Badiiy so’z qudrati



Download 0,84 Mb.
bet47/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
MUXAMMAS

Yod mandin kim berur, yaxshi zamonlar ko'rdiman,

Rind sarxayli-yu xush ayshe damodam surdiman,

Halqayi ushshoqda bazm-u majolis qurdiman,

Mushti xokam, davru davronlarni lekin ko'rdiman,

Xush dimog' etgan mayi sofi hariflar durdiman.

Qilmadim shukronayi, soldurdi tufroq oshima,

Qolmadi ju'z dard-u g'am hamdam, musohib qoshima,

Haq o'zi rahm aylag'ay, ohi sahar, ko'z yoshima,

Tafriqa toshini yog'durdi zamona boshima,

Xonumon ovora, selobi havodis surdiman.

Nozili hukmi qazo hech kim rad-u man' etmadi,

Barcha bo'yniga solan bu rishtani qat' etmadi,

Ahli hole topmadim boshdin balo daf etmadi,

Kulfatu g'urbani tuzluk sunnati raf etmadi,

Xor-u beqadramki, mundin ortinib, jubrindiman.

Voqife yo'q, bu musofirlig'da mandin ne o'tar,

Baski, yuz ko'yi bila ro'zi kelib, ro'zi ketar,

O'zmag'ay mundin balo-yu bo'lmagay mundin batar,

Aqrabolar suhbatimdin or etar, qoshin chatar,

Salb dillarda, nazarlarda karih siprindiman.

Yaxshi vaqtlar yod etib, undin ketib, mundin qolib,

Harza ashki tifldek ayni nazarlardin solib,

Nosara dirham sifatliq rad qilib, qo'lga olib,

1 Ko'rdiman - ko'rdim, ko'rganman. 2 Rind sarxayli - mayparastlar davraboshisi. 3 Xush - yaxshi, ko'ngilli. 4 Halqayi ushshoq - oshiqlar davrasi. Allohga oshiq so'fiylarning davra qurib zikr­ga tushishi. 5 Majolis - majlislar, yig'inlar. 6 Mushti xokam - bir siqim tuproqman. 7 Hariflar - ulfatlar, sheriklar. 8 Durdiman - quyqasiman. 9 Ju'z - bo'lak, boshqa. 10 Tafriqa - bo'linish, ixtilof, parchalanish. 11 Selobi havodis - hodisalar seli. 12 Nozil - tushirilgan, yuborilgan. 13 Hukmi qazo - qazo hukmi, o'lim hukmi. 14 Qat' etmadi - kesmadi. 15 Ahli hol- holingni tushunuvchi­lar, hamdardlar. 16 Tuzluk sunnati - to'g'rilik yo'li. 17 Raf' etmadi - o'rtadan ko'tarmadi, yo'qot­madi. 18 Jubrindi - chuvrindi. 19 Voqife yo'q - xabardor yo'q. 20 Qoshin chatar - qoshini chimi­rar, yoqtirmas. 21 Salb dil - dilidan tongan, inkor etgan. 22 Karih - jirkanch. 23 Harza - behuda. 24 Ashki tifl- bolaning ko'zyoshi. 25 Ayni nazarlardin - ko'z kosasidan. 26 Nosara dirham - qadrsiz dirham, pul.

Dasta farsuda, yuzi qaytib, oyoqlarda qolib,

Ko'hna tiyg'i tah-batah g'am zangi tutg'on kundiman.

Oh, bu umri kiromni sarfi g'aflat ayladim,

G'ussayi behuda asbobi nadomat ayladim,

Bilmadim o'z aybimi, xalqqa mazammat ayladim,

Shukr shahdin bilmadim, kufroni ne'mat ayladim,

Zaxmi nishi ro'zgor ahlini talxu tundiman,

Hukm jori, so'z qabuli, bir duri dargo'sh edim,

Ahli davlatlar bilan yor-u harif, hamdo'sh edim,

Hoy-hoyi bazmlarda shahd no'sho-no'sh edim,

Xush zamonlar «yuz» qazoni boshida sarpo'sh edim,

Bu zamon yavg'on qazon ostida qolg'on yundiman,

Charxi dun qildi manga javr-u jafolar behisob,

Gardishi davron berur har lahza yuz ming pechutob

Har sori yeldim-yugurdim suv sonib mavji sarob,

Tashna lab, gardi kudurat zeri poyinda xarob,

Bahri davlatdin yiroq, gardan shikasta mo'ndiman,

Kasrati yo'qluq, tama, kettirdi qadr-u qiymatim,

Yuz sarig'liq yerga urdi obro'-yu izzatim,

G'ayrdin izhori matlab ayladi dun fitratim,

Aql zoyil, umr kam, besh o'ldi dardu mehnatim,

Davlat urgan pushti poyu, baxti bad chirkindiman

Man kimam? Gumnomu nokom-u jahon ovoraye,

Diyda namnok-u giribon chok-u bag'ri poraye,

Noqabuli marhami, nosur bitmas yoraye,

Bekase mushti xase, bir bandayi bechoraye,

Sobiram, rozi qazo, tiyri balog'a ko'ndiman.

1 Dasta farsuda - dastasi eskigan, tutqichi yo'q. 2 Kundi - o'tmas. 3 Umri kiromni - aziz umrni. 4 Asbobi nadomat - pushaymonlik, afsus asbobi. 5 Mazammat - yomonlash, tergash, ayb­sitish. 6 Shukr shahdin - shukurning shirinligini. 7 Kufroni ne'mat - nonko'rlik, yaxshilikni bilmaslik. 8 Nish - nayza, nishtar. 9 Talxu tundiman – achchiq’u sovug'iman. 10 Hukm jori – hukmi bajariladigan, o'tadigan. 11 Duri dargo'sh - quloqdagi dur. 2 Hamdo'sh - yelkadosh. 13 Hoy-hoyi bazmlarda - katta bazmlarda. 14 Sarpo'sh - qopqoq. 15 Yundiman - yuvindiman. 16 Charxi dun - teskari, tuban dunyo. 17 Gardishi davron - o'zgaruvchan davron. 18 Pechutob - to'lg'anish, iztirob, azob. 19 Suv sonib mavji sarob - sarob (yo'1 narsa)ning mavjini suv hisoblab... 20 Gardi kudurat­ – g’am changi. 21 Zeri poyinda - oyoq ostida. 22 Gardan shikasta mo'ndiman - og'zi siniq ko'zaman. 23 Kasrati yo'qluq - doimiy yo'qlik, muhtojlik. 24 Tama' - ochko'zlik, tama'girlik. 25 Obro'-­e'tibor. 26 Izhori matlab - talab qilish, istakni bildirish. 27 Dun fitrat - tuban fe'l, pastkash tabiatli. 28 Aql zoyil - aql ketdi, yo’qoldi. 29 Besh o'ldi - ko'paydi, ortdi. 30 Pushti po urmoq - e'tiborsiz qoldirmoq, tark etmoq. 31 Chirkindi - ifloslangan, kirlangan. 32 Gumnom - nomsiz, oti yo'q. 33 Diyda namnok - ko'z yoshli. 34 Giribon chok - yoqavayron. 35 Noqabuli marhami - malham ta'sir qilmaydigan, dori foyda bermaydigan. 36 Nosur - yomon, bitmas, xunuk. 37 Bekas - yolg'iz, hech kimi yo'q. 38 Mushti xase - bir siqim xasday. 39 Sobiram - sabrliman. 40 Tiyri balog'a ­baloning o'qiga.

Xeshman, darvishi miskin, mustahiq devonadin,

Bahramand et iltifot-u himmati mardonadin,

Sen turub, loyiqmidur, qilmoq tama' begonadin,

Qiblagoho, mandin ikroh etma yer mayxonadin,

Jo'shi borkim sof maysan, man g'ubor-u durdiman.

Yuz farozidin ozib, tushdum nishibi qirqqa,

Xavfu biym-u vahm arosinda qaribi qirqqa,

Dona deb pobast o'lub, domi firibi qirqqa,

Voy, yuz ming voy, yuz bo'ldim firibi(?) qirra,

Hokimi Dizzax muti' -u payravi jurqundiman.

1 Xeshman - qarindoshman. 2 Miskin - bechora, siniq. 3 Mustahiq - haqli. 4 Ikroh etma - jirkanma, ayama. 5 Jo'sh - qaynoq, kuchli. 6 Farozidin ozib - balandligidan adashib, yuksakligidan hovliqib. 7 Nishibi qirq - qirqning pastligiga. 8 Biym - qo'rquv. 9 Qaribi qirqqa – qirqning yaqiniga. 10 Dona - don, yemish. 11 Pobast o'tub - oyog'im bog'lanib. 12 Domi firihi qirqqa - qirqning hiyla tuzog'iga. 13 Jurqundi - anqov, lallaygan, gunohkor.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish