1-rasm. Ko’chmas mulkning tasniflanishi1.
Ko’chmas mulk bozori – bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining ayni vaqtda mavjud bo’lgan barcha talab va takliflari orasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq barcha joriy operatsiyalar yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy-huquqiy hudud. «Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obyektlariga kapital kiritish sohasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas mulkni oldi-sotdi jarayonida, ipoteka, ko’chmas mulk obyektlarini ijaraga berish jarayonlarida yuzaga keladi»
Milliy ko’chmas mulk bozori - bir-biridan sinxron rivojlanishi, narxlar va xavf-xatarlar darajasi, ko’chmas mulkka invеstitsiyalarning samaradorligi va ayniqsa qonunchilik holati, siyosiy va ijtimoiy barkarorligi bilan farqlanib turuvchi mintaqaviy va maxalliy bozorlarning jamuljamligidir. Ko’chmas mulk bozorining o’ziga xosligi shundan iboratki, ko’chmas mulkning o’rtacha xaridori, odatda, ko’chmas mulk obyеktlarini sotib olish yoki ularga invеstitsiya kiritish tajribasiga, shuningdеk bitimlarning haqiqiy narxlari haqidagi ma'lumotga ega bo’lmaydi.
Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
- fuqarolarning ko’chmas mulkka bo’lgan konstitutsion huquqlarni va ularga egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish;
- ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi;
- bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda jinoyatchilardan himoyalash;
- talab va taklifga muvofiq ravishda ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan bahoning erkin belgilanishini ta’minlash;
- ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish;
- ekologik muhitni sog’lomlashtirish, iqtisodiy o’sishga erishish, ishsizlik darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish:
- ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona soliqqa tortish;
- mamlakat va viloyatlardagi uy-joy muammosi uchun qulay sharoitlarni yaratish.
Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari:
tadbirlarni taqsimlash - turli xildagi ko’chmas mulk obyektlari (turar joy va noturar joy obyektlari, yer va o’rmon uchastkalari va boshqa obyektlar) munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash.
ma’lumotlarning ochiqligi – qaror qabul qilish uchun ko’chmas mulk bozorining barcha ishtirokchilari va obyektlari haqida to’liq va ochiq ma’lumotlardan foydalanish.
qonunchilikning oshkoraligi –qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini ommaviy muhokama qilish.
raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida.
tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi – qonunlar ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak.
davlat va munisipial mulk bo’lgan ko’chmas mulk obyektlari tegishli regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi.
qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi.
uy-joy bozorida tavakkalchilik guruhi fuqarolari – voyaga yetmaganlar, yakka nafaqaxo’rlar, nogironlar va hokazolarni himoyalash bo’yicha qo’shimcha tadbirlarni qo’llash.
ko’chmas mulk bozorini boshqarish vazifalarini davlat organlari va professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash.
ko’chmas mulkni boshqarish sohasidagi siyosat hududlarni zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali foydalanishni va olib borilayotgan ijtiomoiy siyosatga muvofiq tarzda yer to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni berishdan budjetdan manzilli kompensatsion to’lovlarga asta-sekin o’tish bilan soliqqa tortishda faqatgina manzilli va asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur.
aholi manfaatlarini ko’zlagan holda ko’chmas mulk obyektlariga egalik qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi.
amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi.
davlat va munisipial ko’chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish va nodavlat obyektlarga huquqlarni badalli ravishda o’tkazish invertizatsiya qiymati bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak.
ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan bitimlardan undiriladigan soliqlar va soliqsiz to’lovlar belgilangan me’yorlariga muvofiq ravishda bo’linadi.
ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning turli ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi jahon tajribasini hisobga olgan holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |