Baholash faoliyati metodologiyasi, yondashuvlari va usullari
Professional baholovchi o'z faoliyatida hamisha ma'lum maqsad asosida ish yuritadi. Maqsadning aniq va oqilona belgilanishi hisoblanadigan qiymatni to'g'ri belgilash va baholash metodlarini to'g'ri tanlash imkonini beradi. Baholash maqsadi mijoz investitsion qaror qabul qilishi, bitim tuzish, moliyaviy hisobotga o'zgarishlar kiritishi uchun zarur bo'lgan baholanadigan qiymatning u yoki bu ko'rinishini aniqlashdan iborat bo'ladi. Baholash ishlarining tashqil etilishidan davlat tizimidan tortib, xususiy shaxslargacha nazorat-tekshiruv organlari, boshqaruv tizimi, kredit organlari, sug'urta kompaniyalari, soliq firmalari, mulkning xususiy egalari, investorlar singari har xil tomonlar manfaatdor bo'lishi mumkin. Baholash jarayonida ishtirok etadigan tomonlar o'z iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, baholash maqsadini belgilaydilar. Mulkni baholash quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:
- tashkilot yoki firmani boshqarish samaradorligini oshirish;
- tashkilot obligatsiyalari va aktsiyalarining bozor fondida sotish;
-asoslangan innovatsion qarorlar qabul qilish;
-tashkilotni yaxlit yoki uning ayrim qismlarini sotish;
-shartnoma bekor qilinishi yoki sheriklardan birining vafoti munosabati bilan hamkorlarning ulushini belgilash;
-tashkilotning qayta tuzilishi;
-tashkilotni yuqotilishi, birini-biri yutib yuborishi, ularning birlashtirilishi yoki xolding tarkibidan ayrim tashkilotlarning ajrab chiqishi uning bozor narxini belgilashni takozo etadi. Shunday holatlarda aktsiyalarni sotish yoki sotib olish narxi, konversiya narxi yoki birlashtirilgan tashkilot aktsionerlariga beriladigan mukofot qiymatini aniqlash;
-tashkilotni takomillashtirish rejasini ishlab chiqish. Strategik rejalashtirish jarayonida firmaning nazarda tutilayotgan daromadini, uning qat'iyligi darajasi va imijining qiymatini baholash;
-tashkilotning kreditga qodirligi va uning kredit olishdagi garov qiymatini aniqlash. Bunday vaziyatlarni baholashda buxgalter hisobi buyicha aktivlar qiymatining bahosi uning bozor bahosidan keskin farq qilishi mumkin;
-yo'qotish holatiga kelib kolib, aktivlarning qiymatini belgilash zarurati paydo bo'lganda sug'urta qilish;
-soliqqa tortilish;
-soliqqa tortilishi lozim bo'lgan baza aniqlangan holatlarda tashkilotning daromadi va uning imijini ob'yektiv baholashni tashqil etish;
-asosli boshqarish uchun zarur bo'lgan qarorlar qabul qilish.
Inflyatsiya tashkilotning moliyaviy holatini buzadi. Shuning uchun mulkni mustaqil baholovchilar yordamida muntazam ravishda qayta baholab turish moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun baza hisoblangan moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini oshirish imkonini beradi;
-mulkni rivojlantirishni investitsion loyixalashtirish. Bunday holatlarda uni asoslash uchun korxonaning dastlabki bahosini, uning xususiy kapitali, aktivini bilish zarur.
Agar bitim ob'yekti tashkilot mulkining biror elementa bo'ladigan bo'lsa, yoki biror narsasiga soliq belgilanadigan bo'lsa, zaruriy ob'yekt alohida baholanadi. Masalan, mashina, uskunalar, nomoddiy aktivlar va x.k. Tashqilotning alohida mulk elementlari qiymatini baholash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- ko'chmas mulkning biror qismi sotilganda, masalan, foydalanilmay yotgan yer mulki, bino, inshootdan kutulish zarurati paydo bo'lganda;
- kreditorlar bilan hisoblashish kerak bo'lganda;
- sud qarori bilan xdmkorlardan biriga etkazilgan moddiy zararni qoplash kerak bo'lganda va boshqalar;
- ko'chmas mulkning bir qismini garovga quyib kredit olishda;
- ko'chmas mulkni sug'urta qilishda shu bilan bog'liq sug'urta qilinadigan mulkning sug'urta narxini belgilashda;
- ko'chmas mulkni ijaraga berilganda;
- mulkni soliqqa tortish uchun soliq miqdorini aniqlashda;
- ko'chmas mulkning bir qismlarini yangi tashqil etilgan boshqa tashkilotga mulk sifatida rasmiylashtirishda;
- birorta investitsion loyihaning biznes-planini ishlab chiqish va baholashda;
- ko'chmas mulkni baholashda oraliq bosqich sifatida tashkilot qiymatining umumiy bahosidan foydalanishga xarajat sifatida yondashuvda baholashda.
Mulkni baholash uch yondashuv asosida amalga oshiriladi: daromadga, kiyosiy va xarajatga asoslangan yondashuv. Har bir yondashuv ob'yekt xarakteristikasining o'ziga xos tomonlarini namoyish etadi. Mulkni baholashning daromadga asoslangan yondashuvida daromad ob'yektning bahosini belgilovchi asosiy faktor sifatida etakchi uringa qo'yiladi. Ob'ekt tomonidan qancha ko'p daromad keltirilsa, uning bozor bahosi shuncha yukori bo'lib boraveradi. Bu erda daromad olish mazkur jarayonning davomiyligi, u bilan hamisha birga bo'ladigan xavfning shakli va darajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Daromadga asoslangan yondashuv - xususiy mulkdan foydalanish natijasida vujudga keladigan bulajak daromadning uni sotishda qo'l keladigan amaldagi qiymati bilan hisoblab chiqariladi. Bunday holatlarda ko'tish tamoyili qo'llaniladi. Daromadga asoslangan yondashuv mulkni baholashda nisbatan mos keladigan ish turi hisoblanadi. Ammo, qiyosiy va xarajatga asoslangan yondashuvlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayrim hollarda qiyosiy va xarajatga oid yondashuvlar nisbatan aniq, samarali bo'lishi mumkin. Ko'p hollarda ularning uchalasidan ham boshqa yondashuvlar asosida qiymat bahosi buyicha olingan ma'lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin. Qiyosiy yondashuv xususiy mulk ob'yektlarini taqqoslash bozori chaqqon bo'lganda o'ta samarali bo'ladi. Bahoning aniqligi to'plangan materialning aniqligiga bog'liq bo'ladi. Chunki bu yondashuvni qo'llaganda baholovchi qiyoslanayotgan ob'yektlarning yaqin-oradagi sotuvi haqida aniq ma'lumot to'plashi kerak. Bunday ma'lumotlar sirasiga: iqtisodiy xarakteristika, sotilish vaqti, joylashgan o'rni, sotilish va moliyalashtirish shartlari kiradi. Agar bitimlar kam bo'lsa; tashkil etilgan vaqt bilan baholash orasini katta vaqt birligi ajratib tursa; bozor noodatiy holatda bo'lsa bu yondoshuvning ta'sir kuchi kamayadi. Chunki bozordagi o'zgarishlarning tezligi ko'rsatkichlarning buzilishiga olib keladi. Qiyosiy yondashuv almashuv tamoyilining qo'llanilishiga asoslanadi. Taqqoslash uchun baholanayotgan biznes bilan raqobatlashayotgan ob'yektlar tanlanadi. Odatda ular orasida farq bo'ladi, shu bois ma'lumotlarning korrektirovkasini tashqil etish joiz. Tuzatishlarni amalga oshirishda omonat tamoyili qo'l keladi. Harajatga oid yondashuv tashkilotlarni baholashda har xil aktivlarga ega bo'lgan, shu bilan birga moliyaviy, xatto biznes qat'iy daromad keltirmagan holatlarda ham, ancha qo'l keladigan yondashuv. Harajatga oid yondashuvning metodlarini, mulkning maxsus shakllarini (mexmonxona va motellarni) baholashda, ularni sug'urta qilish hollarida ham qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. To'plangan ma'lumotlar baholanayotgan aktiv haqidagi (yerning bahosi, kurilish bilan bog'liq bo'lgan maxsus ma'lumotlar va h.k.), to'lanadigan ish xaqining darajasi, materiallarning bahosi, jixozlarga sarflangan mablag', foyda va qurilish jihozlariga sarflangan xarajatlarning nakladnoylari to'g'risidagi va boshqa qator ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Harajatga asoslangan yondashuvdan tarixiy qimmatga ega bo'lgan, estetik xarakterdagi yoki eskirgan ob'yektlar singari kam uchraydigan ob'yektlarni baholashda foydalanish qiyin. Xarajatga asoslangan yondashuv nisbatan yaxshirok va samaralirok foydalanish, almashinuv, mutonosiblik, iqtisodiy qiymat va iqtisodiy bo'linish tamoyillariga asoslanadi. Uchala yondashuvning o'zaro bog'langanligi. Ulardan har biri bozordan olingan har xil ma'lumotlardan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, xarajatga binoan yondashuv uchun materiallarga va ishchi kuchiga oid ma'lumotlar baza hisoblanadi. Daromadga oid yondashuv uchun esa xuddi shunday bozor ma'lumotlari asosida hisoblab chiqiladigan diskontga oid stavka va kapitallashtirish koeffitsenti baza hisoblanadi. Yondoshuv uslubini tanlashda baholovchining oldida har xil istiqbollar ochiladi. Xatto mazkur yondashuvlar uchun ma'lumotlar bitta bozordan olinsada, ularning har biri bozorning har xil aspektlari bilan bog'langan. Takomillashgan bozorda barcha yondashuvlar bitta qiymat bahosiga olib kelishi lozim. Ammo bozorlarning hammasi mukammal emas, taklif va ehtiyoj ham mutanosib emas. Potentsial foydalanuvchilar noto'g'ri ma'lumot bilan ta'minlangan bo'lishlari, ishlab chiqarish samarali bo'lmasligi mumkin. Kapital bozori metodi anologik kompaniyalar aktsiyalarining bozor bahosidan foydalanishga asoslangan. Almashuv tamoyili asosida faoliyat yuritayotgan investor bu kompaniyani yoki yangi baholanayotganini tashqi mablag' bilan ta'minlaydi. Shuning uchun kompaniya haqidagi ma'lumotlar, kimning aktsiyalari erkin sotuvda bo'lsa, mos tushadigan korrektirovkada kompaniya bahosini belgilashda orientir bo'lib xizmat qilishi kerak. Mazkur metod minoritar (nazorat qilinmaydigan) aktsiyalar paketlarini bitim metodida o'xshash kompaniyalarning nazorat aktsiyalari paketlarini sotib olish bahosi tahlil qilinadi. Kapital bozori metodi anologik kompaniyalar aktsiyalarining bozor bahosidan foydalanishga asoslangan. Almashuv tamoyili asosida faoliyat yuritayotgan investor bu kompaniyani yoki yangi baholanayotganini tashqi mablag' bilan ta'minlaydi. Shuning uchun kompaniya haqidagi ma'lumotlar, kimning aktsiyalari erkin sotuvda bo'lsa, mos tushadigan korrektirovkada kompaniya bahosini belgilashda orientir bo'lib xizmat qilishi kerak. Mazkur metod minoritar (nazorat qilinmaydigan) aktsiyalar paketlarini bitim metodida o'xshash kompaniyalarning nazorat aktsiyalari paketlarini sotib olish bahosi tahlil qilinadi.
Mulkni baholash jarayoni yetti bosqichda amalga oshiriladi:
1. Masalalarni aniqlash;
2. Baholashning rejasini tuzish;
3. Ma'lumot to'plash va tekshirish;
4. Baholashning yondashuv va metodlarini tanlash;
5. Oraliq natijalarni kelishtirish va yakuniy xulosasini tayyorlash;
6. Qiymat bahosi natijalari haqida hisobot tayyorlash;
7. Hisobotni takdim etish va ximoya qilish.
Mulkni baholashda sotuvchi bilan haridor orasidagi shartnoma asos bo'lib xizmat qiladi. Tashkilotni baholash, shu jumladan, qayta baholash, baholovchi tomonidan sud qaroriga binoan ham amalga oshirilishi mumkin. Iqtisodda garovga qo'ygan holda qarz olish, aktsiyalar savdosi, qo'shimcha emissiya, mulkni sug'urta qilish singari faoliyatlarni amalga oshirish uchun ehtiyoj mavjud. Bundan tashqari bahoning buyurtmachilari quyidagi bir qator yo'nalishlarni mustaqil ekspertiza asosida tekshirib ko'rishga ehtiyoj sezishadi:
• loyihalarning investitsiya jihatidan o'ziga tortuvchanligining ortishi;
• konfliktlarsiz tashqi boshqaruvni ta'minlash;
• tashkilotning aktivlari ustidan boshqaruv samaradorligining ortishi;
• tashkilotni qayta tuzishni amalga oshirish (pulli vznoslarni emas, balki ko'chmas mulk, asbob-uskunalar, ustav kapital, qimmatbaho qog'ozlarni;
• mulkning qo'shilishi paytidagi aktivlarini baholash, tashkilotlarni ajratish va biriktirish; tashkilotga, davlatga, munitsipal ta'limga tegishli bo'lgan mol- mulkni qisman yoki to'liq musodara qilishni;
• yuridik shaxslarning soliqqa jalb etilishini optimallashtirish (asosiy mahsulot bahosi qoldiq narxdan past bo'lgan mahsulot topilganda; asl qiymati bozor bahosi tasdiklagan qiymatdan past bo'lgan mahsulot topilganda; bozor qiymati bahosida topilgan debitorlik qarzlari) va boshqalar.
Tashkilotlarning raxbarlari va menejerlari tan narxni baholashnining zarurligini, shu bilan birga o'z soxasini yaxshi biladigan baholovchilar bilan hamkorlik qilishning yutuk va afzalliklarini yaxshi tushunadilar.
Baholash standartlari o'zaro bog'liq norma va qoidalar majmuidan iborat bo'lib, ular quyidagilarni belgilaydi:
- baholash tushunchalari va printsiplarini;
- baholash faoliyatida qo'llaniladigan atamalar va ta'riflarni;
- qiymat turlariga qo'yiladigan talablarni;
- boshlang'ich axborotga qo'yiladigan talablarni;
- baholashni o'tkazish tartibini;
- baholash usullarini qo'llanish xususiyatlarini;
- baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablarni;
- Boshqa talablarni.
Baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga qo'shimchalar va o'zgartishlar kiritish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda Raqobat Qo'mitasi amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasida mulkni baholash milliy standartlari:
1. 1-SON MBMS “Baholashning umumiy tushuncha va printsiplari” O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 14-iyunda 1604-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2006 yil 24-f iyundagi 01/19-19-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
2. 2-SON MBMS “Bozor qiymati
baholash bazasi sifatida” O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 14-iyunda 1606-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2006 yil 24-f iyundagi 01/19-20-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
3. 3-SON MBMS “Bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash bazasi” O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 14-iyunda 1606-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2006 yil 24-f iyundagi 01/19-20-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
4. 4-SON MBMS “Moliyaviy hisobot va turdosh hujjatlar maqsadida baholash ” O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 14-iyunda 1607-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2006 yil 24-f iyundagi 01/19-22-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
5. 5-SON MBMS “Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta'minlash uchun baholash” O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 14-iyunda 1608-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2006 yil 24-f iyundagi 01/19-23-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
6. 6-SON MBMS «Harbiy-texnik mulkni
baholash» O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 16-fevralda 1769- son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2008 yil 5-fevraldagi 01/19-18/01,3- sonli qarori bilan tasdiqlangan.
7. 7-SON MBMS «Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo'yiladigan umumiy talablar» O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 5 sentyabrda 1851- son bilan ro'yxatga olingan Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2008 yil 19 avgustdagi 01/19-18/13-son qarori bilan tasdiqlangan.
8. 8-SON MBMS «Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash» O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 28 oktyabrda 2025- son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2009 yil 6 oktyabrda 01/19-18/20-sonli qarori bilan tasdiqlangan
9. 9-SON MBMS «Biznes qiymatini baholash» O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 28 oktyabrda 2026- son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2009 yil 6 oktyabrda 01/19-18/19-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
10. 10-SON MBMS «Ko'chmas mulk qiymatini baholash» O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 18 noyabrda 2044- son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2009 yil 12 oktyabrda 01/19-18/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
11. 11-SON MBMS «Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash» O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 19 oktyabrda 2279- son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2011 yil 19 sentyabrdagi 01/19-1 8/06- sonli qarori bilan tasdiqlangan.
12. 12-SON MBMS «Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan ko'chmas mulk qiymatini baholash» O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 8 mayda 2359-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2012 yil 25-martda 01/19-18/06-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
13. 13-SON MBMS «Intellektual mulk ob'ektlari qiymatini baholash» O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 18 iyunda 2371-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasining 2012 yil 22-maydagi 01/19-18/06-sonli qarori bilan tasdiqlangan
Baholash ob'yektlarini baholash ushbu Qonunda, qonun hujjatlari va standartlar asosida, nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Baholashni o'tkazishning majburiyligi. Baholashni o'tkazish davlatga to'la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash ob'yektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan:
- baholash ob'yektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
- baholash ob'yekt laridan garov narsasi sifatida foydalanilayotganda;
- baholash ob'yektlari sotilayotganda yoki o'zga shaxsga boshqacha tarzda o'tkazilayotganda;
- baholash ob'yekt lari bilan bog'liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;
- baholash ob'yekt lari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholashni o'tkazish baholash ob'yektining qiymati to'g'risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
- mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda;
- ipoteka krediti berilayotganda;
- taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo'linayotganda;
- mol-mulk mulkdorlardan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo'yilayotganda;
- soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'g'ri to'lanishi ustidan nazorat o'tkazilayotganda majburiydir.
Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlar ushbu litsenziyaning tartib (ro'yxatdan o'tkazilganlik) raqami va berilgan sanasi ko'rsatilgan holda, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug'urta polisining mavjudligi haqidagi ma'lumotlar kiritilishi shart. Baholash ob'yektini baholashdan o'tkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qo'yiladi va u baholash ob'yekti qiymatining baland-pastligiga bog'liq bo'lishi mumkin emas. Baholash ob'yektini baholashdan o'tkazish natijalari baholash to'g'risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar etkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo'ladi. Buyurtmachiga etkazilgan zararning, shu jumladan, boy berilgan foydaning o'rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak. Baholovchi baholash ob'yektini baholashni sifatsiz o'tkazganligi yoki lozim darajada o'tkazmaganligi, mahfiy ma'lumotlarni oshkor etganligi natijasida etkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar ko'rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi. Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar o'z manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birlashishi mumkin. Baholash faoliyati amalga oshirilayotganda yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda hal etiladi.
Baholovchi tashkilot o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyish-lariga, boshqa normativ hujjatlarga, amal qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas'uliyatini oshirish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qaror yangi bosqichga yo'l ochdi.
Mazkur qaror baholash tashkilotlarining vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini to'laqonli belgilab berdi:
Baholovchi tashkilotlarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- baholash ob'yekti qiymatini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; baholash to'g'risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ta'minlash;
- baholovchilar tomonidan baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish va ularning kasbiy saviyasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Baholovchi tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
- baholash metodlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil qo'llash;
- ob'yekt ni baholashni amalga oshirishda buyurtmachidan hujjatlardan foydalanishning ta'minlanishini talab qilish, ushbu baholash uchun zarur bo'lgan tushuntirishlar va qo'shimcha ma'lumotlar olish;
- uchinchi shaxslardan ob'yektni baholash uchun zarur bo'lgan axborotni so'rab olish. Ko'rsatib o'tilgan axborotni berishning rad etilishi baholashning haqqoniyligiga jiddiy ta'sir qilgan taqdirda baholovchi buni baholash to'g'risidagi hisobotda ko'rsatadi;
- baholashni amalga oshirishda qatnashish uchun baholovchilarni va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
- buyurtmachi tomonidan shartnoma shartlari buzilgan, baholash ob'yekt i to'g'risidagi zarur axborotning taqdim etilishi yoxud shartnomaga muvofiq ish sharoitlari ta'minlanmagan hollarda baholashni amalga oshirishni rad etish;
- baholovchilarning professional birlashmalariga a'zo bo'lish ;
- baholash faoliyati bilan bog'liq bo'lgan professional xizmatlarning quyidagi turlarini ko'rsatish:
- baholash to'g'risidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o'tkazish;
- investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
- baholash jarayonini avtomatlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish;
- baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ommalashtirish.
Baholovchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan xizmatlar ko'rsatilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Baholovchi tashkilotlar qonun hujjatlariga va baholash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Baholovchi tashkilotlar quyidagilarga majbur:
- baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablariga va qonun hujjatlarida belgilangan shartlarga rioya qilish;
- baholash ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachi talabiga ko'ra baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani, baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini ko'rsatish;
- baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan xolisona baholashga to'sqinlik qiladigan vaziyatlar vujudga kelganligi oqibatida o'zining baholashni amalga oshirishda qatnasha olmasligi to'g'risida buyurtmachiga xabar qilish;
- buyurtmachining so'roviga ko'ra baholash faoliyatini reglamentlovchi qonun hujjatlari talablari to'g'risidagi axborotni taqdim etish;
- baholash davomida olinadigan hujjatlarning saqlanishini ta'minlash;
- mol-mulkni baholash jarayonida aniqlangan uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilishi, shuningdek qonunchilikning buzilishi holatlari to'g'risida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga xabar qilish;
- amalga oshirilgan baholash ishlarining natijalari bo'yicha baholash to'g'risidagi hisobotlar nusxalarining baholash tashkilotida uch yil mobaynida saqlanishini ta'minlash;
- baholash davomida buyurtmachidan olingan axborotning oshkor qilinmasligini ta'minlash;
- baholovchilarning har yili malaka oshirish kursidan o'tishini ta'minlash ;
- baholovchilarning professional birlashmalari so'roviga ko'ra baholovchi tashkilotlar reytingini baholash uchun axborot taqdim etish.
Baholovchi tashkilotlar qonun hujjatlariga va baholash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Baholovchilar nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilotlar bilan nazorat organlari yoki huquqni muhofaza qilish organlari o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosidagina mutaxassislar sifatida qatnashishlari mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8-maydagi 210-sonli “Baholash faoliyatini litsenziyalash to'gorisida”gi qarori baholash faolyatini litsenziyalash tartibini belgilab berdi.
Professional jamoat tashkilotlarini rivojlantirish yo'nalishlari va bosqichlari Qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilar zarur:
1) baholash faoliyati sub'yektlariga ularning talablari va manfaatlariga maksimal darajada javob bera oladigan tashkilot a'zosi bo'lish huquqini berish maqsadida baholovchi tashkilotlar uyushmasini tashqil etish;
2) tajriba almashish hamda baholash faoliyatining metodologik bazasini rivojlantirishda yordam berish maqsadida turli mamlakatlarning professional jamoat tashkilotlari bilan xalqaro jamoatchilik aloqalari borasidagi ishlarni faollashtirish;
3) Respublikaning oliy o'quv yurtlari va o'quv markazlari bilan birgalikda tegishli ta'lim dasturlari, o'quv jarayonida va imtihon komissiyalari ishida qatnashish dasturlarini tayyorlash ishlarini tashkil etish;
4) Respublikaning barcha mintaqalarini qamrab olgan holda baholash faoliyatining amaliy masalalari bo'yicha muntazam asosda treninglar, seminarlar, master-klasslar o'tkazish amaliyotini joriy etish;
5) keng doiradagi baholash faoliyati sub'yektlarini jalb etgan holda professional jamoat tashkilotlarining ish rejalari ishlab chiqilishini amaliyotga olib kirish va bunda shu rejalar ijrosi qanday borayotganligini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan hamma kirishi mumkin bo'lgan internet-saytda yoritish shartini qo'yish;
6) Respublikadagi baholovchi tashkilotlarga muntazam ravishda reyting baholari berish va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish mexanizmini ishlab chiqish hamda amaliyotga kiritish;
7) baholash uchun buyurtma beruvchilarga ularning baholash faoliyati sohasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiradigan ishonch xizmatini tashkil etish;
8) baholashga doir aniq masalalarni muhokama qilish maqsadida banklar vakillari, auditorlar, buxgalterlar hamda baholash natijalaridan foydalanuvchi va baholashga buyurtma beruvchi boshqa shaxslar o'rtasida muntazam ravishda uchrashuvlar o'tkazib turish.
2013-2015 yillarda:
1) Respublika baholovchi tashkilotlarining xalqaro obro'sini oshirish maqsadida Evropa baholovchi uyushmalari guruhi (TEGoVA), Baholash standartlari xalqaro qo'mitasi (IVSC) kabi va boshqa xalqaro baholovchi tashkilotlarga a'zo bo'lish hamda ular ishida bundan buyon faol qatnashish;
2) Respublika baholovchilari muntazam asosda Diplomli baholovchilar qirollik instituti (RICS)ning xalqaro sertifikatini olish uchun tayyorgarlikdan o'tishlari va imtihonlar topshirishlarini tashkil etish;
3) davlat bilan baholash faoliyati sub'yektlari o'zaro samarali hamjihatlikda ish olib borishlari mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.
Respublika mintaqalarida baholash faoliyati tizimini rivojlantirishning asosiy vazifasi Respublikaning barcha mintaqalarida baholash faoliyati bir maromda va barqaror yuksak darajada rivojlanishini ta'minlashdan iborat. Qo'yilgan vazifani hal etish uchun quyidagilar zarur:
1) professional jamoat tashkilotlari Respublikaning barcha mintaqalarida filiallar ochilishini tashqil etishi kerak;
2) Baholash faoliyati bo'yicha milliy kengash Respublika mintaqalaridagi rivojlanish bilan bog'liq muammoli masalalar yuzasidan ular bilan samarali tarzda birgalikda ishlash mexanizmini joriy etishi zarur.
2013-2015 yillarda:
1) Baholash faoliyati bo'yicha milliy kengash majlislarida professional jamoat tashkilotlarining mintaqalarda baholash faoliyati darajasini yuksaltirish bo'yicha ish rejalari qanday bajarilayotgani to'g'risidagi hisobotlarini muntazam ravishda tinglab borish.
Respublikamizda mulkni baholash sohasi endi rivojlanib kelayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Baholashga bo'lgan talab bozor iqtisodiyotiga o'tganimizdan keyin yuzaga kela boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |