’sirni, bexosdan 
qo’yilgan kuchni misol qilib ko’rsatish mumkin. Umuman dinamik kuch statik 
kuchdan ma’lum tezlanishda qo’yilishi bilan farqlanadi. Bu esa o’z navbatida ancha 
katta qiymatlarda inertsiya kuchlarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Tashqi kuchlar, bulardan tashqari doimiy (ko’prikning xususiy og’irligi) va 
vaqtinchalik (ko’prikdan o’tayotgan poezd og’irligi), shuningdek, siklik (davriy 
o’zgaruvchi yoki takrorlanuvchi o’zgaruvchi) bo’lishi mumkin. 



Download 396,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish