1-jadval
Hududlar kesimida Baholovchi litsenziyasiga ega tashkilotlar soni5
T/r
|
Hudud nomi
|
Ko’char mulkni baholash
|
Ko’chmas mulkni baholash
|
Biznesni baholash
|
Jami
|
Hududlar bo’yicha fozilarda
|
1
|
Toshkent shahri
|
9
|
1
|
59
|
69
|
42,6
|
2
|
Toshkent viloyati
|
-
|
-
|
2
|
2
|
1,2
|
3
|
Sirdaryo viloyati
|
-
|
-
|
1
|
1
|
0,6
|
4
|
Jizzax viloyati
|
1
|
-
|
2
|
3
|
1,8
|
5
|
Samarqand viloyati
|
1
|
-
|
8
|
9
|
5,6
|
6
|
Farg'ona viloyati
|
4
|
-
|
9
|
13
|
8,1
|
7
|
Namangan viloyati
|
-
|
-
|
7
|
7
|
4,3
|
8
|
Andijon viloyati
|
3
|
-
|
11
|
14
|
8,6
|
9
|
Qashqadaryo viloyati
|
2
|
-
|
4
|
6
|
3,7
|
10
|
Surxondaryo viloyati
|
1
|
-
|
1
|
2
|
1,2
|
11
|
Navoiy viloyati
|
-
|
-
|
4
|
4
|
2,5
|
12
|
Buxoro viloyati
|
4
|
-
|
11
|
15
|
9,3
|
13
|
Xorazm viloyati
|
2
|
1
|
5
|
8
|
4,9
|
14
|
Qoraqalpog'iston
|
1
|
-
|
8
|
9
|
5,6
|
|
J A M I :
|
28
|
2
|
132
|
162
|
100
|
Yuqorida berilgan jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki mamlakatimizda 2019 yilning 1 yanvar holatiga 162 ta baholash litsenziyasiga ega bo'lgan tashkilotlar bo'lib ularning 69 tasi yoki 42,6 foizi Toshkent shahri hissasiga to'g'ri keladi. Mazkur baholash liyenziyasiga ega tashkilotlarning ham 132 tasi biznesni baholash, 28 tasi ko'char mulkni baholash va 2 tasi ko'chmas mulkni bag'olash sohasida xizmat ko'rsatishadi.
Assotsiatsiya hozirgi kunda quyidagi ishlarni amalga oshirmoqda:
• Baholash ishlarini amalga oshirish uchun korxonalarni tanlash
• Baholashga oid hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o'tkazish
• O'zbekistonda baholash faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish
• Baholovchi tashkilotlarning reyting bo'yicha baholash
• Konsul'tatsiya o'tkazish
• Baholash faoliyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, simpozium, seminar, ma'ruzalar o'tkazish
• Baholash faoliyati bo'yicha o'quv qo'llanma va materiallarni chop etish.
2-jadval
Baholovchilar uchun o'tkazilgan malaka imtihonlari natijasi bo'yicha 2019 yilga ma'lumot (jismoniy shaxslar)6
Oylar nomi
|
Jami imtihonga ariza berganlar soni
|
Imtihondan o’tganlar soni
|
Imtihondan o’tolmaganlar soni
|
Imtihondan kelmaganlar soni
|
Imtihondan o’tish foizi
(%)
|
Fevral
|
95
|
41
|
40
|
4
|
43
|
Mart
|
68
|
36
|
24
|
8
|
53
|
Aprel
|
30
|
11
|
13
|
6
|
37
|
May
|
56
|
24
|
30
|
2
|
43
|
Iyun
|
45
|
20
|
17
|
8
|
44
|
Iyo'l
|
29
|
5
|
19
|
5
|
17
|
Avgust
|
23
|
10
|
10
|
3
|
43
|
Sentyabr
|
52
|
24
|
25
|
3
|
46
|
Oktyabr
|
41
|
23
|
12
|
6
|
56
|
Noyabr
|
19
|
10
|
7
|
2
|
56
|
Dekabr
|
56
|
27
|
24
|
5
|
48
|
Jami 2019 yil
|
514
|
231
|
221
|
62
|
45
|
Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi 335-sonli “Davlat mulki qo'mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga ko'ra Respublikamizda baholash faoliyati holatiga tanqidiy baho berilgan. Davlat mulki qo'mitasiga baholovchi tashkilotlarni tekshiruvdan o'tkazish va “buyurtma” asosida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar litsenziyasining amal qilishini to'xtatish topshirilgan.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Davlat mulki qo'mitasi tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini umumiy tekshiruvdan o'tkazilishi amalga oshirilgan, buning natijasida quyidagilar aniqlangan:
- Respublikamizdagi aksariyat baholovchi tashkilotlar 1 kishidan iborat tarkibda faoliyat yuritadi, buning ustiga ko'p hollarda bitta baholovchining o'zi bir nechta baholovchi tashkilotlarda o'rindoshlik asosida shtatda turadi;
- aksariyat baholovchi tashkilotlar turli sohalarda faoliyat yuritib, baholash faoliyatiga ikkinchi darajali faoliyat sifatida qarashadi, bu bilan baholash ishlarining sifatiga talab darajasida e'tibor berishmaydi. Bu esa baholovchi tashkilotning baholash natijalariga bo'lgan mas'uliyatini kamaytirib yuboradi;
- ayrim baholovchi tashkilotlarning baholovchilari va rahbarlari malakasi ularga nisbatan qo'yiladigan malaka talablarining sustligi va professional darajasini oshirishga doir majburiy me'yorlarning mavjud emasligi sababli past darajadadir;
- baholash faoliyatini litsenziyalash va tartibga solishga oid qonun hujjatlarida baholovchining malaka attestati va litsenziyasining amal qilishi to'xtatilganda va bekor qilinganda ularni qayta olishga cheklov qo'yuvchi mexanizmlarning mavjud emasligi ushbu shaxslarga yangi litsenziya va attestat olish uchun ariza bilan murojaat etishga imkon beradi.
Baholovchi tashkilotlarning litsenzion talablar va shartlar bajarilishi, baholash xizmatlarining sifatini oshirish uchun mas'uliyatini kuchaytirish hamda korruptsiya, baholash to'g'risida “buyurtmali” hisobotlarni til biriktirib, berishga oid hollarni tartibga solish va barham berishda samarali uslublarni joriy etish maqsadida Davlat mulki qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devoniga belgilangan tartibda quyidagi takliflar kiritilgan:
- baholovchi tashkilotning ustav kapitali miqdorini baholanadigan mulk turiga qarab taqsimlash. Shuningdek, baholanadigan mulk turidan kelib chiqib, baholovchi tashkilot shtatida turishi mumkin bo'lgan baholovchilarning eng kam sonini belgilash. Ya'ni:
- qimmatli qog'ozlar, ulushlar, intellektual mulk ob'yektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari, ko'char mulklarni baholash uchun eng kam oylik ish haqining kamida 1500 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida ikki nafar baholovchiga ega bo'lish belgilangan;
- mulkiy kompleks sifatidagi korxonadan tashqari, ko'chmas mulkni baholovchi tashkilotlar eng kam oylik ish haqining kamida 2000 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida uch nafar baholovchiga ega bo'lishi kerak;
- biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun eng kam oylik ish haqining kamida 2500 baravari miqdoridagi ustav kapitaliga va shtatida kamida to'rt nafar baholovchiga ega bo'lish kerak;
- baholovchi tashkilot rahbari malaka attestatiga ega bo'lgan baholovchi bo'lishi kerak.
Bu bilan baholovchi tashkilotning o'z faoliyati natijalari bo'yicha moddiy javobgarligining minimal miqdorini, baholovchi tashkilotda doimiy tarzda ishlashi kerak bo'lgan baholovchilarning eng kam bo'lgan sonini va baholovchi tashkilotning rahbari faqat baholovchi bo'lishini aniqlash yuzasidan taklif berilgan. Bundan tashqari, Davlat mulki qo'mitasi tomonidan bir qator yangi litsenzion talablar va shartlar kiritilishi haqida takliflar berilgan: jumladan, baholovchi faqat bitta baholovchi tashkilotda faoliyat yuritishi, baholash hisoboti baholovchi malaka sertifikatiga ega bo'lgan shaxs (shaxslar) tomonidan tuzilishi, baholovchi tashkilotda o'z baholovchilarinnig ish sifatini nazorat qilish yuzasidan tasdiqlangan ichki qoidalari hamda fuqarolik javobgarligi xususida sug'urta polisi mavjud bo'lishi xususidagi va boshqa takliflar.
Mazkur takliflar asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinnig 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas'uliyatini oshirish to'g'risida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga binoan O'zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to'g'risida”gi qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi ko'zda tutilgan. Xususan, baholash faoliyati sub'yekti - faqat yuridik shaxs bo'lishini aniqlash zarur, bu bilan sub'yektning baholashni sifatsiz o'tkazganligi oqibatida mulkdorga etkazishi mumkin bo'lgan zarari uchun tegishli javobgarlik me'yori belgilangan bo'lishi aniqlanadi. Hozirgi vaqtda tanilgan davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlaridan baholash faoliyati bilan O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi (Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi), O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Sud ekspertizasi markazi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho qog'ozlar agentligining Davlat asllik darajasini aniqlash palatasi shug'ullanadi. O'zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida”gi qonuniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashqil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, ularni tashqil etish to'g'risidagi qonun hujjatlarida baholash faoliyatini amalga oshirishi ko'zda tutilgan bo'lsa, ular tegishli litsenziyani olmasdan baholash faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Mazkur qoida ushbu korxona va muassasalarni litsenzion talab va shartlarni, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ko'rsatiladigan litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish bilan bog'liq boshqa talablarni bajarishdan ozod qilmaydi. Shu bilan birga, mazkur korxona va muassasalarning mutaxassislari baholovchi malakasiga ega bo'lmasdan turib baholash faoliyatiga oid qonun hujjatlarini buzgan holda baholashni amalga oshirishi hollari uchramoqda. Ya'ni mazkur korxona va muassasalar tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirishga doir belgilangan litsenzion talab va shartlar bajarilmayapti. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirilishi baholash faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri - baholovchi tashkilot va baholovchining mustaqilligi tamoyilini buzadi. O'zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to'g'risida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq baholashni o'tkazish davlatga to'liq yoki qisman tegishli baholash ob'yektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda baholashni o'tkazish majburiydir. Shu munosabat bilan manfaatlar orasida ziddiyatlar kelib chiqish ehtimoli mavjuddir. Baholash faoliyati to'g'risidagi qonunchilikda baholovchi tushunchasi mavjud emasligi amalda shunday holatlarni yuzaga chiqarmoqdaki, ya'ni baholashni o'tkazishda, jumladan baholash to'g'risidagi hisobotni imzolashda baholovchi malakasiga ega bo'lmagan shaxslar ishtirok etmoqda va ularning baholash to'g'risidagi hisobotlari sifatsiz va malakasiz tuzilgan. Bundan tashqari baholash faoliyati to'g'risidagi qonunchilikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan tadbirlarda baholovchining ishtirok etishi tartibi mavjud emas. Baholash faoliyatini amalga oshirishning jahon amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, baholovchiga qo'yiladigan eng asosiy talablardan biri bu uning baholash faoliyatidagi ish tajribasidir. Baholovchi bo'lishdan avval jismoniy shaxs muayyan muddat baholovchining yordamchisi bo'lib ishlashi lozim. Davlat mulki qo'mitasi tomonidan baholovchi tashkilotlarini tekshirish amaliyoti shuni ko'rsatdiki, ish stajiga nisbatan hech qanday normaning yo'qligi baholash faoliyatida tasodifiy kishilarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Yuridik shaxsning baholash bo'yicha buyurtmachi oldida sifatsiz baholash tufayli etkazadigan ehtimoliy zarari uchun javobgarligi asosini yaratish maqsadida baholash tashkiloti tushunchasi kiritilmoqda. Baholovchi tashkilotining rahbari faqat baholovchi bo'lishi lozimligi to'g'risidagi talab shuning uchun kiritilmoqdaki, u baholash faoliyatini anglashiga yordam beradi va o'z baholovchilarining ishini nazorat qilish imkonini beradi va o'z navbatida, baholash ishlarining sifati ortadi. Bunda baholovchi tashkilot ochiq aktsiyadorlik jamiyatidan boshqa har qanday tashqiliy-huquqiy shaklda tashqil etilishi mumkin. Bu holat shu bilan bog'liqki, ochiq aktsiyadorlik jamiyatining tashqiliy-huquqiy shakli ko'pincha aktsiyalar egalarining o'zgarib turishini bildiradi, va o'z navbatida baholovchining mustaqilligi tamoyilining buzilishiga va manfaatlar to'qnashuviga sabab bo'ladi. Shtatdagi baholovchilar soni bo'yicha talabning kiritilishi baholash tashkilotlarining yiriklashishiga va ularning baholash faoliyatini professional tarzda amalga oshirish bo'yicha ixtisoslashishlariga yo'naltirilgan. Baholovchiga faqat bir baholash tashkilotining ta'sischisi bo'lishi mumkinligi to'g'risidagi talabning o'rnatilishi nosog'lom raqobat usulining qo'llanishiga yo'l qo'ymaslik, shuningdek manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga yo'naltirilgan. Fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish talabining kiritilishi bir tarafdan baholash iste'molchilarining manfaatlarini himoya qilsa, ikkinchi tomondan baholash tashkilotiga shaxsiy mablag'lari etarli bo'lmaganda sifatsiz baholashni o'tkazgan taqdirda etkazgan zararni qoplashga imkon yaratadi. Baholash faoliyatini qamrab oluvchi barcha faoliyatlarni rivojlantirishga ko'mak berish maqsadida baholovchi tashkilotlarga bir qator baholash faoliyati bilan yonma-yon bo'lgan professional xizmatlarni amalga oshirish huquqi kiritilmoqda. Baholash natijalarini tekshirish mexanizmini va nizoli vaziyatlarni ko'rib chiqish tartibini belgilash maqsadida hisobotda aks ettirilgan ma'lumotlarning ishonchliligi tushunchasi kiritilmoqda. Ayni vaqtda baholash ob'yektlari bo'yicha tuzilgan baholash to'g'risidagi hisobotlarga nisbatan yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal qilish mexanizmi mavjud emas. Ushbu holatni tahlil qilish shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi paytgacha ko'p holatlarda bu xildagi nizolar nizolashayotgan taraflardan birining talabiga binoan ob'yektni qiymatini qaytadan baholanilishini o'tkazish yo'li bilan hal qilingan. Bundan qaytadan o'tkazilgan baholash ekspertiza, va ushbu qayta baholashni amalga oshiruvchi baholovchi esa ekspert deb atab kelingan. Biroq baholash faoliyati to'g'risidagi qonunchilikda ekspertiza va ekspert tushunchalari mavjud emas. Binobarin qanday jarayonni ekspertiza deb hisoblash va qanday baholovchi bunday ekspertizani o'tkazishi qonunan belgilanmagan. Bundan tashqari, nima narsa ekspertiza predmeti hisoblanishi, ya'ni umuman tasdiqlash ahamiyatiga ega hujjat hisoblanadigan baholash to'g'risidagi hisobot yohud uning biror-bir qismimi, masalan baholash ob'yekti yakuniy qiymati hajmi ekspertiza predmeti hisoblanishi to'g'risidagi norma mavjud emas. Shuningdek ekspertizani o'tkazishda tomonlarning mas'uliyati va javobgarligi qonunan belgilanmagan edi. Bu holat shunga olib kelganki, qayta baholashni o'tkazishga ko'pincha ekspert vazifasini bajarishga malakasi etarli bo'lmagan baholovchilar jalb etilardi. Qator hollarda ekspertiza shunchaki rasman va quyi profissional darajada o'tkazilardi, o'tkazilayotgan ekspertizaning haqqoniyligi va shubhasizligi uchun baholovchining mas'uliyati etarlicha ta'minlanmagan. Ekspertizani shunchaki “buyurtma”ga o'tkazish hollari uchragan. Ushbu holatlarning natijasi bir tarafdan baholovchining obro'si va jamiyatning bunday kasbga ishonchi pastga tushib ketdi, ikkinchi tomondan baholovchilar murakkab ob'yektlarni baholashdan bosh torta boshladilar. O'zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritishda alohida o'rin baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning mas'uliyatiga qaratilgan. Ushbu masala ustida ishlash jarayonida shunday vazifa turibdiki, avvalambor, kim nima va kimning oldida mas'uliyatliligini aniqlashdan iboratdir. Shu munosabat bilan mazkur masala ikki qismga bo'linadi. Demak baholovchi tashkilot xo'jalik huquqi sub'yekti sifatida baholash ishlari buyurtmachisi oldida javobgardir. Agarda, baholovchi tashkilot aybi bilan buyurtmachi moddiy yohud biror-bir zarar ko'rsa unda unga ushbu baholovchi tashkilot ishchilaridan aynan qaysi biri o'z ishini yomon bajarganligining ahamiyati yo'qdir. Baholovchi tashkilotning o'zi o'z ishchilari bilan o'zi hisob kitob qilaversin. Shu yerdan mantiqan masalaning ikkinchi tarafi kelib chiqadi. Demak, o'zining sifatsiz o'tkazgan baholash ishi yoki boshqa harakatlari tufayli zarar etkazgan baholovchi o'zining baholovchi tashkiloti oldida tegishli tarzda javobgar bo'ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda baholash faoliyatini tartibga solish va natijalarini tekshirish mexanizmini va nizoli vaziyatlarni ko'rib chiqish tartibini belgilash maqsadida hisobotda aks ettirilgan ma'lumotlarning ishonchliligi tushunchasi kiritilgan. Ayni vaqtda baholash ob'yektlari bo'yicha tuzilgan baholash to'g'risidagi hisobotlarga nisbatan yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal qilish mexanizmi mavjud. Ushbu holat shuni ko'rsatmoqdaki baholash faoliyati tartibga solingunga qadar ko'p holatlarda nizolar nizolashayotgan taraflardan birining talabiga binoan ob'yektni qiymatini qaytadan baholanilishini o'tkazish yo'li bilan hal qilingan. Bu holat shunga olib kelganki, qayta baholashni o'tkazishga ko'pincha ekspert vazifasini bajarishga malakasi etarli bo'lmagan baholovchilar jalb etilardi. Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta'minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo'nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o'tilgan yo'l - oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim printsipial ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillaridan so'ng baholash sohasidagi ilmiy va amaliy izlanishlar, baholashning o'ziga xos xususiyatlarini joriy etish muammolari va baholash tizimini isloh etish kabi muammolar nisbatan yosh mustaqil soha sifatida shakllanib kelmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu sohada ilmiy va amaliy izlanishlar olib borish jarayoni jadal sur'atlarda olib borilmokda va albatta mamlakatimizda ham bunday izlanishlar mustaqillik yillaridanok keng tus olgan. Shu sababli, dunyo miqyosida muammoni o'rganish borasida nisbatan ko'proq yutuqlarga erishilgan. Qator hollarda ekspertiza shunchaki rasman va quyi profissional darajada o'tkazilardi, o'tkazilayotgan ekspertizaning haqqoniyligi va shubhasizligi uchun baholovchining mas'uliyati etarlicha ta'minlanmagan. Ekspertizani shunchaki “buyurtma’’ga o'tkazish hollari uchragan. Bugungi kunda baholash faoliyati tizimining asosiy elementlari belgilandi va ta'riflandi. Har bir alohida element faoliyati batafsil tahlil qilinishi ulardan har birining kuchli tomonlarini ham, zaif taraflarini ham ko'rsatdi. Elementlar tahlili ularning tizimdagi pozitsiyasi, ular bajaradigan funktsiyalar, ichki tuzilma, xususan uning tarkibiy qismlari tavsifi hamda ular orasidagi aloqalar, shuningdek har bir elementning tizimdagi boshqa elementlar bilan aloqasi nuqtai nazaridan olib borilgan. Har bir element uchun ham, butun baholash faoliyati tizimi uchun ham xos bo'lgan muammolar aniqlandi va strukturalandi, muammolar paydo bo'lishining sabablari aniqlanib, ularni hal etishning ehtimoliy yo'llari taklif qilindi. Natijalar bo'yicha boshqarish printsiplari asosida butun baholash faoliyati tizimini boshqarishga yondashuv taklif etildi. Ishlab chiqilgan hujjat baholash faoliyatiga oid qonun hujjatlari bazasini rivojlantirishga, umumiy metodologik fazoni yaratishga, baholash faoliyati sohasi mutaxassislarini tayyorlashga, baholash faoliyati milliy axborot tizimini vujudga keltirishga, litsenziya beruvchi organ ishining samaradorligini oshirishga, professional jamoat tashkilotlarini rivojlantirishga, baholash natijalaridan foydalanuvchilarning bilimlarini oshirishga qaratilgan. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek: “Joriy yilda xizmat ko'rsatish sohasini yanada jadal sur'atlar bilan rivojlantirish mo'ljallanmoqda. Xizmatlar ko'rsatish hajmini 15,6 foizga oshirish va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54,5 foizga etkazish nazarda tutilmoqda’’.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O'zbekiston, 2007 yil (o'zgartirish va qo'shimchalar bilan).
2. O'zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to'g'risidagi” Qonun 19.08.1999y.
3. O'zbekiston Resupblikasining “Baholash faoliyati to'g'risida”gi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2009 y. 15-son, 178-modda.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas'uliyatini oshirish to'g'risida” PQ-843-son qarori. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlar to'plami, 2008 y, 18-son, 145- modda.
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi “Baholash faoliyatini litsenziyalash to'g'risida” Nizom, O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami 2008 y.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida" 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-son Qarori.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011¬2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga yerishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi PQ-1438 sonli Qarori.
8. “Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo'jalik sub'ektlari bo'sh pul mablag'larini jalb etishni yanada rag'batlantirish qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 6 aprelidagi Qarori, PQ-1090-sonli.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
11. Shoha'zamiy Sh.Sh. Korporativ siyosat./Darslik. -T.: Fan va texnologiya, 2012.-204 b.
12. Vaxobov A.V., Jumaev N.X., Burxanov U.A. Xalqaro moliya munosabatlari.-T.: Shark, 2003.- 400 b.
13. Ценные бумаги: Учебник/Под ред. В.И. Колесникова, В.С. Торка- новского. 2-е изд., перераб. и доп. - М.: Финансы и статистика, 2000. - 448 с.
14. Шарп У., Александер Г., Бэйли Дж. Инвестиции: Пер. с англ. - М.: ИНФРА-М, 1999. - ХИИ, 1028 с.
15. Шевчук Д.А. Оценка недвижимости и управление собственностью. - Ростов-н/Д., 2007. - 155 с.
16. Щербакова А. Экономика недвижимости. - Феникс, 2002.245с.
17. Яскевич Е.Е. Практика оценки недвижимости. Москва: Техносфера, 2011. “ 504 c.
18. Statistik to'plam “O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyotning mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy tendentsiya va ko'rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo'ljallangan prognozlari” Toshkent- O'zbekiston-2011.
19. Информационный бюллетень Центра по координации и контролю за функционированием рынка ценных бумаг и Агентства «Консаудитинформ» за 2002- 2009 г.г.
20. Информационный бюллетень «Обзор финансового рынка Узбекистана» за 2002 -2009 г.г.
21. www.press-service.uz (O'zbekiston Respublikasi Prezident portali).
22. www.mf.uz (O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).
23. www.cbu.uz (O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki)
24. www.uzse.uz (“Toshkent” Respublika fond birjasi).
25. www.stat.uz (O'zbekiston davlat statistika qo'mitasi)
26. www.tfi.uz (Toshkent moliya instituti)
27. www.gov.uz (davlat sayti)
28. www.lex.uz (huquqiy hujjatlar sayti)
29. www.norma.uz (huquqiy hujjatlar sayti)
30. www.moodys.com (mudis xalqaro tashkiloti sayti)
31. www.eurostat.org “ (Evropa mamlakatlari statistikasi sayti)
32. www.worldbank.org “ (Jahon banki tashkiloti sayti)
Do'stlaringiz bilan baham: |