Tayanch iboralar: kapital xarajatlar, bank loyihaviy moliyalashtirish, loyihaviy moliyalashtirish, regressiz bo‘lgan loyihaviy moliyalashtirish, regresli bo‘lgan loyihaviy moliyalashtirish, sindikat.
1. Ishtirokchilar o‘rtasida risklarning taqsimlanishiga ko‘ra loyihaviy moliyalashtirishning tasniflanishi (regressiz, cheklangan regresli va to‘liq regresli loyihaviy moliyalashtirish).
Jahondagi ko‘pgina banklar o‘z faoliyatida o‘z zimmasiga qanday risk darajasini olishiga qarab, loyihaviy moliyalashtirish quyidagi uch turga ajratilgan:
1. Regress xuquqisiz kreditlash (non – resource financing);
2. To‘liq regress huquqi bilan kreditlash (full – resource financing);
3. CHeklangan regress huquqi bilan kreditlash (limited – resource financing).
Qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz bo‘lgan loyihaviy moliyalashtirishda kreditor o‘z zimmasiga loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, savdo-sotiq risklarini oladi. Bunda kreditor faqatgina loyiha, kredit va foiz to‘lovlari uchun bo‘lgan pul oqimlarini nazarda tutadi. Loyihaviy moliyalashtirishning bu ko‘rinishi qarz oluvchi uchun eng narxi baland hisoblanadi, chunki kreditor bunday risk darajasini o‘ziga olar ekan, unga teng keluvchi kompensatsiyaga ham haqli bo‘ladi.
Qarz oluvchiga nisbatan to‘liq regressli loyihaviy moliyalashtirish jahon amaliyotida ko‘proq tarqalgan. Bu turning afzallik tomonlari shundan iboratki, qarz oluvchi loyihani moliyalashtirish uchun pul vositalarini nisbatan tezroq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Moliyalashtirishning boshqa turlaridan pul mablag‘larini jalb qilishning narxi arzon bo‘lishi bilan farqlanib turadi.
Qarz oluvchiga nisbatan to‘liq regressli loyihaviy moliyalashtirish quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:
respublika yoki regional ahamiyatga ega, infrastrukturani shakllantirish bo‘yicha daromadsiz bo‘lgan, pastrentabelli loyihalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‘lari kerak bo‘lganda;
eksport kredit shaklida pul mablag‘larini taqdim etishda, chunki eksport kreditlarni berish bo‘yicha maxsus tashkilotlar qo‘shimcha uchinchi taraf garovsiz loyiha risklarini o‘z zimmasiga olish huquqiga egadirlar va kreditni faqatgina shunday shaklda berishga tayyorlar;
loyiha bo‘yicha kafolatlarning etarli bo‘lmaganida;
investitsion xarajatlarining ko‘payishiga katta ta’sirchanligi bo‘lgan kichik loyihalarga pul mablag‘lari taqdim etilganda.
Qarz oluvchiga nisbatan cheklangan regressli loyihaviy moliyalashtirish loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha loyihalarni nazarda tutadi. Loyiha risklari loyiha ishtirokchilari orasida shunday taqsimlangan bo‘ladiki, ularga bog‘liq bo‘lgan risklarni o‘zlari qabul qilishga tayyor bo‘ladilar.
Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirishning bir qancha turlari mavjud (4.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |