Badiiy so’z qudrati



Download 0,84 Mb.
bet9/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
8-mart, 1319 (1904).

Bugun Pirbelichega qaytmoq uchun batalyon qo'mondonligidan buyruq oldim. Kelgan pochta ma'lumotlaridan bildimki, Monastirga ketyapmiz. Alvido, ey hanuz Ismini bilmaganim, lekin ruhini anglaganim go'zal qiz! Bir oy bu qadar tez o'tdi. Hech bo'lmaganda uzoqdan, mayli, u xayoliy bir ishq bo'lsin, sezmaganlar naqadar badbaxtdirlar! Hayot achchiq bir dori... Ishq unga aralashtirilgan bir shakar! Bu dorini shakarsiz ichmoqchi bo'lganlarning holiga voy! Ikki oydirki, najotsiz to'lg'onaman. olis kelajak orzulari dimog'imni to'ldiradi, rohatimni oladi. O'n besh metrlik bir maso­fadan durbinim bilan eng nozik nuqtalarigacha kuzatganim bu jonli haykal ruhimda qiyomatlar yasadi. Kunlarning, soatlarning qanday o'tganini sezmagan edim. Endi bu yerga kecha kelgandekman. Bir oy davomida uch martagina tashqari chiqdim. Bu ham askarlarga oziq-ovqat olish uchun. Qaysi xonada bo'lmay, kasalimga bahona topardim. Yordamchimga oqshom tanbeh berib:

- Kechasi yotganda derazangizni yaxshilab berkiting. Shamollab qolasiz. Bir marta derazani ochgan edim, tumov-puchqoqdan bo'shamayman! Yolg'on gapirmoqda edim. Bir oy davomida kunduzlari derazani hech bir berkitmadim. Xona ichida shinelimni kiyib o'tirdim,

Ertaga tushlik oldidan yo'lga chiqamiz. Yordamchimga tayyorgarlik ko'rishni buyurdim. Bu oxirgi kecha... Mendan oldin kelib-ketganlarning devordagi yozuvlariga men ham bir narsalar ilova qilarman. Ammo nimani? Buni hali bilmayman.

«Nash, nash, Charigrat nash...»

Bu satrlarni qog'ozga tushirar ekanman, u go'zal ma’sum muhabbatimizning mushtarak nag'masini takror etardi. Ajabo, mening ertaga ketishimni, uni abadiyan ko'rmaydigan bo'lib

Ketishimni bilsa... Bir oydir, bu ishq faryodini, bu tog'larning

1 Pirbeliche - joy nomi. 2 Monastir - joy nomi.

pokiza shamollari singari kuchli va muazzam faryodini barobar tingladik. ... Erta ketish oldidan unga «bir yodgor» qoldirmoq istayman. Chemodanimda ochilmagan kichkina bir shisha atir bor. Shuni berib yuboraman. Lekin kim orqali? Uy egasi mayxonachi nihoyatda mutaassib! Balki xizmatkorini ko'ndirarman. Yo'lga chiqishdan o'n daqiqa oldin berib yuboraman. Qishloqdan chiqqanimda, yo bo'lmasa, chiqqanimdan so'ng hadyani oladi. Na qaytarib yubora oladi, na tashakkur... Devorga lotin harflari bilan bir oydan buyon birgalikda aytayotgan qo'shig'imizning naqarotini yozdim. Bir kuni men kabi bu yozuvlarni o'qiydiganlar ichida biror bulg'orcha biladi­gani bo'lsa, bu yerda ishq mojarosi yotganini anglar. Zotan, boshqa nima yozmay, ruhimning sarguzashtini ushbu to'rt so'zday ifoda etolmas:

«Nash, nash, Charigrat nash...».




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish