Badiiy so’z qudrati


Shohi G'oziy qahrining sarsari bir sarkash xo'shani barbod etib, adlining suyi ul xo'sha butgan buzug' mazra'ni obod qilg'oni



Download 0,84 Mb.
bet65/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Shohi G'oziy qahrining sarsari bir sarkash xo'shani barbod etib, adlining suyi ul xo'sha butgan buzug' mazra'ni obod qilg'oni

Andaki, G'oziy shahi farxundabaxt

Toj olayin deb taloshur erdi taxt,

Yuz, ikki yuzcha kishi birla qazoq,

Gah yeri Xorazm edi, gohi Adoq.

Novaki dushman yuragin qon etib,

Tig'i aduv boshini parron etib.

Bor edi zotida sazovorliq,

Kim haq anga berdi jahondorliq.

Adl eshigin elga kushod ayladi,

Taxt uza o'ltirdi-yu dod ayladi.

Tuzdi buzug'larni imorat bila,

Zulmni daf etti adolat bila.

1 Sarsari - achchiq sovuq shamol. 2 Sarkash - o'jar, qaysar. 3 Xa'sha - boshoq. 4 Maz­ra' - ekinzor. 5 Farxunda - baxtiyor. 6 Qazoq - erkin, bo'ysunmas, qochqin. 7 Adoq - Azov. 8 Novak - o'q. 9 Aduv - yov, dushman. 10 Parron - uchirib, uchuvchi. 11 Kushad - ochmoq. 12 Dod - adolat, boshqarish.

Bid'at-u fisq ahli bo'lub munzaviy,

Adli shariat qo'lin etti qaviy.

Bir kun edi sayrg'a azmi durust

Shefta zoli etagin tutti rust,

Nolavu afg'on chekibon tortib oh

Dediki: «Ey shohi shariatpanoh,

Qilg'um agar adl esa mar'il bukun,

Sening ila dav'iyi shar'iy bukun.

Shaft bukim, aylama mahkam itob,

Mahkamayi shar'da bergil javob».

Shah dedi: «Gar dav'i esa qonima,

Shar'iy esa minnatidur jonima».

Ayladilar, bo'ldi chu bu nukta jazm,

Qoziyi islom huzurig'a azm.

Ikkisi chun yondashib o'lturdilar,

Har sori hayrat bila el turdilar.

Ma'rakada Zol bila Rustame,

Boshlari uzra o'kulub olame,

Zol dedikim: «Qazoq erkanda shoh,

Tig' chekibkim, chekar erdi sipoh,

Bor edi men tulg'a jigargo'shae,

Bal jigarim mazrayidin xo'shaye.

Bog'im aro sarvi sihi sheva ul,

Balki quruq naxlim aro meva ul,

Shoh qilichi jigarim qildi chok,

Ul jigarim porasin etti halok.

1 Munzaviy - chetlashish, ibodat qilish. 2 Shefta zol - telba, devona kampir. 3 Rust - mahkam. 4 Ma'riy - rioya, amal. 5 Daviyi shar'iy - shariat yuzasidan da'volashmoq. 6 Itob – g’azab. 7 Mahkamayi shar' - shariat mahkamasi, ya'ni qozixona. 8 Misraning mazmuni: Agar sha'riy bo'lsa, qonimg’a da'vo qilsang ham jonim bilan. 9 Nukta - so'z, fikr, xulosa. 10 O'kulmoq- to'planmoq. 11 Xo'sha - boshoq. 12 Sarvi sihi - to'g'ri o'sgan sarv.

Tig' ila yorib jigarim yonini,

Yerga oqizdi jigarim qonini».

Ayitti qozi: «Ketur, ikki guvoh,

To qilayin hukmini beishtiboh»,

Dedi: «Gar ikki tonug’ etsam havas,

Ham aningo'q adli-yu insofi bas».

Bo'yla chu ikki tonug' o'tkardi lol,

Bo'ldi muqir xisravi farxunda fol.

Qozi o'lub adl harimig'a xos,

Qildi ravon hukmi: diyat yo qisos.

Shah dedi: «Shar' etsa bu yanglig' ado,

Shar'i nabi hukmig'a jonim fido».

Yog'lig, ila bog'ladi bo'ynini rust,

Yuz hamyonning dog'i bo'ynini sust.

Tig' berib lolg'a bevahmu biym,

Bir sori dog'i to'kubon ganju siym,

Dedi: «Qisos aylasang olingda bosh,

Siymni ol, gar g'arazingdur maosh.

Men edim ul amrda beixtiyor,

Har ne sen etsang menga ne ixtiyor».

Tig'ni ul adl ila insofu tund

Zoli hazin tishlaridek qildi kund.

Tushti ayog'ig'a bo'lub uzrxoh,

Dediki: «Ey xisravi anjumsipoh,

Gar yigitim qildi fido jon senga,

Men qari joni dog'i qurbon senga.

1 Beishtiboh - xatosiz, gumonsiz. 2 Tonug' - guvoh. 3 Muqir - iqror. 4 Horim- dargoh. 5 Diyat yo qisos - xun puli yob qasos. 6 Shar'i nabi - payg'ambar shar'iati. 7 Yog'lig - ro'mol, belbog'. 8 Sust - bo'shatilgan, yechilgan, ochilgan. 9 Biym - qo'rquv. 10 Siym - kumush. 11 Tund - kuchli, o'tkir. 12 Zoli hazin - g'amgin, qari kampir. 13 Kund - o'tmas.

Mendin agar bo'ldi ayon iztirob,

Lutf ila avf etki, men o'ldum xarob».

Vah, bu ne izhori xijolat bo'lur,

Bu ne degan lutf-u adolat bo'lur.

Zol kechib da'viyu dostonidin,

Yo'qki, o'g'ul qonidin, o'z jonidin.

Turfa bukim, xisravi odil ani

Adl ila ul davrda aylab g'ani.

Zolni anjum kibi siymi ravon

Zoli falakdek qilibon navjuvon.

Siym kuchidin bo'lubon siymbar,

Xalq laqab aylab anga «Zoli zar».

Zoli falakdin necha ko'rsang alam,

Shah chu qilur adl, Navoiy ne kam.

1 Turfa - qiziq. 2 G'ani - boy. 3 Anjum - yulduzlar. 4 Navjuvon - yosh. 5 Zoli zar – oltin kampir.

SHOH G'OZIY” HIKOYATI HAQIDA



«Hayrat ul-abror»dagi 20 maqolatning har biri alohida bir mavzuga bag'ishlanadi. Ularda Alisher Navoiy insoniyat uchun hamisha muhim bo'lgan hayot haqiqatlarni talqin qiladi, izohlaydi, o'quvchiga yuksak badiiyat libosida yetkizadi. Muallif har bir masala bo'yicha fikrlarini bayon etgach, ularni dalillash, tasavvurni boyitish uchun har maqolat so'ngida hikoyat ilova qiladi. Siz tanishgan «Salotin bobida» maqolatida orqali odil shoh, insofli davlt rahbari qanday bo’lishi kerakligi tasvirlangan. Navoiy jamiyatda adolatning qaror topishini mamlakat taraqqiysini odil hukmdor bilan bog'laydi. Agar podsho zolim, ma'naviy tuban bo'lsa, mamlakatda buzg'unchilik, aysh-ishrat, poraxo'rlik bolalab ketadi. Davlat ma'murlari o'z boshliqlari kabi fosiq, xalqni och bo'ri kabi yuz pora qiladi. Bunday hukmdorlarni qoralar ekan, shoir barchaga namuna bo'ladigan omil sulton - Shoh G'oziy obrazini eslatadi va maqolatdan so’ng u haqidagi hikoyatni keltiradi. Shoh G'oziy yuz-ikki yuz kishilik askari bilan toj-u taxt uchun kurash olib borib, axiri dushmanlaridan qo'li baland keldi. Asli zotida taxtga daxldorlik borligi uchun Alloh unga hukmdorlikni ato etdi. U tufayli mamlakatda adolat qaror topdi, zulm daf etildi. Lekin adolat tushunchasi xalqqa yaxshilik qilish, zulm yo'lini kesish bilan chegaralanmaydi. Muallif bu masalaga kengroq yondashadi, uning mohiyatini hayajon­li bir lavha tasviri orqali ochib beradi. Kunlarning birida Shoh G'oziy sayrga chiqqanda bir telbanamo kampir uning yo'lini to'sdi va shohga da'vosi borligi­ni aytib, uni o'zi bilan shariat mahkamasi - qozixonaga bo­rishni talab qildi. Shoh shariat qonuniga bo'ysunib, mahkama­ga borishga rozi bo'ldi. Kampirning talabi shariatga muvofiq kelsa, o'z qoniga da'vogar bo'lsa ham, uni qabul qilishini bildirdi: «Shoh dedi: «Gar da'vi esa qonima, Sha'riy esa min­natidur jonima». Shariat qozisi oldida ikkisi: da'vogar kampir va shoh o'tirdilar. Kampirning da'vosiga ko'ra shoh ko'p yillar oldin taxt uchun kurashib yurgan «qazoqlik» vaqtida bu kam­pirning yakka-yu yagona o'g'lini halok qilgan. Endi u qotilligi uchun javob berishi kerak! Shariat qonuni bo'yicha har qanday qilinayotgan da'voga ikki tonug', ya'ni guvoh keltirilishi kerak. Qozining bu talabi­ga ko'ra kampir shohning adolati va insofidan iborat ikki guvoh taklif qiladi. Adolatli va insofli shoh, tabiiyki, aybiga iqror bo'ldi. Shunda shariat qozisi hukm chiqardi: yo shoh qotillik uchun qatl etilishi yoki da'vogarga xun to'lashi kerak. Butun boshli bir mamlakat va uning aholisi taqdiri o'z ixtiyorida bo'lgan shohning bu hukmga munosabatiga e'tibor be­ring-a: «Yog'lig' ila bog'ladi bo'ynini rust, Yuz hamyoning dog'i bo'ynini sust», ya'ni ham o'z bo'ynini ro'mol bilan bog’lab kampirga tutdi hamda bo'yni yechilgan hamyonni uning oldiga qo'ydi va da'vogarga: «Agar qasos tilasang, mana, tig’ bilan qonimni to'k, zar xohlasang, hamyonni ol!» - dedi. Bu lavha orqali Navoiyning tom ma'nodagi adolatli hukmdor borasidagi orzusi bo'y ko'rsatadi. Odil hukmdor, avvalo, mamlakatda qonun hamma uchun teng bo'lishini ta'minlashi darkor. Ikkinchidan, qonunga bo'ysunishda u barchaga namu­na bo'lmog'i kerak. Uchinchidan, adolat yo'lida jonidan ham kecha olishga kuch topa olsin. Ana shunday fazilatga ega shaxs bosh bo'lgan yurtda davlat ma'murlari ham yuqoridagi shariat qozisi kabi odil, fozil va diyonatli bo'ladilar. Shuningdek, hikoyatda insonning, hatto u shoh bo'lsa-da taqdir qo'lida ixtiyorsizligi, ojizligi yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Bundan chiqadiki, taqdiri Yaratganning qo'lida bo'lgan inson faqat va faqat adolat va ezgulikni o'ziga mayoq qilib yashashi lozim. Shundagina u hammani, hatto o'ziga keki, adovati bo'lgan odamlarni ham rozi qila oladi. O'z xohish-istaklarini yenga oladigan ana shunday insongina bu dunyoda g'oziy, ya'ni g'olibdir.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish