Badiiy so’z qudrati



Download 0,84 Mb.
bet52/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
MAXMUR HAJVIYOTI HAQIDA

Muqaddas hadislarning birida «So'zda sehr bor, she'rda esa hikmat» deyilgan. So'zning bir sehri shundaki, asrlar qatiga yashirilgan yoki bugun yuz berayotgan pinhoniy haqiqat­larni ham yuzaga chiqara oladi. She'r hikmatlaridan biri esa, ana shu haqiqatlarni shaklga solib, insonni goh sehrlovchi, goho hushyor torttiruvchi, yo hayojon, yo g'azabdan junbushga keltiruvchi qurolga aylantiradi. Bu qurolga ega bo'lgan kishi hatto u gado bo'lsin, shohlar bilan yuzma-yuz kela oladi, kezi kelganda ulardan ustun turib so'z aytish qudratiga ega bo'ladi. Rostgo'y shoir haqiqat yalovbardori sanaladi. Adib ijodi qachonlardir kim ezgu ish qilgan bo'lsa, unga sharaf keltiradi. Kim zulm qilgan yoki zulmga yo'l qo'yib bergan bo'lsa, xoh tirik, xoh dunyodan o'tgan bo'lsin, jinoyati uchun ma'naviy javobgar qilaveradi. Shuning uchun zolim hukmdorlar hamma zamonlarda haqiqatgo'y ijod ahlidan qo'rqqanlar, ularni ta'qib ostiga olganlar. Maxmur ham haqiqatning achchiq tili bilan o'z davri voqealarini haqqoniy tasvirladi. Buni uning «Hapalak» she'ri misolida yaqqol ko'rish mumkin. G'azal janrida yozilgan bu she'r orqali Qo'qon xonligida aholi turmush tarzining niho­yatda og'irlashib ketganligi, turli-tuman soliqlar mehnatkash xalqni xonavayron qilganligi, qishloqlar xarobazorga aylangan­ligi aks ettirilgan. She'r sarlavhasi tagida ta'kidlanganidek, shoir Hapalak qishlog'iga onasi orqali aloqador. Uning o'zi ham umrining so'nggi yillarini shu yerda o'tkazgan. Bu qishloq hozirgi Farg'ona viloyatining Beshariq tumanidagi Qumqishloq hudu­didadir. She'r xon amaldorlarini Hapalakka «tilla puli» solig'ini undirish uchun kelishlari munosabati bilan yozilgan. G'azal balandparvoz, dabdabali so'zlar bilan ko'tarinki ruhda boshlanadi:

Ey jahondori zafar, kavkabayi davri falak,

Go'sh qil qissayi qishloqi xarobi Hapalak.

Birinchi misrada xonni jahonga g'oliblik bilan egalik qiluv­chi, falak doirasining quyoshi deb ulug'lab, ikkinchi misrada­yoq bunday hashamat va dabdabaga tamoman zid turuvchi xarob bo'lgan Hapalak qishlog'i qissasidan so'z ochadi. Bunday teskarilik orqali xon va amaldorlarning xalq g'amidan, uning ahvolini tushunishdan yiroqligi, ularning hashamatli hayoti qishloqlarni ayanchli darajaga yetkazish hisobiga ekanligi ta'kidlanadi. Go'yo xudoning g'azabiga uchragan bu qishloq turmushi xonadonlardagi parandalardan ham ko'rinib turadi: don yo'qligidan tovuqlari ignachidek, o'rdak va g'ozlari kapalakdek oriqlab ketishgan. Uylariga e'tibor berilsa, qachon­lardir ko'p xonadonlardan iborat bu qishloq endilikda tovuq katagiday pastqam, dalada vaqtincha tikiladigan kapaday omonat, devorlari nurab, qirqyamoq chodirday - olachuq, ba'zilari katalak singari, xullas, vayronalardan iborat. Ularning ichiga kirsangiz, har tomondan yuzga ko'rshapalaklar uriladi­gan yerto'ladan boshqa narsa emasligiga amin bo'lasiz. Bunday sharoitda yashayotgan odamlar-chi? Hammalari «o'lasa-yu qoqi xarob», ochlik tinkalarini quritganligidan qomatlari kamalakday egik. Kundalik turmush tarzlari g'oyat achinarli:

Ajiriq tomirini o'g'irida mayda tuyub,

Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.

Gar tahorat qilsa qavmi suv topolmay nochor,

Betini qum bila yuvib ko'ziga surgay guvalak.

Keyingi baytda shoir yana matla'dagidek ko'tarinki uslub­ga qaytadi. Bundan maqsad bu qadar dabdaba va hasham ichi­da yashayotgan xonning shunchalik nochor va xorlikda yashayotgan qishloq ahlidan soliq undirishi adolatga, aqlga, mantiqqa qanchalik muvofiqligini ta'kidlashdir. Shuning uchun shoir maqta'da xondan marhamat qilib ularga solina­yotgan soliqdan kechib yuborishni so'raydi. G'azal boshdan oyoq mubolag'a asosiga qurilgan. Bu tasvir vositasi fikrni ta'kidlash, holatlarga urg'u berish uchun shoirga qo'l kelgan.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish