Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


-mavzu: Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etishning nazariy asoslari



Download 6,3 Mb.
bet3/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

2-mavzu: Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etishning nazariy asoslari


Reja

1.“Loyihaviy moliyalashtirish” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati


2.Loyihaviy moliyalashtirishning yuzaga kelish tarixi
3.Yirik investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Loyihaviy moliyalashtirishning tamoyillari
4.Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilari va ularning funksiyalari. Boshqa investitsiyalash texnologiyalariga nisbatan loyihaviy moliyalashtirishning qulayliklari va kamchiliklari


Tayanch iboralar: investitsiya, investorlar, loyiha administratori, bosh loyihalashtiruvchi, loyiha injeneri, loyiha menejeri



  1. Loyihaviy moliyalashtirish” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini to‘liq ishlash jarayonida bank tizimining hissasi juda kattadir. Shu sababli bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tijorat banklarining ish samaradorligini oshirish, ularning kapitallashish darajasini ko‘tarish, investitsiya jarayonlarida va iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlarida keng ishtirok etishini ta’minlash maqsadida tijorat banklariga xalqaro bank normalariga muvofiq sinditsiyalashtirilgan kreditlarni amaliyotga keng tatbiq qilish, jumladan, xorijiy bank kapitalini jalb etish yo‘li bilan investitsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishi davr talabidir.


Ma’lumki, investitsiya loyihalari muayyan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini barpo etish, kengaytirish, modernizatsiyalash uchun asos bo‘lish orqali jamiyat hayotining farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Demak, iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori va uning dinamikasi mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Investitsiya va investitsiya loyihalarining ahamiyatidan kelib chiqib, ularni moliyalashtirish uchun manbalar qidirib topish, jalb qilish hamda moliyalashtirishni muayyan shaklda to‘g‘ri tashkil etish loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish ana shunday muvaffaqiyatni ta’minlovchi samarali moliyalashtirish shakllaridan biri sifatida, asosan, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir manbadan mablag‘larning etishmovchiligi yuzaga kelganda, yuqori risklar mavjud sharoitda loyihalarni moliyalashtirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish mazmunini o‘rganishda ba’zi iqtisodchi-olimlarning fikr-mulohazalarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Agar loyihaviy moliyalashtirishning ta’rifi evolyusiyasini kuzatsak investitsion loyihalarni moliyalashtirishning ushbu shaklining o‘ziga xos xususiyatlari qayd etish mumkin. Loyihaviy moliyalashtirish sohasida P.K.Nevitt va Bendjamin Esti eng ko‘zga ko‘ringan xorrijiy mutaxassislar hisoblanadi. Quyida loyihaviy moliyalashtirishning bir neecha ta’rifi keltirilgan:
Investitsion loyihani regressiz yoki kreditorning qarz oluvchiga nisbatan qisman regress huquqi bilan qarz oluvchini maqsadli kreditlash;
Ta’minot- loyihaning pul oqimlari;
Moliyalashtirishning turli manbalarini safarbar etib turli instrumentlardan kompleks foydalanish va risklarni optimal taqsimlash (Bendjamin Esti);
Alohida xo‘jalik birligi moliyalashtirishki, bunda boshlang‘ich etapda kreditor ushbk xo‘jalik birligining moliyaviy oqimlari va daromadini qarzni to‘lash manbai sifatida qarashga tayyor, ushbu birlikning aktivlari esa qarz bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot bo‘lib xizmat qiladi. (P.K.Nevitt);
Loyihaning o‘zi tashkil etadigan pul oqimiga asoslangan qarzni “moliyaviy injiniring” asosida uzoq muddatli qarzni moliyalash usuli (E.R.Yeskomb);
Rossiyalik iqtisodchi-olim I.Mazurning “Upravlenie proektami” kitobida: “loyihaviy moliyalashtirish- bu investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir”, deb ta’rif berilgan. Bu erda, kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan. D.Morozov asarlarida “loyihaviy moliyalashtirish - bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning qaytarilishi ta’minoti loyihadan keladigan daromadlardir”, degan fikr ilgari surilgan.
O‘zbekistonlik iqtisodchi-olim D.G‘ozibekovning mulohazalariga ko‘ra, “loyihaviy moliyalashtirish o‘zining murakkab moliyaviy munosabatlari bilan (sindikatlashtirilgan kredit yoki qarz berishda ko‘p tomonlarning qatnashishi) kreditorga moddiy kafolatlar berish, loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”. Bundan tashqari, D.G‘ozibekov asarlarida loyihaga kiritilgan qarz mablag‘larining qoplanishi manbai loyiha ishga tushganidan so‘ng olinadigan daromadlar hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish - moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridandir. SHunday ekan, loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni nima? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Masalan, Doyche bank (Germaniya)ning tarkibiy moliyalashtirish boshqarmasi xodimlarining fikricha, loyihaviy moliyalashtirish - loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olishni, tashkil etishni yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga e’tibor beradi:
- kreditni qaytarish manbasi sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha olinadigan sof pul oqimiga (mablag‘larning qaytish darajasiga);
- loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini ta’minlaydigan manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa ta’minotlarga”.
Loyihaviy moliyalashtirish mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining yo‘riqnomalarida quyidagicha izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish - bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi”.
Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish, deb bo‘lmadi, u biznes-reja asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish - bu regressiz yoki qarzdorga bo‘lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maqsadli kreditlash bo‘lib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarini ta’minoti sifatida, investitsiya faoliyati davomida to‘plangan (investitsiya loyihasiga aloqador aktivlar ham kiradi) pul mablag‘lari hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan daromad (foyda) hisoblanadi. Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib, qarzdorning umumiy faoliyatidan olgan doromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbai loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo bu loyihaviy moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir garovning bo‘lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi kerakli kafolat yoki garovni yig‘ish imkoniyatini bermaydi.
Loyihaviy moliyalashtirish - bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi.
Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish - bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi.
Xullas, loyihaviy moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini anglatadi.




  1. Download 6,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish