2 - MA’RUZA
Mavzu: Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli.
REJA:
2.1. Tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi.
2.2. Deformatsiyalar va ko’chishlar.
2.3. Ichki kuchlar. Kesish usuli. Kuchlanishlar.
2.4.Ichki kuch faktorlari (IKF) bilan kuchlanishlar orasidagi bog’lanishlar.
Tayanch so’z va iboralar: Tashqi kuch: hajmiy, sirtqi, to’plangan,
taqsimlangan, jadallik (intensivlik), statik, dinamik, doimiy, vaqtinchalik, tsiklli.
Deformatsiya: chiziqli, burchak, elastik, plastik. Birlamchi ichki kuchlar, ichki
zo’riqish kuchlari: kesish usuli, normal kuch, ko’ndalang kuch, burovchi moment,
eguvchi moment. Kuchlanish: o’rtacha, haqiqiy, normal, urinma, to’la, paskal,
indekslar, fizik ma’no; IKF va kuchlanishning bog’liqligi.
2.1. Tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi
Muhandislik tuzilmalarining qismlari ish jarayonida tashqi ta’sirni kuch
ko’rinishida qabul qiladilar va ularni bir - birlariga uzatadilar. Tashqi kuchlar eng
avvalo qo’yilish shartiga ko’ra hajmiy va sirtqi turlarga bo’linadi. Hajmiy kuchlar
jismning barcha tashkil qiluvchi zarralariga ta’sir qiladi (jismning og’irlik kuchi,
inertsiya kuchlari, magnit ta’siri).
Sirtqi kuchlar jismlarga qo’shni jismning tegib turgan sirti orqali uzatiladi.
Sirtqi kuchlar to’plangan va taqsimlangan bo’lishlari mumkin. To’plangan kuch
jismning juda kichik yuzasiga qo’yilib, hisoblarni yengillashtirish maqsadida nuqta
orqali ta’sir qiladi deb hisoblanadi.
Uzunlik yoki yuzaga uzluksiz qo’yilgan kuch taqsimlangan kuchdir. Ularning
asosiy tahrifi uning jadalligi (intensivligi) hisoblanadi
.
2
,
м
Н
м
Н
Taqsimlangan kuchlar tekis taqsimlangan yoki tekis taqsimlanmagan bo’lishi
mumkin.
Tashqi kuchlar vaqt bo’yicha o’zgarish tarziga ko’ra statik va dinamik
kuchlarga bo’linadi.
Jismga asta - sekin qo’yiladigan, jismni tebratmagan holda noldan eng yuqori
qiymatigacha o’sib borib, keyin o’zgarmay qoladigan yoki sezilarsiz o’zgaradigan
kuch statik kuchdir. Uning yorqin misoli sifatida tomga yoqqan qor og’irligini
keltirish mumkin.
Vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan, jismning tezlanishlari va tebranishlariga
sabab bo’ladigan kuchlar dinamik kuchlardir. Bunga zarb ta’sirni, bexosdan
qo’yilgan kuchni misol qilib ko’rsatish mumkin. Umuman dinamik kuch statik
kuchdan ma’lum tezlanishda qo’yilishi bilan farqlanadi. Bu esa o’z navbatida ancha
katta qiymatlarda inertsiya kuchlarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Tashqi kuchlar, bulardan tashqari doimiy (ko’prikning xususiy og’irligi) va
vaqtinchalik (ko’prikdan o’tayotgan poezd og’irligi), shuningdek, siklik (davriy
o’zgaruvchi yoki takrorlanuvchi o’zgaruvchi) bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |