Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Yirik investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Loyihaviy moliyalashtirishning tamoyillari



Download 6,3 Mb.
bet5/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

Yirik investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Loyihaviy moliyalashtirishning tamoyillari



Yirik investitsion loyihalarning ko‘plab xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat bo‘ladi: qiymati yuqori bo‘ladi (1 mlrd. AQSH dollardan oshgan); loyiha ishtirokchilarini ko‘pligi; ko‘pincha risklarni barcha turlari uchraydi (tizimli va tizimsiz); kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talab juda katta bo‘lib, unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi; loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo‘ladi; ishga tushish muddati 5-7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi; loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha xarajatlarning kiritilishi; davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.
SHu kabi xarakterga ega bo‘lgan loyihalarni misol qiladigan bo‘lsak, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Andijon - Osh - Irkeshtom - Qashqar avtomagistrali, gazni qayta ishlovchi zavodlar. Yirik loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish kerak bo‘ladi:

  • loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo‘limlarga bo‘lib o‘rganish kerak;

  • loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy - iqtisodiy holatini to‘liq tahlildan o‘tkazish shart bo‘ladi;

  • loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish kerak bo‘ladi;

  • rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borish;

  • loyihaning fazalaridagi ehtimoliy yo‘qotishlar va risklarni boshqarish uchun tezkor rejalarini ham rejalashtirish kerak bo‘ladi;

  • loyihaning barcha rejalarini doimiy monitoring qilish;

  • yirik loyihalarni takrorlanmasligini hisobga olgan bo‘lishi kerak.

YUqoridagi omillarda ko‘rsatilganidek, risklarni ko‘pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Risklarni ko‘p bo‘lishiga asosiy sabablardan yana biri bu loyihaning ishtirokchilarining ko‘pligidir. SHu o‘rinda loyihaning ishtirokchilari haqida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Jumladan, yirik loyihaning asosiy elementlaridan biri undagi ishtirokchilarning ko‘pligidir. Ular loyihaning muvaffaqiyatli ishga tushishida eng katta o‘rinni egallaydi. Loyiha ishtirokchilarining har birini loyihada o‘ziga biriktirilgan funksiyalari va vazifalari bo‘ladi. Buyurtmachi– bu loyihani ishga tushgandan so‘nggi kelajakdagi egasi hisoblanadi. Bu yurdik shaxs bo‘lib odatda bir shaxs bo‘ladi. Ba’zi hollarda esa bir necha yuridik shaxslardan iborat bo‘lib, ular kelajakdagi shu loyihani amalga oshirish bilan borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari bu yuridik shaxslar o‘zlarining mablag‘lari va imkoniyatlarini birlashtirib ushbu loyihani ishga tushirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot tuzishadi. Investor– loyihani moliyalashtiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Buyurtmachi va investor bir shaxs bo‘lishi ham mumkin, lekin ba’zi hollarda har xil shaxslar bo‘ladi. Agar har xil shaxslar bo‘lsa ular o‘rtasida shartnoma tuziladi. Buning uchun investor barcha loyihani qatnashchilari bilan hisob-kitob qiladi va shartnoma shartlarini bajarilishini tekshirib boradi. Investorning tarkibida banklar ishtirok etishi yoki bankning o‘zi ham investor sifatida qatnashishi mumkin. Bosh loyihalashtiruvchi– bu loyihaning smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi tashkilot bo‘lib, xalqaro tajribalarda bular arxitektor va injenerlar ham bo‘lishi mumkin. Loyiha injeneri– injiniring faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma olgan va loyihaning bajarilishi, ishga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmatlarni amalga oshiruvchi shaxs hisoblanadi. Ta’minotchi (bosh ta’minotchi)– loyihani texnik-materiallar, xom-ashyo, kerakli boshqa materiallar bilan ta’minlaydigan shaxs. Ish bajaruvchi (bosh ish bajaruvchi)– loyiha bo‘yicha ma’lum bir ish bajaruvchi bo‘lib, u shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlar va uning sifatiga javobgar shaxs bo‘lib hisoblanadi. Subpudratchilar– shartnoma bo‘yicha bosh ish bajaruvchi bilan maxsus ishchilarni talab qiladigan boshqa ishlarini bajarib beradigan tashkilot.
YUqoridagi sanab o‘tilgan ishtirokchilar olindan bizga ma’lum bo‘lib, hozirgi kunga kelib ulardan boshqa tashkilot va shaxslar ham loyiha ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Maslahatchilar– loyihani ishlab chiqish va uni ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalar bo‘yicha maslahatlarni beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir. Loyihaning bu ishtirokchilariga ham shartnoma asosida bergan maslahatlari uchun pul to‘lanadi. Loyiha menejeri– loyiha boshqaruvchisi, ya’ni loyiha ishtirokchilarining faoliyatini bevosita boshqaruvchisi, ular tuzilgan shartnoma bo‘yicha loyihaning bajarilishi va ishga tushirilishi bo‘yicha nazorat olib boradilar. Ularning majburiyatlari loyiha buyurtmachisi tomonidan belgilab beriladi. Ularning boshqaruvida odatda maxsus bo‘linmalar tashkil etiladi. Ushbu bo‘linmalarning funksiyalari loyihaning xarakteriga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Loyihaviy institutlarda loyihaning bosh injeneri loyiha boshlig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu mutaxassisga loyihani to‘liq ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. U loyihaning maxsus qismlariga subpudratchilarni yollashi ham mumkin. U loyihaning sifatiga va o‘z muddatlarida ishga tushirishga sharnomada kelishilgan bo‘lsa to‘liq javobgar bo‘ladi. Litsenziar– loyiha ishlatilayotgan nou-xauga yoki texnika yutuqlariga egalik qiluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Tijorat shartlari bo‘yicha shartnoma tuzilgan ilmiy yutuqlarni qo‘llash huquqiga ega, litsenziar ham loyihaning muhim ishtirokchilaridan bo‘lib hisoblanadi. Loyiha administratori– bu shaxs menejerning administratorlik vazifasini o‘zi bajarib, menejerning 50 foizgacha ish vaqtini tejaydi.
G‘arbdagi tajribalarga qaraganda, bunday loyiha ishtirokchilariga maxsus shtatlar ochilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi hisobotlarni tayyorlash hisoblanadi. SHuning uchun administrator loyiha ishtirokchilarining barchasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Loyiha administratori tayyorlagan hisobotlar ishtirokchilarga beriladi, loyiha ishtirokchilari ushbu hisobotdan foydalangan holda loyihadagi ishlarning bajarilishi, asoslangan echimlarga kelishi va loyihaning sifatli yakunlashi uchun asos bo‘ladi. Loyiha bo‘yicha zarur bo‘lgan axborotlarni loyiha ishtirokchilari va loyiha menejeriga taqdim etish kerak.
Loyiha adminstratori xizmatlarining tarkibida press-sekretarlik vazifasi ham bo‘lishi mumkin.
Bank investor yoki investorning vakili sifatida ham ishtirok etishi mumkin. Bank bundan tashqari moliyaviy resurslarni loyihaning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash va investorning mablag‘lari etishmay qolgan hollarda yordam berish vazifalarini ham bajaradi.
Yirik loyihalarni boshqarishda qaror qabul qilish jarayoni, qoidaga ko‘ra, u yoki bu noaniqlik mavjud bo‘lgan paytda amalga oshiriladi. Noaniqlar quyidagi omillar bilan aniqlanadi:

  • optimal qaror qabul qilish uchun ko‘rsatkichlar, holatlar, vaziyatlar to‘g‘risida etarli bilimga ega bo‘lmaydi;

  • tasodifiy omillar mavjudligi, ya’ni ko‘zda tutish va prognoz qilish mumkin bo‘lmagan omillar;

  • sub’ektiv omillar mavjud.

Loyihaviy moliyalashtirishda turli investor va kreditorlarning mablag‘lari ishtirok etadi, ya’ni mablag‘larning sindikatlashuvi ro‘y beradi. SHu jihatdan ham loyihaviy moliyalashtirishni sindikatlashgan kreditlashtirish, deb atashimiz ham mumkin. Hozirda evrokredit bozorida harakat qiluvchi bank sindikat va konsorsiumlarining loyihalarni moliyalashtirishdagi roli kundan-kunga o‘sib bormoqda. Respublikamizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ham evrokreditlar va boshqa rivojlangan chet davlat banklarining kreditlari, xorijiy investorlarning mablag‘lari, respublika aksiyadorlik tijorat va xususiy banklarining kreditlari ishtirok etmoqda. Demak, O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish sindikatli kreditlash shaklida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan «Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi belgilab berildi.
Ta’kidlash joizki, loyihaviy moliyalashtirish sxemasidan foydalanilganda mijoz uchun quyidagi moliyaviy imtiyozlar, ya’ni mijoz kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarishda imtiyozli davrdan foydalanadi. Juda kam hollarda (asosan xorijda) imtiyozli davr foiz to‘lovlari kechiktirilishi uchun ham beriladi. Mijozga kreditning asosiy qarzini va foiz to‘lovlarini to‘lashdagi moliyaviy imtiyozlarning berilishi shu bilan izohlanadiki, loyihaviy moliyalashtirish sxemasidan foydalanilganda kredit to‘lovlari loyihani hayotga tatbiq etish natijasida jamg‘ariladigan daromadlar hisobiga qoplanishi bilan bog‘liq. Kredit bo‘yicha asosiy qarzni va foizlarini to‘lashdagi imtiyozli davr, odatda, loyihaviy siklning investitsion fazasi va dastlabki kredit to‘lovi muddatiga teng bo‘ladi.
Loyihaviy moliyalashtirishda foiz stavkalari differensiatsiyasi tamoyilining mohiyati, eng avvalo, kredit foiz stavkalari differensiatsiyasi loyihaviy sikl stadiyasiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi, yuqori stavka investitsion fazada ishlatiladi, pastrog‘i esa loyihaviy siklning ekspluatatsion fazasida qo‘llaniladi.
Loyihaviy moliyalashtirishda mijozning kredit bo‘yicha to‘lov majburiyatlariga ta’minot sifatida quyidagilarni kiritish mumkin: bank kafolatlari; loyihada mahsulot sotishdan tushumning ajratilishi; turli ko‘rinishdagi davlatning qo‘llab-quvvatlashi: «stendbay» rezerv kreditlari, subordinatsiyalashgan qarzlar, kafolatlar va ishonchnomalar va boshqalar.
Loyihaviy moliyalashtirishning quyidagi tamoyillari mavjud:

  • investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklarni ishtirok etishi;

  • loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta xujjatlarni yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi;

  • loyihani etarli darajada kapitalizatsiyasi;

  • loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o‘rganib chiqish (transport, maxsulotni ishlab chiqarish, marketing va boshqalar);

  • loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash;

  • garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi.

Demak, loyihaviy moliyalashtirish, bank tomonidan kreditlashning (sindikatlashgan kreditlash) maxsus turi tushunilib, u quyidagi xususiyatlariga ko‘ra ajralib turadi. Birinchidan, ajratilgan kredit nisbatan yirik (katta hajmdagi) asosiy vositalarni (asbob-uskunalar, er uchastkalari, qurilish-montaj ishlari) sotib olishga beriladi. Ikkinchidan, loyiha mavjud bir muddatga hisob-kitob qilingan bo‘lib va bu zaruriyat tug‘ilganda loyiha tashkilotchilaridan alohida ham amalga oshish kuchiga ega. Uchinchidan, loyihadagi asosiy vositalar yoki ulardan foydalanish evaziga keladigan daromadlar, kredit bo‘yicha foizlar to‘lanmaganda kreditor olib qo‘yishi mumkin bo‘lgan garov mulki sifatida xizmat qiladi.



  1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilari va ularning funksiyalari. Boshqa investitsiyalash texnologiyalariga nisbatan loyihaviy moliyalashtirishning qulayliklari va kamchiliklari

O‘zbekistonning investitsion faoliyatining rivojlanishida loyihaviy moliyalashtirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Respublikada sog‘lom raqobat muhitining yuzaga kelishi tijorat banklarining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi mavqeining kuchayishiga, banklar faoliyatining samaradorligini oshirish zaruriyatini kuchaytirishga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida loyihaviy moliyalashtirish investitsiyalarni moliyalashtirishning taraqqiy etgan zamonaviy usullaridan biri hisoblanadi.


Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishtirokchilarning, turli mablag‘lar egalarining loyihani amalga oshirishdagi vazifalarini bilish loyihaga mablag‘larni samarali birlashtirishga ko‘mak beruvchi va yuqori natijalarga eltuvchi muhim omil hisoblanadi (2.1-jadval).
Loyihaviy moliyalashtirishning jahon amaliyotida turlicha usullari va manbalari mavjud bo‘lib, har bir davlat o‘z iqtisodiy va investitsion siyosati, bozor mexanizmining amal qilish darajasiga qarab, bu usullardan foydalanishi mumkin.

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish