Badiiy so’z qudrati



Download 0,84 Mb.
bet56/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Chistonlarning javoblari:

1. Anor. 2. Yong'oq. 3. Kun va tun.


MIRTEMIR

(1910-1978)

Muqaddas Turkiston shahri yaqinidagi go'zal Iqon qishlog'ida tug'ilgan Mirtemir ota yurti tarovatini umrining oxirigacha unutmagan, so'nggi nafasi­gacha kuylab kelgan shoir edi. Mirtemir faqat lirik she'rlar bitib qolgan emas. Uning jarangdor sochmalari yigirmanchi yillarda juda mashhur bo'lgan edi. Mirtemir go'zal dostonlar ham yarat­gan, dramatik va nasriy asarlar ham yozgan. U qilgan tarjimalar o'zbek o'girma adabiyotida alohida bosqich bo'lishga arziydi. Uning adabiy jarayonni tahlil qilishga bag'ish­langan, ilmiy xulosalari salmoqli tanqidiy asarlari ham bor. XX asr o'zbek she'riyatining ulkan vakili Mirtemir (Mirtemir Tursunmat o'g'li) ko'hna Turkistonning Qoratog' etaklaridagi Eski Iqon qishlog'ida tug'ilgan. Hujjatlarda adib­ning tug'ilgan vaqti 1910- yilning 10- mayi deb ko'rsatiladi. Shoirning o'zi bu to'g'rida: «Men tug'ilgan qishloqning kunbotarida qadim Turkiston shahri, janubida O'tror, Boybalk xarobalari va Yassi, Suyri qal'alaridan qolgan kultepalar, undan nari Sirdaryo..., - deb yozadi. - 1910-yili bug'doy o’rog'ida shu qishloqda tug'ilibman. Otam - dehqon va chorvador, ona tomondan bobom mulla, maktabdor. Ota tomondan bobom - uzun bo'ylik, polvon jussalik, qizil yuzli odam edi. Ona tomondan bobom - o'rta bo'yli, charaqlagan qora ko'zli, qora va chechan odam edi. Men bir-ikki yil shu bobom maktabida o'qidim». Shoir keyinchalik qishloqda ochilgan no'g'ay domla maktabida tahsilini davom ettiradi. Shoirning otasi Tursunmat Umarbek o'g'li ham adabiyotga ixlosmand edi. Turmush qiyinchiliklaridan cho'chimagan, ilmga chanqoq Mirtemir 11 yoshida amakisiga qo'shilib, Toshkentga qochib keladi va Beshog'ochdagi «Almaiy» nomidagi ishmaktabga joy­lashadi. Ikki yil bu maktabda o'qigach, Toshkentning yangi shahar qismidagi «O'zbek erlar bilim yurti»ga ko'chadi. Ham o'qib, ham ishlagan bo'lajak shoir o'sha yillarning mashaqqa­tini shunday eslaydi: «Ishmaktabda ham, bilim yurtida ham o'zimiz ekar, o'zimiz yig'ar edik, o'zimiz tikar, o'zimiz kiyar edik. Deyarli hamma hunar o'rgatilar edi. Og'ir yillar edi; to 1924-25-yillargacha xo'ragimiz har kuni ikki yo uch marta bir burdadan qora non va tushlik bir cho'mich bo'tqa edi. Ishmaktabning bog'i Chilonzorda, bilim yurtining bog'i Ko'kterakda edi. Yoz bo'yi hamma bog'da ishlardi va rangga qon, bo'yga jir bitib qaytardik. Bilim yurtida o'qishlar og'ir, o'qituvchilar talabchan bo'lib, kechasi allamahallargacha sovuq bo'lmalarda dars tayyorlardik».

1929-yili bilim yurtini tugatgan Mirtemir yo'llanma bilan o'sha vaqtda poytaxt bo'lgan Samarqand shahriga keladi. Samarqandda Pedakademiyada (hozir Samarqand Davlat universiteti) o'qish bilan barobar O'zbekiston Markaziy ijroiya qo'mitasining raisi Yo'ldosh Oxunboboyevga shaxsiy kotib bo'lib ishlaydi. Shoir hayotining Samarqand davri qizg'in ijodiy izlanishlar davri bo'ldi. U Hamid Olimjon bilan do'stlashib qoladi. Lekin oradan ko'p o'tmay, Mirtemir tuh­mat bilan qamaladi va qamoq muddatini uzoqda ­Shimoldagi Belomorkanal qurilishida o'taydi. Mirtemirning qiyofasini belgilaydigan, uni o'zbek kitob­xoni uchun ardoqli qilgan narsa - uning she'riyati. Mirtemir samimiy tuyg'ularni, nozik kechinmalarni sodda va tushunarli ifodalay oladigan san'atkor. Rost tasvir, buning ustiga, tuyg'ular sherikligida amalga oshirilgan aniq tasvir hamisha esda qoladi. Hammaga, ayniqsa, siz yoshlarga ardoqli bo'ladi. Badiiy nafasi bilan saflarimizni to'ldirib yurgan, avlodlarining pokiza, ma'rifatli, oriyatli bo'lishini istagan Mirtemirning she'riyati sizning hamishalik hamrohingiz bo'lib qolishiga ishonamiz.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish