Badiiy so’z qudrati


IV. Qizining boshiga tushgan kulfatni eshitib, Navdarshohning



Download 0,84 Mb.
bet17/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
RAUF PARFI (1943- 2005)

O’zbek she'riyati yangi davrida o'ziga xos yo'nalish yaratgan shoir Rauf Parfi, taxallusi - O'zturk, 1943-yilning 27 -sentabrida Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumaniga qarashli Sho'ralisoy qish­log'ida tug'ildi. Otasi - Parfi Muhammadamin savodli, qalb ko'zi ochiq kishi bo'lib, Farg'onaning Vodil qishlog'idan sho'rolar quvg'ini tufayli, Sho'ralisoyga kelib qolgan. Onasi – Sakinaxonim Isabek qizi ham zavqi baland, kitob ko'rgan, mumtoz adabiyotni biladigan ayol bo'lib, u kishi ham asli Farg'onadan edi. Rauf Parfi yetti yoshida Sho'ralisoydagi to'liqsiz o'rta maktabga o'qishga boradi va u yerda 1956-yilgacha o'qiydi. So'ng qo'shni qishloqdagi o'rta maktabga o'tib, bu yerda tah­silni 1958-yilgacha davom ettirdi. Sakkizinchi sinfni tugatgach, o'qishni Yangiyo'l shahridagi kechki maktabga o'tqazib, mehnat faoliyatini boshladi. U Yangiyo'l tuman gazetasida musahhih bo'lib ishladi. O'rta ma'lumot olgach, 1960-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga o'qishga kirdi. Dorulfununni 1965-yilda bitirdi. Lekin «Markscha-lenincha falsafa» deb atalmish fandan qayta imtihon topshirishni ista­may, diplom ololmadi. 1966-1967-yillarda Rauf Parfi Yangiyo'lda chiqadigan «Kolxoz haqiqati» gazetasi muxbiri bo’lib ishladi. 1967-yilda Tohkentga ishga kelib, Kinematografiya davlat qo’mitasida, 1971-1977-yillarda G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir lavozimida faoliyat ko'rsatdi. So’ng «Oydin» gazetasida, 1987-yilgacha yana G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda mehnat qildi. 1987-1989-yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1989-yildan 1997-yilgacha O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Targ'ibot markazida katta muharrir, 1997-1999-yillarda «Jahon adabiyoti» jurnali bo'lim mudiri vazifalarida ishladi. Olamga o'ziga xos ko'z bilan qaraydigan, uning boshqalarga yashirin go'zalliklari va qabohatlarini payqay biladigan Rauf Parfi bolaligidan kitobga o'ch edi. Xayolparast va tortinchoq bu bola qo'liga tushgan har qanday kitobni o'qib tashlardi. Hatto deyarli tushunmasa-da, rus tilidagi kitoblarni ham o'qiyverardi. Rauf Parfi badiiy didi va dunyoga qarashi shakllanishida otasining jo'rasi, mumtoz adabiyotning bilimdoni, taniqli g'azalnavis shoir Abdurahmon Vodiliyning ta'siri

katta bo'ldi. Vodiliy hassos qalbli ta'sirchan o'smirga chi­nakam she'riyat qanday bo'lishi haqida, she'rning badiiy joziba qudrati to'g'risida gapirib berar, sanoqsiz misralarni misol

tariqasida yoddan keltirib, Raufni hayratga solardi. Rauf Parfining birinchi she'ri o'n yoshida Stalin vafotiga bag'ishlab yozilgan marsiya edi. U maktabning devoriy gaze­tasida bosilgan. Ko'p o'tmay, talantli o'smirning she'rlari tuman gazetasida chop etila boshladi. Birinchi bosqich talabasi ekanida uning qalamiga mansub «Laylo» she'ri o'zbek yoshlarining eng sevimli qo'shig'i sifatida kuylanardi. Shoirning dastlabki she'rlar kitobi - «Karvon yo'li» 1969-yilda bosildi. Shundan keyin turli yillarda uning «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko'zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1989), «Tavba» (2000) kabi bir qator she'riy kitoblari chop etildi. Milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari uchun 1999-yilda Rauf Parfiga «O'zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. Ajoyib san'atkor shoir 2005-yil 28-martda dunyodan o'tdi. Rauf Parfi o'zbek o'quvchilarini jahon she'riyatining eng sara namunalaridan bahramand etish yo'lida bir qator tarjimalar ham qilgan. Chunonchi, Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari», Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli» kabi asarlari Rauf Parfi qalami tufayli o'zbek kitobxonlariga yetib borgan. Rauf Parfining umr yo'li g’oyat qiziqarli va o’ziga xos. Jumladan, bu haqda shoir shunday yozadi.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish