5. Loyihaviy moliyalashtirishda shartnoma munosabatlari tahlili
Loyihaviy moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
izoh - shartnomada qo‘llaniladigan terminlarning ta’rifi;
kredit, ssuda - operatsiyaning tartibi va strukturaning ta’rifi;
foizlar - foizlarning tarkibiy tuzilishi va stavkasining ta’rifi. Ma’lumki, LIBOR bu Londondagi banklararo foiz stavkasi hisoblanadi, biroq uning yuridik jihatdan aniqlanishida muammo kelib chiqadi;
kredit to‘lovlari, kreditni qaytarish va muddatini uzaytirish - formal, biroq juda muhim tushunchalar, ularga mijoz va ajratilgan mablag‘lar taqdiri bog‘liq;
muhitning o‘zgarishi - aytaylik, Oliy majlisga yangi soliq turlarini kiritmoqda. Bunday holat kreditorlar daromadlari va mijoz majburiyatlariga qanday ta’sir etadi?
arizalar va kafolatlar mizojning taqdim etayotgan hujjatlari va ma’lumotlari to‘g‘riligini va u qarz olish huquqiga ea ekanligini tasdiqlashi;
jarimalar va foiz to‘lovlari - mijoz kreditni o‘z vaqtida qaytarmasa, u to‘laydigan foiz va jarimalar summasini aniqlash;
to‘lovlar kreditni qaytarish va foizlarni to‘lash usuli;
komissiyalar va xarajatlar - normal jihatdan foiz to‘lovlari tarkibiga kirmaydigan (biroq kreditning umumiy qiymatiga qo‘yiluvchi) turli xil xarajatlar va komissiyalar to‘lovi tartibi;
konsessiyalar va transfertlar - sindikatlar bozorini rivojlantirishda muhim bo‘lgan bo‘limlardan biri. Har qanday kredit shartnomasi fuqarolik huquqi umumiy prinsiplariga asosan kredit bo‘yicha 3-shaxs huquqlariga yon bosishiga ruxsat beradi (sessiya-sindikat uchun 3-shaxs bo‘lgan tomon, transfert-sindikatga a’zo bo‘lgan tomon). Bank kreditlarining ikkilamchi bozori, birinchi navbatda sindikatlar likvidligini oshirish maqsadida barcha banklar turli yon bosishlarga ruxsat berishi mumkin. Tranzansion xarajatlarni kamaytirishga xarakat qiladilar. Xususan, hozirda sindikatlashgan (va oddiy) kreditlar bo‘yicha hujjatlarni soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
huquq va yurisdiksiya - ko‘pincha barcha sharnomalar sindikat tashkilotchisi va tomonlar kelishuvidan kelib chiqib, ingliz, nemis, shveysar qonunchiligi asosida tuziladi;
boshqa masalalar - shartnoma ustida ishlash. SHartnoma ustida ish olib borganda, 3 asosiy holatga diqqatni qaratish kerak. Birinchidan, shartnoma matnida boshlang‘ich shartlarning mijoz uchun to‘g‘ri va foydali etib aks ettirilishi zarur. Ikkinchidan, shartnomaning amal qilish davrida mijoz uchun turli cheklovlar o‘rnatuvchi moddalarga e’tiborni qaratish muhim. SHuningdek kreditor mablag‘larni qaytarishni talab qilib olishga imkon beruvchi moddalarni ham sharnomaga kiritish muhim hisoblanadi. Uchinchidan, kreditdan foydalanganligi uchun mijoz to‘laydigan soliqlarni aniqlashga katta e’tibor berish kerak. Ba’zan bu masalalar juda muhim hisoblanganligi bois ular “Term SHeet” tarkibiga kiritiladi.
Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina etakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash to‘g‘risida o‘zaro kelishuv tuzilgandan keyin amalga oshiriladi. Loyihaviy moliyalashtirishda turli investor va kreditorlarning mablag‘lari ishtirok etishi mumkin, ya’ni mablag‘larning sindikatlashuvi ro‘y beradi. SHu jihatdan ham loyihaviy moliyalashtirishni sindikatlashgan kreditlashtirish deb atashimiz ham mumkin. Hozirda evrokredit bozorida harakat qiluvchi bank sindikat va konsorsiumlarining loyihalarni moliyalashtirishdagi roli kundan kunga o‘sib bormoqda. Respublikamizda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ham evrokreditlar va boshqa rivojlangan chet davlat banklarining kreditlari, xorijiy investorlarning mablag‘lari, respublika aksioner tijorat va xususiy banklarining kreditlari ishtirok etmoqda.
Rivojlanayotgan davlatlarda loyihaviy moliyalashtirish o‘z xususiyatiga ega, ya’ni ko‘p hollarda ular konsessiya shartnomasiga asoslanadi. Bu shartnomanining mazmuni shundan iboratki konsessioner (loyihachi kompaniya) kelishilgan davr mobaynida (20, 30 va undan ortiq yillarga) investitsiya faoliyatining ob’ektini qurish, moliyalashtirish, boshqarish va xizmatini tashkil etish bilan bog‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. So‘ng esa ob’ekt davlatga (davlat korxonasi) topshiriladi. Konsessiya davrida konsessioner ob’ektdan foydalanib daromad oladi, investitsiya loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlarini qoplaydi. Loyihalarni moliyalashtirishning bunday usuli so‘ngi vaqtlarda sanoati rivojlangan davlatlarda ham ko‘p infrastrukturali loyihalarni moliyalashtirish sxemasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish to‘g‘risida fikrimizga yakun yasab quyidagilarni qayd etishimiz mumkin:
- loyihaviy moliyalashtirishning asosiy turi bu - sindikatlashgan kreditlashtirish bo‘lib, unda turli investor va kreditorlar o‘z riski va mablag‘lari bilan ishtirok etadi;
- loyihaviy moliyalashtirishning jahon amaliyotida turlicha usullari va manbalari mavjud bo‘lib, har bir davlat o‘z iqtisodiy va investitsion siyosati, bozor mexanizmining amal qilish darajasiga qarab bu usullardan foydalanishi mumkin;
- loyihaviy moliyalashtirish ob’ekti bo‘lib aniq maqsadni ko‘zlagan, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan samarali bo‘lishi rejalashtirilgan loyihalar hisoblanadi;
- loyihaviy moliyalashtirishda eng asosiy jarayon bu loyiha hujjatlarining texnik, iqtisodiy, moliyaviy, ekologik tahlili hisoblanib, bu jarayonning qanchalik chuqur va saviyali o‘tkazilishi loyihaning kelgusi taqdirini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |