|
Loyihaviy moliyalashtirish
|
Korporativ moliyalashtirish
|
Qarzdor
|
Maxsus maqsadlardagi kompaniya
|
Loyihani amalga oshiruvchi kompaniya bilan homiy o‘rtasida umumiy javobgarlik
|
Kreditni uzish manbai
|
Kreditni qaytarish, odatda, loyihaning pul mablag‘lari oqimi doirasida olib boriladi. Homiyga qo‘yiladigan regress huquqi cheklanadi
|
Odatda kreditni uzish manbai loyihadan olinadi. Lekin uning shart-sharoiti bosh kompaniya tomonidan loyihaning dastlabki bosqichida etishmaydigan mablag‘larni qoplashni ham qo‘shib, to‘liq qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
|
Risklarning taqsimlanishi
|
Manfaatdor shaxslarning loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni shartnoma va bitimlarda belgilangan tartibda taqsimlab oladilar
|
Loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan risklar to‘liq holda homiy zimmasida bo‘ladi.
|
Kredit tahlili mezonlari
|
Qaror faqat loyihaning daromaddorligi va pul mablag‘lari oqimini baholashdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. Risklar uchun hamkorlikda javobgarlik sxemasi tuziladi, bu esa moliyalashtirish uchun muhit yaratishga xizmat qiladi
|
Loyihaning amalga oshuvchanligi ko‘rib chiqiladi, lekin bosh kompaniyaning kreditga qobilligiga ko‘proq e’tibor beriladi. korxonani tekshirish imkoniyatlari borligiga bog‘liqlik.
|
Ta’minlash tadbirlari
|
Risklarni dastlabki taqsimlash. Risklarni taqsimlash manfaatdor shaxslar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda va kreditorlar o‘rtasida bitimlarda oldindan belgilab qo‘yiladi.
|
Boshqa iloji topilmay qolganda berilgan kreditlarni undirish homiy-kafildan o‘z majburiyatlarini bajarishni talab qilish yoki garovni bajarish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
|
Kreditni ta’minlash shartlari
|
Kreditlash shartlari risk darajasiga qarab o‘zgaradi. Bosh bank shartlarni belgilaydi, har bir loyiha uchun maxsus kontrakt tuziladi.
|
Zaruriy o‘zgartirishlar kiritiladigan asosiy shartlar sifatida kredit bitimi, pul mablag‘laridan foydalanish va uni kreditga berish to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, sug‘urta shartnomasi mazmuni qo‘llaniladi. Muzokaralar predmeti foiz stavkasi, qarzni uzish muddatlari va usullariga aloqador masalalar bilan cheklanadi.
|
Loyiha to‘g‘risida axborotni yig‘ish va tahlili qilish
|
Realizator kompaniya bosh bankka axborot taqdim etadi va axborot uchun javobgar bo‘ladi. Tijorat sirini saqlash to‘g‘risidagi shartnomani tuzishda axborotga sindikat bilan hamkorlikda egalik qilinadi.
|
Har bir moliya instituti kredit tahlilini mustaqil o‘tkazadi, realizator kompaniya taqdim etgan hujjatlar asosida qaror qabul qiladi. Olingan axborot oshkor qilinmaydigan tarzda har bir moliya institutlarining o‘zida saqlanadi.
|
Xarajatlar
|
Turli xil chiqimlar, xususan, uskunaviy masalalar va boshqalar, advokatlar va maslahatchilar xizmatlariga to‘lovlar paydo bo‘ladi. Odatda loyihani amalga oshiradigankompaniya xarajatlarni, shu jumladan komission xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi va ularni bevosita to‘laydi
|
Kredit tahlilini o‘tkazish chiqimlarini har bir moliya institutining o‘zi ko‘taradi. Majburiyatlarni ta’minlash va uning ijrosi bilan bog‘liq chiqimlar kompaniya tomonilan to‘lanadi.
|