ABDULLAJON MARSIYASI
Qushlar, qushlar qator-qator,
Qushlar, uyga qaytingiz.
Abdullajon qaytmas zinhor,
Yor-do'stlarga aytingiz.
O'ynar bo'ron, o'ynar bo'ron,
O'ynar mening boshimda.
Endi yo'qdir Abdullajon
Yigirma besh yoshida.
Yo'llar uzun, yo'llar uzun,
Kunlar ham ko'p cho'zildi.
Qonli yoshlar to'kdi ko'zim,
Jigar-bag'rim ezildi.
Poyezd chopar, poyezd chopar,
Poyezd chopar Sibirdan.
Abdullajon jonsiz yotar,
Qarorgohi temirdan.
Bo'zlar osmon, bo'zlar osmon
Bo'zlab bersa bo'z to'rg'ay.
Ko'zlarini Abdullajon
Bir dam ochsa na bo'lg'ay.
Nafas olmay ul uxlaydi,
Ko'kragida o'ng qo'li.
Yer yig'laydi, el yig'laydi,
Yig'lar o'zi ham o'lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |