SHUKUR XOLMIRZAYEV (1940-yilda tug’ilgan)
Shukur Xolmirzayev zamonaviy o'zbek nasrining zabardast vakillaridan biridir. U adabiyot maydoniga 1950-yillarning oxirida kirib keldi. Dastlabki asarlaridan boshlab hayotning o'ziga yaqin va tanish jihatlarini qalamga oldi, tasvirda samimiylikka intildi, qahramonlar ruhiy olami tahliliga alohida e'tibor berdi. Sh. Xolmirzayev 1940-yilning 24-martida Surxondaryo viloyatida, Boysun tumanidagi Shahidlar guzarida dunyoga keldi. Otasi Fayzulla Xolmirza o'g'li asli Bulung'urdan bo'lib, sho'rolar tuzumining dastlabki davrida yuqori lavozimlarda ishlagan. Millatning asl farzandlari qatag'on qilingan 1937-1938-yillarda sho'rolar xurujidan qochib, Boysunga ketishga majbur bo'lgan. Bu yurtda bo'lajak adibning onasiga uylanadi. O'sha yerda tuman gazetasiga muharrirlik qiladi. Lekin u qonsiragan sho'ro hukumati changalidan qutula olmaydi. 1940-yilning o'rtalarida sho'ro hukumati tomonidan qamoqqa olingan Fayzulla Xolmirza o'g'li sovug'i qahrli Magadan o'rmonlarida og'ir mehnatdan sillasi qurib, 1944-yilda vafot etadi. Bo'lajak yozuvchining onasi ham ishchan va o'ziga yarasha ma'lumotli ayol edi. Shu bois u uzoq yillar tuman miqyosidagi rahbarlik lavozimlarida ishlab keldi. Shukur Xolmirzayev Boysundagi o'rta maktabni tugatgach, 1958-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning filologlya fakultetiga o’qishga kirdi va uni 1962-yilda bitirdi. Shundan so'ng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jurnallar tahririyatlarida mehnat qildi. Shukur Xolmirzayev juda erta ijod qila boshladi. Uning dastlabki kitoblari talabalik vaqtida chop etildi. Adib «Oq otli” deb ataluvchi birinchl qissasi bilanoq, o’quvch’lar e’tiborini qozondi. «To'lqinlar» qissasi esa mashhur yozuvchi Abdulla Qahhor tahsiniga sazovor, bo'ldi. Sh.Xolmirzayev ilk qadamlaridanoq adabiyotga o’ziga xos ovoz, o’zgacha tasvir usuli va alohida badiiy idrokka ega yozuvchi kirib kelganligini ko'rsatdi. Sh.Xolmirzayevning «Oq otli» (1962), «To'lqinlar» (1963), «O'n sakkizga kirmagan kim bor» (1964), «Taqdir bashorati» (1968), «Yo'llar, yo'ldoshlar» (1973), «Yur, tog'larga ketamiz» (1976), «Cho'loq turna» (1978), «Tuproq ko'chalar» (1978), «Qush tili» (1982), «Qahramonning so'nggi kunlari» (1984), «Tog'larga qor tushdi» (1986), «Abdulla Nabi o'g'lining so'nggi kunlari» (1983), «Esiz, Eshniyoz!» (1988), «Bulut to'sgan oy» (1997) kabi hikoya va qissalari o'quvchilar e'tiborini qozongan. Adibning «So'nggi bekat» (1976), «Qil ko'prik» (1984), «Yo'lovchi» (1987), «Olabo'ji» (1991), «Dinozavr» (1996) asarlari o'zbek romanchiligi taraqqiyotida o'ziga xos o'rin tutadi. Yozuvchi 1987-yilda «Qora kamar» dramasini yozdi. Inson taqdiri butun fojiaviy ko'lami bilan aks ettirilgan bu drama adabiyotimizda muhim o'rin tutadi. Asarda yolg'on e'tiqod insonlarni qay kunlarga solishi va e'tiqodsizlik millatni qanchalar tubanlashtirishi mumkinligi yorqin obrazlar orqali haqqoniy aks ettiriladi. Dramaning bosh qahramoni Xurrambek - millat ozodligi uchun boshini tikkan shaxs. Lekin e'tiqodsiz odamlar tomoshabin bo'lib turadilar, Abdulla Nabiyevga o'xshab yolg'on e'tiqodga aldanganlar esa unga qarshi kurashadilar. Xurrambek Vatan mustaqilligi uchun jangga kirgan, lekin vatandoshlari uni bosmachi deb hisoblashadi. Xurrambek fikr kishisi, yirik va yorqin shaxsiyat egasi. U ezgu niyatlar qilgan, o'z oldiga pokiza maqsadlar qo'ygan. Ammo millatdoshlarning ma'naviyatsizligi uni qonxo'rga aylantiradi. Qo'rboshining Abdulla Nabiga: «... sening safdoshlaring bir kun kelib yig'laydilar! O'sha o'ris yig'latadi... Bosqinchi hech qachon bosib olgan fuqarosi boshini silamaydi! Silasa, aldash uchun silaydi!... Lekin yomon aldangansan, jigar», - deya qilgan alamli nidosi kishining vujudiga titroq soladi. Nafaqat atrofidagilar, yaqinlari, safdoshlari, hatto o'z farzandi ham tushunmagan oriyatli Xurrambekning insoniy iztiroblari asarda g'oyat yuksak badiiy kuch bilan tasvirlangan. Drama Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. 1991-yilda adibga O'zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berildi. Sh. Xolmirzayev birinchi navbatda hikoyanavis sifatida tan olingan yozuvchidir. Adib nasrning bu mo'jaz janrida inson tabiatiga xos ruhiy iztiroblar-u tuyg'ular tovlanishini butun murakkabligi bilan ko'rsata oladi. Uning <
Do'stlaringiz bilan baham: |