Badiiy so’z qudrati



Download 0,84 Mb.
bet64/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
SALOTIN BOBIDA

Ey, falak? avjidin o'tub rifating,

O-yu quyoshdin cholinib navbating.

Taxting o'lub davlati jovidi mulk,

Soyayi chatring aro xurshedi mulk.

Toj boshingdin bo'lubon sarbaland,

Taxt ayog'ingdin o'lub arjumand.

Haqki, so’lib soyayi ra'fat sanga,

Ro'zi etib taxti xilofat sanga.

Ayladi olingda biyiklarni past,

Dahr zabardastlarin zerdast.

Xalqni olingda qilib notavon,

Borchasig'a ayladi hukmung ravon.

Xizmatinga elni zabun ayladi,

Qadlarin olingda nigun ayladi.

Bil munikim, sen dag'i bir bandasen,

Ko'pragidin ojiz- u afgandasen.

Ermas alar tufrog'u sen nuri pok,

Xilqat alarg'a-vu sanga - tiyra xok.

Barcha javorih bila a'zoda teng,

Surati nav'i-yu hayuloda teng.

Lek hunar ichra, kamol ichra ham,

Xulqi xush-u lutfi maqol ichra ham.

Ham ravishi adlu ham insof aro,

Hilm-u hayo bori avsof aro.

1 Rif'at - balandlik. 2 Navbat - nog'ora. 3 Jovid - abadiylik. 4 Mulk – mamlakat. 5 Chatr - chodir. 6 Xurshed - quyosh. 7 Sarbaland - yuksak, baland. 8 Arjumand - aziz, loyiq. 9 Soyayi raf'at - mehribonlik soyasi. 10 Taxti xilofat - xalifalik taxti. 11 Dahr - dunyo. 12 Zerdast - tobe', bo'ysunuvchi. 13 Notavon - ilojsiz, ojiz. 14 Zabun - ojiz, ezilgan. 15 Nigun - bukilgan. 16 Dag'I - ham. 17 Afganda - past, tuban. 18 Xilqat - yaratiq, yaratilgan narsa. 19 Tiyra xok - qora tuproq. 20 Javorih - badan muchalari. 21 Nav' - tur, jins, nav. 22 Hayulo - asl. 23 Hilm - yumshoqlik, muloyimlik. 24 Avsof - sifatlar.

Shar' tariyqida, ibodatda ham,

Haq yo'lida taqvi-yu toatda ham.

Sen tushubon yo'l nahajidin yiroq,

Ko'pragi sendin yurubon yaxshiroq.

Buki sanga tengri berib imtiyoz,

Saltanat avjida qilib sarfaroz.

Taxtni shaxsingg'a makon ayladi,

Mulk uza hukmungni ravon ayladi.

Munda dog'i qudratin ifsho qilib,

Hikmat ila qatrani daryo qilib,

Bildurub elga haq-u barhaqlig'in,

Anglatibon qodiri mutlaqlig'in.

Lek bu iqbolning o'trusida,

Bo'yla biyik martaba qarshusida.

Amr qilibdur necha xizmat sanga,

Ro'zi etibdur necha san'at sanga.

Biri aning ne'matig'a shukr erur,

Kimsaki shukr aylasa, ko'prak berur.

Shukr qilib, aylamasang ushtulum

Debdur o'zikim, “laazidannakum».

So'ngra raiyyatni vadoyi, dedi,

Xurram ani bilki, bu g'amni edi.

Garchiki, haq amri farovon erur,

Borchasi bir yon-u bu bir yon erur.

Bo'ldi raiyyat galavu sen shubon,

Ul shajari musmir-u sen bog'bon.

1 Shar' - shariat, diniy talablar. 2 Taqvi - taqvo, xudojo'ylik. 3 Nahaj - to'g'ri yo'l, yo'sin, yo’riq. 4 Sarfaroz - hurmatlangan, mag'rur. 5 Ifsho - namoyon etish, ko'rsatish. 6 O'tru - qarshi, ro’para. 7 Ro'zi etmoq - nasiba qilmoq, biror sifatni bermoq. 8 Ushtulum - zulm, jabr. 9 Laazidannakum - albatta, sizlarga orttiramiz («Qur'on” oyati). 10 Raiyyat – xalq. 11 Vadoyi' - omonat. 12 Farovon - ko'p. 13 Gala - to'da, to'p, poda. 14 Shubon - cho'pon. 5 Shajari musmir- mevali og'och.

Qo'yni shubon asramasa oy-u yil,

Och bo'rilar tu'masidur bori bil.

Boqmasa dehqon chamanin kunu tun,

Naxli tarin angla qurug'on o'tun.

Bo'rini dag'i galadin dur qil,

Suv beribon bog'ni ma'mur qil.

G'am yesang, ul gala manofe, berur,

Bog' gulu meva nofe, berur.

Gala tugansa-u qurusa shajar,

Xud sanga qolmas yana naf'u samar.

Istasa topshurg'onini kirdigor,

Fikr qil ul damki, javobing ne bor?

Ko'z och, agar xud bor esang rahshunos,

Ish ravishin ayla aningdek qiyos.

Kim ne kishikim, sanga mahkum erur,

Zulmunga bechora-u mazlum erur.

Garchiki, yo'q shavkat - u sarmoyasi,

Sendin erur ortiq aning poyasi.

Negaki, chun hashr kuni Zuljalol,

Zolim-u mazlumni aylar savol.

Anga evazdur, sanga sharmandaliq,

Anga biyiklik, sanga afkandaliq.

Til chekib ul xanjari po'loddek,

Ochilibon savsani ozoddek.

Senga binafsha kibi qaddi nigun,

Bosh ko'tara olmay uyotdin zabun.

1 Tu'ma - luqma, oziq. 2 Naxli tar - yashnagan ko'chat, ko'm-ko'k ko'chat. 3 Dur - Uzoq. 4 Manofe' - naflar, foydalar. 5 Nof'e - foyda. 6 Kirdigor - Yaratuychi. 7 Rahshunos - yo'l tanuv­chi, yo'l bilgich. 8 Ravish - yo'nalish, borish. 9 Mahkum - hukm qilingan, bo'ysundirilgan. 10 Mazlum - zulm qilingan, ilojsiz. 11 Sarmoya - mulk, boylik. 12 Poya - martaba. 13 Hashr­ - qiyomat. 14 Zuljalol – buyuklik egasi, ya'ni Alloh. 15 Savsan - gulsafsar.

Anda nishot-u senga anduh-u g'am,

Ul senga andoqki, anga sen bu dam.

Har ne xato qilg'oning o'lg'och hisob,

Bo'lg'usidir har biriga yuz azob.

Tengri bu dardingg'a davo aylamas,

Ushbu jihatdinki, haqulloh emas.

Garchi sinuq igna haq un - nosdur,

Bag'ring aro xanjari olmosdur.

Qilmasa mazlum gunohing bihil,

Do'zax arodir vataning muttasil.

Avfin aning tutmasang ummid sen,

Bilki tamug, o'tida jovid sen.

Kimga tikan bila qilibsen sitez,

Urg'usidur ko'ksungga yuz tig'i tez.

Kimki bo'lur bir shararing fosh anga,

Do'zax o'ti bo'lg'usi podosh anga.

Kimgakim bir rishta yeturding ziyon,

Qatlinga ul rishtani bilgil yilon.

Eyki, qaviy ayladi davlat qo'lung,

Zulm sori tushdi va lekin yo'lung.

Zulming emas erdi xaloyiqqa kam,

Kim qiladursen ani o'zungga ham.

Zulm o'zunga fisqdur, ey hushyor,

Gum qil ani, bo'lsa senga hush yor.

Chunki farah bazmig'a jazm aylading,

Aysh-u tarab azmig'a bazm aylading.

1 Nishot - shodlik, quyonch. 2 Haqulloh - Alloh uchun. 3 Haq un-nos - kishi haqi, birovning haqi. 4 Bihil - kechirish. 5 Vataning - joying. 6 Tamug' - do'zax. 7 Sitez - zarba berish, urish. 8 Sharar - uchqun. 9 Podosh - evaz, to'lov. 10 Rishta - ip. 11 Qaviy - kuchli. 12 Fisq - gunoh, axloqsizlik. 13 Gum - yo'q yo'qolgan. 14 Farah - xursandchilik. 5 Aysh-u tarab – maishat va shodlik.

Qasrki, bazm anda muhayyo bo'lib,

Ziynati firdavsi muallo bo'lib.

Pardalari rishtasi el jonidin,

La'li-yu shingarfi ulus qonidin.

Shamsasi el moli bila zarnigor,

El dur-u la'li bila gavharnigor.

Xishtini masjid buzubon kelturub,

Toshini el marqadidin yetkurub.

Anda tuzub masnadi shohanshahi,

Ayshu tarab jomi uchun mushtahi.

Bazmda soqiylar o'lub jilvasoz,

Ahli g'ino har sari dastonnavoz.

Harneki marg'ubi bo'lub nafsning,

Topilib ul bazmda bir yo'qki, ming.

Til bori ul debki, demak xo'b emas,

Ko'z ko'rubon oniki, matlub emas.

Arbadadin o'zga eshitmay quloq,

Komi uchun tutmay ilik juz ayoq.

Ho'yu g'uludin bu nishoting kuni,

Anglamayin kimsa muazzin uni...

Har birisi yuz tamayi xom aro

Yoyilibon kishvari islom aro.

Har sari bir mast o'lub oromjo'y

Bir buti gulruhdin o'lub komjo'y.

Mastlik uyqusi chu aylab hujum,

Barcha o'lukdek yotib ul xayli shum.

1 Firdavs - jannat. 2 Muallo - a'lo, oliy, yuksak. 3 Shingarf - qizil rang. 4 Shamsa - shiftdagi naqsh. 5 Zarnigor - hallangan, oltin suvi yuritilgan. 6 Gavharnigor - gavhar bilan bezalgan. 7 Xisht - g'isht, kirpich. 8 Marqad - qabr. 9 Masnad - daraja. 10 Mushtahi - ishtahali. 11 G'ino - sozanda. 12 Dostonnavoz - kuylovchi, aytuvchi. 13 Marg'ub - ma'qul, yaxshi. 14Arbada- shovqin. 15 Kom - maqsad, manfaat. 16 Ayoq - idish, qadah. 17 Ho'yu g'ulu – hoy-huy. 18 Muazzin uni – azon chaqiruvchining tovushi. 9 Tamayi xom - xomtama, yomon niyatli. 20 Kishvar - mamlakat. 21 Oromjo'y - orom istovchi. 22 Buti gulruh - gulyuzli sanam, but. 23 Komjo'y - maqsadga intiluvchi.

Subh chu zohir qilib anvarini,

Har yon ochib lam'ai ruxsorini.

Onchaki, sultoniy o'lub choshtgoh,

Uyquda sulton bila xaylu sipoh.

Ko'zlaridin uyqu chu ma'zul o'lub,

Har biri bir zulmg'a mashg'ul o'lub.

Ochibon elga sitam abvobini,

Qilg'ali paydo tarab asbobini.

Bo'ldi chu asbob muhayyo yana,

Kirdi tarab bazmig'a g'avg'o yana.

Yo'qki, zamona shahi bu shevalik,

O'z xudi holig'a ulug' to kichik.

Har kuni bu shan'at ila tungacha,

Har kecha bu g'aflat ila kungacha,

Ey xulafo o'rnida masnadnishin,

Ko'r o'z ishingniyu alarning ishin.

Qoida mundog'mu bo'lur, de, axi

Bir o'z ishingning g'amin ham, e, axi.

Haq seni adl etgali sulton etib,

Zulm ila sen xalqni vayron etib.

Ul seni ma'muri ibodat qilib,

Sen laabu lahvni odat qilib.

Necha bu bexudluq ila yil-u oy,

Voy, agar kelmasang o'zingga, voy!

Umr bu ishlar so'ngicha ketti, tut,

Marg nihibi boshingga yetti, tut.

1 Subh - tong, ertalab. 2 Zohir qilmoq - ko'rsatmoq. 3 Anvor - nurlar. 4 Lam'a - shu'la. 5 Sultoniy o’lib choshtgoh - quyosh yoyilgan payt. 6 Ma 'zul - haydagan, quvilgan, ketgan. 7 Abvob - eshiklar. 8 Shan'at - yaramas qiliq. 9 Masnadnishin - yuksak o'rinda o'tirgan. 10 Laabu lahv - o'yin-kulgi. 11 Bexudluq - devonalik, o'zini bilmaslik, tentaklik. 12 Marg nihibi - o'lim nidosi.

Chun hashamu xayldin ayrilg'asen,

Deki, bu a’mol ila ne qilg'asen?

Ne amali xayr sanga dastgir,

Ne sitaming ko'rguchi po'zishpazir.

Zulmni tark aylavu dod aylagil,

Marg kunidin dog'i yod aylagil.

Zulmung erur kunduzi, fisqing kecha,

Zulm ila fisqing necha bo'lg'ay, necha?

Gah-gahi yod ayla nadomatni ham,

Qaysi nadomatki, qiyomatni ham.

Jurm-u gunahdin kishi ma'sum emas,

Tarkini tutmoq dog'i mazmum emas.

Haqning erur sahvsiz ish lozimi,

Sahv erur lozimayi odami.

Sahvungga de uzr tavahhum bila,

Zulmdin et tavba tazallum bila.

Kimniki, bedoding etibdur asir,

Bo'l anga adl ilgi bila dastgir.

Roy ila zulmatni munir aylamak,

Lutf ila olamni asir aylamak.

Tig' agar cheksa nechukkim quyosh,

Aylamak oning so'ng'ida mehr fosh.

Shahlar aro bo'yla sifat kamdurur,

Kim Shahi G'oziyg'a musallamdurur.

1 A'mol- qilmish, amal, ishlar. 2 Dastgir - qo'llovchi. 3 Po'zishpazir - uzringni qabul etuv­chi. 4 Nadomat - pushaymon, afsus. 5 Jurm - jinoyat, gunoh. 6 Ma'sum - toza, pokiza, xoli. 7 Mazmum - yomon. 8 Sahv - xato. 9 Tavahhum - qo'rquv, vahima. 10 Tazallum - faryod. 11 Bedod - jabr, zo'rlik. 12 Munir - yoritish. 13 Bo'yla - bunday. 14 Shahi g'oziy - Husayn Boyqaroning unvoni. Din yo'lidagi janglarda g'olib chiqadigan shoh. 15 Musallam - taslim bo'lgan, bo'ysungan.

SALOTIN BOBIDA” MAQOLATI HAQIDA

«Hayrat ul-abror» - axloqiy-ta'limiy, falsafiy doston. Uning hajmi 3988 bayt (7976 misra) bo'lib, 64 bob, 20 maqolatni o'z ichiga oladi. Maqolatlar shu dostongagina xos bo’lib, adibning boshqa asarlarida uchramaydi. Dostonda shoir islomiy mezonlar, umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib Olam va Odam to'g'risidagi o'z mulohazalarini yuksak badiiy shaklda ifoda etgan. Alloh taolo o'zining cheksiz qudrati bilan olamlarni yarat­di. Ularning biri biz yashab turgan dunyodir. Bu olam maxluqoti - ashyolar, hasharot, hayvonot va nabotot dunyosi turfa va xilma-xil. Lekin olamni yaratishdan g'araz (maqsad) inson edi. Borliqdagi barcha narsalar bir-biridan go'zal va latif, lekin inson ulug' yaratildi. U - Borliqning gultoji. Bu haqida Navoiy Yaratganga murojaat qilib shunday yozadi:

Muncha g'aroyibotki misol aylading,

Borchani mir'oti jamol aylading.

Ganjing aro naqd farovon edi,

Lek boridan g 'araz inson edi.



Asarda boshqa mavjudotlardan imkon va imtiyozda ustun bo'lgan insonning bu olamdagi o'rni qanday, hayotining maz­muni nimalardan iborat bo'lishi kerak kabi muammolarga o'quvchining e'tibori qaratiladi. Muallifning bu boradagi fal­safiy qarashlari, chuqur mulohazalari quyidagi baytda o'zining yorqin ifodasini topgan: «Odamiy ersang, demagil odami, Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami». Baytning mazmuni quyidagicha: sen odam bo'lsang (ya'ni inson degan sharafli nomga loyiq bo'lsang), xalq g'amidan g'ami yo'qlarni (ya'ni xalq tashvishidan yiroq bo'lganlarni) odam deb hisoblamagin. Demak, inson boshqalarga manfaat yetkazish, xalq og'irini yengil qilish maqsadi bilan yashasagina o'ziga berilgan umr mazmunini anglab yetgan hisoblanadi. Yo'qsa, uning boshqa hayvonlar, hasharotlardan farqi yo'qdir. Agar «xalq» so'zining lug'aviy ma'nosiga e'tibor qaratsak, baytning mazmuni yanada kengayadi. Bu so'z arabcha bo'lib, Alloh yaratgan barcha narsalarni ifodalaydi. Uni bir o'zbekcha so'z bilan «yaratiq» deb tushunish mumkin. Shu ma'noda mson dunyodagi barcha yaratiqlar uchun: oilasi, yurti, butun odamizod, yer, suv, qumursqa-yu o'simliklar, hayvonlar, atrof-muhit, tabiatning har zarrasi uchun javobgardir, mas'uldir. Chunki u buyuk ne'mat bo'lmish aqlga ega yagona yaratiqdir. Haqiqiy insonni ana shu javobgarlik hissi hech qachon tark etmaydi. Jamiyatdagi har bir shaxs bundan soqit bo'lmasligi kerak. Navoiy jamiyatda kimning o'rni baland bo'lsa, unga katta mas'uliyat yuklatilishiga ham e'tibor qaratadi. El boshliqlari, yurt kattalariga juda ko'p narsa bog'liq. Ular o'z mas'uliyat­larini bilsalar, ado etsalar, mamlakat rivoj topadi, el farovon, dunyo obod bo'ladi. Aks holda, adolat paymol bo'ladi, din-diyonatga putur yetadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, shoir aynan iymon, islom kabi muqaddas tushunchalardan keyin «Salotin bobida» (“Sultonlar haqida») maqolatini keltiradi. Maqolat boshlanishida muallif sultonga murojaat qilib, unga yuksak taxt, zo'r dabdaba, shavkatli hayot nasib bo'lgani­ni ta'kidlaydi. Fozil zotlar xizmatida qo'l qovushtirib turadilar. Ne-ne zabardast kishilar itoatida qoim. Yaratgan hukmdorlikni faqat ungagina ravo ko'rdi. Shohlik ne'mati uning boshqalar­dan har tomondan afzalligi, kuch-qudratda tengsizligi, aql-u fasohatda ustunligi uchun berilmadi. Bu jihatlarning ayrimla­rida u boshqalardan kam bo'lsa kam edi-yu, ortiq emas edi. Sultonlik unga berilgan martabadan ham buyukroq vazifalarni, taxtdan ham ulug' mas'uliyatni ado etishi uchun ato qilingan. Mamlakat, raiyat hukmdorga Alloh tomonidan berilgan omonatdir. U ana shu omonatni omonlikda saqlashi kerak. Yo'qsa, bu dunyoda nomi qora, u dunyoda yuzi qora bo'ladi. Shoir o'z fikrlarini ta'sirchan ifodalashda, esda qoladigan yorqin manzaralar chizishda badiiylikning xilma-xil usullaridan, ayniqsa, tazod, tashbeh, tanosub, irsoli masal kabi she'riy san'atlardan unumli foydalangan. «Salotin bobida» maqolati Alisher Navoiyning adolat haqidagi qarashlarini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Tenglik, ozodlik, adolatli jamiyat borasidagi fikrlari, orzu-o'ylari insoniyatga abadiy o'git sifatida jaranglaydi. Ulug' bobomizning bu o'gitlari zamonlar o'tsa-da eskirmaydi.

SHOH G'OZIY” HIKOYATI




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish