Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


-jadval Loyihaviy moliyalashtirishda qatnashishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilar



Download 6,3 Mb.
bet6/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

1-jadval
Loyihaviy moliyalashtirishda qatnashishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilar

Ishtirokchilar

Loyihadagi roli

Loyiha xomiylari, ta’sischilari

Loyiha natijalariga bevosita qiziquvchi kompaniyalar va jismoniy shaxslar. Ular loyihani oldinga so‘rishadi, turli masalalarni kelishishadi, tegishli ruxsat(noma)lar olishadi.

Etkazib beruvchi va pudratchilar

Berilgan loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni etkazib berish shartnoma majburiyatlariga egalik qiluvchi kompaniyalar.

Xaridorlar

Ko‘pchilik loyihalarda mahsulot ma’lum davrda ochiq bozorlarga olib chiqilmaydi. Bunday hollarda loyiha kompaniyasi alohida xaridor yoki ularning guruhi bilan muayyan miqdordagi mahsulotni sotib olish bo‘yicha oldindan uzoq muddatli shartnomalar tuzishgan bo‘ladi.

Loyiha amalga oshirilayotgan mamlakat hukumati

Zaruriy ruxsat beruvchi hujjatlarni berish, xaridlarni amalga oshirish, loyihada aksioner, homiy sifatida ishtirok etish, muayyan kafolatlar taqdim etish.

Loyiha boshqaruvchisi

Loyihaning amalga oshirilishiga javob beruvchi menejerlar komandasi, loyihaviy moliyalashtirish bo‘yicha bitmning bosh bo‘g‘ini.

Qarz hisobiga moliyalashtiruvchilar

Loyiha kompaniyasiga resurslarni kelishilgan muddatga va oldindan kelishilgan shartlar asosida qarzga taqdim etuvchi tuzilmalar.

Konsultant va maslahatchilar

Loyihani amalga oshirishning turli aspektlarida moslashuvchanlikni ta’minlaydigan maslahatlar beruvchi ixtisoslashtirilgan kopaniyalar va jismoniy shaxslar.

Investitsiya loyihalarining uzoq muddatli bank kreditlarini loyihaviy moliyalashtirishning ayrim holatlardagi kichik bir shakli sifatida qarash mumkin. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi. Birinchidan, tijorat banklarining nuqtai nazaridan loyihaviy moliyalashtirish doirasidagi kredit operatsiyalari yuqori riskli operatsiya hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirish tizimida bank qarzdorga regress huquqisiz kredit beradi. Kreditni qaytarish va foizini to‘lash manbasi bo‘lib, investitsiya loyihasini amalga oshirishdan oladigan daromad hisoblanadi. Tijorat banklari risklarni qabul qilganligi uchun mukofot tariqasida yuqori foiz oladi. SHu tariqa bank yuqori riskni sug‘urta qiladi. Ikkinchidan, loyihaviy moliyalashtirishda asosiy e’tibor investitsiya loyihalarining risklarini baholashga va uni pasaytirishga qaratiladi. Bunday holda asosiy rolni etakchi bank o‘ynaydi, u o‘zining xodimlari bilan va maslahatchilarni jalb etgan holda investitsiya loyihasining samaradorligini, pul oqimi dinamikasini, mahsulot sotish istiqbolini, loyiha risklarini baholaydi. Loyihaviy tahlil loyihaviy moliyalashtirishda eng asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan jarayondir. Uchinchidan, loyihani amalga oshirishda quyidagi ko‘pgina ishtirokchilarning qatnashishi ko‘zda tutiladi:



  • loyiha tashabbuskori;

  • loyiha kompaniyasi;

  • maslahatchilar;

  • pudratchilar (bosh pudratchi, subpudratchi);

  • uskunani etkazib beruvchilar;

  • sug‘urta kompaniyalari va kafolatchi banklar;

  • kreditorlar (banklar)va h.k.

Loyihaviy moliyalashtirishda loyiha kompaniyalarining mavjudligi, uning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Loyiha kompaniyalari loyihani amalga oshirish sharoitida loyiha homiylari tomonidan tashkil etiladi. Agar oddiy kredit operatsiyalarida bank qarzdorning oldingi davrdagi moliyaviy faoliyatining natijalari bilan qiziqsa, investitsiya loyihasini hayotga tatbiq etishda esa bank asosiy e’tiborni loyihani samaradorligini baholashga va loyiha kompaniyasining faoliyatini ta’minlovchi kafolat masalalariga e’tibor beradi. Olingan kredit ta’sischilarning balansida emas, balki loyiha kompaniyasining balansida o‘z aksini topadi. Bu usul “balansdan tashqari” (“of balance sheet”) deb nomlanadi. To‘rtinchidan, loyihaviy moliyalashtirishda kreditor asosiy e’tiborni, shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonining nazoratiga qaratadi. Ko‘p hollarda, bu funksiya kreditorlar tomonidan amalga oshirilsa, ayrim hollarda, bunga maxsus kompaniyalar taklif etiladi. Maxsus kompaniya qarzdor bilan tuzilgan shartnoma asosida loyihani amalga oshirish jarayoni ustidan doimiy nazorat olib boradi, qarzdor o‘z navbatida bu kompaniyaga bajarilgan ishlar xususida davriy hisobot berib turadi. Beshinchidan, loyihaviy moliyalashtirish bozorida banklar turlicha vazifalarni bajaruvchilar sifatida ishtirok etishi mumkin: bank-kreditor sifatida; kafolatchi sifatida; moliyaviy maslahatchi sifatida; lizing institut sifatida va h.k. Oltinchidan, qarzdor uchun loyihaviy moliyalashtirish doirasida olingan mablag‘ o‘z afzalliklari bilan bir qatorda oddiy kreditga nisbatan qimmatga ham tushushi mumkin. U quyidagilar bilan asoslanadi:

  • yuqori risk sababli kredit bo‘yicha foiz ham yuqori bo‘ladi, shuningdek, ortiqcha komission xarajatlar (loyihani baholash uchun, moliyalashtirishni tashkil etish uchun, monitoring uchun komissiya haqlari) mavjudligi;

  • loyiha oldi ishlari bo‘yicha xarajatlarning ko‘pligi;

  • to‘liq ishlab chiqilgan loyiha oldi hujjatlarisiz bank moliyalashtirish arizasini ko‘rib chiqmasligi;

  • qarzdor faoliyati ustidan bank tomonidan qattiq nazoratni o‘rnatilganligi.

SHuning uchun ham, ko‘p hollarda, qarzdor investitsiyalarni moliyalashtirishning oddiy an’anaviy shaklidan foydalanishni lozim ko‘radi.
bo‘yicha qarzdorga nisbatan o‘z talabini boshqa kreditorga beradi.
Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish o‘ta muhimdir. Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha:
Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili. Bu bosqichdaquyidagi savolga javob berish zarur: loyiha o‘zining boshlang‘ich smeta xarajatlariga mos holda amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert-injenerlarning (bu ko‘p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‘zida qamrab olishi mumkin: zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko‘zda tutilmagan xarajatlarni va favqulotdagi zararlarni qo‘shgan holda); loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o‘qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi.
Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil.
Loyihalarning iqtisodiy va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob kitoblar uchun etarlicha foydaga ega bo‘ladimi?- degan savolga javob olish zarurdir.
Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo‘lib sof pul oqimini tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: loyiha egalarining aksioner kapitaliga dastlabki investitsiya qo‘yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag‘larini; olingan foydani; sarf xarajatlarni.
Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to‘g‘ri taqsimotini o‘rganadi.


Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish