Badiiy so’z qudrati



Download 23,11 Kb.
bet2/3
Sana22.08.2021
Hajmi23,11 Kb.
#153816
1   2   3
Bog'liq
BADIIY SO

Tong otmoqda. Tong o'qlar otar,

Tong otmoqda, quyosh - zambarak.

Yaralangan Yer shari yotar,

Boshlarida yashil chambarak.

Shoir tong otishi qanday sodir bo'lishini batafsil tasvirlab, nima uchun shunday bo'lganligini tushuntirib berayotgani yo'q, balki mavjud hayotiy holatning badiiy manzarasini yarat­moqda. Bu manzarada tabiatshunoslik yoxud geografiya ilmidagi axborotlarda bo'lmagan bir narsa bor: u ham bo'lsa, shoirning tuyg'ulari, kechinmalari! Shoir tong otish jarayonini juda go'zal tasvir etadi. O'quvchini ham tongning chindan-da chiroyli otishiga ishontiradi. Quyoshning zambarak bo'lib, «o'qlar (nurlar)» otishi, o'sha nurlardan Yerning yaralanishi va bu yaralanish tufayli o'lim emas, balki boshida «yashil cham­barak», ya'ni hayot paydo bo'lishi juda ham o'ziga xos, ta’sir­chan ifodalangan. Ayni damda, she'rda ma'lum darajada ilmiy axborot ham yo'q emas. U o'quvchiga tabiat hodisalari to'g'risida qandaydir ma'lumotlar ham beradi. Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan ota yurtimiz Turkistonning ozodligi yo'lida kurashgan kishilarni bolshe­viklar qanday shafqatsizlik bilan qirganligi, o'lka nechog'lik oyoqosti etilganligi to'g'risida tarixchi olim shunday yozadi: «Butun Turkiston o'lkasida 1918-yildan 1930-yillargacha davom etgan milliy ozodlik kurashi jarayonida halok bo'lgan­larning sonini hech kim bilmaydi. Taxminiy hisob-kitob qilishlaricha, faqat Turkiston o'lkasida halok bo'lganlar soni 800.000 dan ortiq... Ko'plab oilalar o'z uy-joylarini tashlab, ... boshqa o'lkalarga bosh olib ketishga majbur bo'ldilar. O'nlab qishloqlar bo'shab, quzg'unlar o'lkasiga aylangan, dalalarni o't-o'lan bosib, ekin ekilmay qolgan».

1 Yurakdagi Buxoro (to'plam). «Sharq», 1998. 55-bet.

Xuddi shu hodisa ko'plab turkistonlik vatanparvar adiblar tomonidan turli janrlardagi asarlarda zo'r qayg'u-alam bilan aks ettirilgan. Cho'lponning «Buzilgan o'lkaga» she'ridan olin­gan quyidagi parchaga quloq tutaylik:

Ko 'm-ko 'k, go 'zal o'tloqlaring bosilg'on,

Ustlarida na poda bor, na yilqi.

Podachilar qaysi dorga osilg'on?

Ot kishnashi, qo’y ma'rashi o'rnig

Oh, yig'i. Bu nega?

Cho'lponning she'ri ham bolsheviklar qirg'ini, sho'ro mustamlakachilari tomonidan o'lkamizning vayronaga, o'lik­xonaga aylantirilgani haqida. Lekin bunda bironta raqam, bironta ism, nasab, nom keltirilmaydi. Vayron qilingan shaharlar, egasiz qishloqlar sanalmaydi. Shunday bo'lsa ham o'quvchining qalbida bosqinchiga nafrat uyg'onadi, u millatimiz boshiga ko'p balolar keltirgan yovuzlardan g'azablanadi, o'tmishga beparvo qaramaydigan bo'ladi. Aslida tarixchi olim ham raqamlarni loqaydlik bilan keltirgan emas. Uning ham qalbida nafrat tug'yon urganligi ayon. Lekin ilmda olim xolis bo'lishi shart. Xolis tasvir o'quvchining ongiga ta'sir ko'rsatsa ham, tuyg'ularini junbushga keltiradigan darajada bezovta qilmaydi. Cho'lponning she'ri esa ayni tuyg'ularga ta'sir ko'rsa­tish xususiyatiga ega. U she'rxonning hissiy dunyosini bezovta qiladi. Chunki shoirning o'zi tuyg'ular girdobida. U xolis emas. Negaki, yomon ko'rmay turib, yomon ko'rsatib bo'lmaydi. Yaxshi ko'rmasdan esa, muhabbat uyg'otishning imkoni yo'q. Demak, olim ilmiy tadqiqotda xolis bo'lishga, tuyg'ularini mumkin qadar jilovlashga, kechinmalarini bildirmaslikka urinishi shart bo'lsa, shoir o'z hissiyotini yashirmaydi, uni imkon qadar o'quvchiga «yuqtiradi». Shuning uchun ham badiiy asar ta'sirchan bo'ladi. Uning musiqiy ohangi, so'zlarning ajib bir mahorat bilan ishlatilishi natijasida paydo bo'lgan sehrli holat o'quvchini o'ziga jalb etadi. Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, inson ilmiy adabiyot orqali dunyoni aql bilan tanisa, badiiy adabiyot orqali olamni aql va ko'ngil bilan taniydi. Shu ma'noda adabiyotni hayotning in'ikosi deyish mumkin. Ammo uning suratga tushirilgan ayni nusxasi emas. Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi shundaki, u ma'naviy haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqatlarni ifoda etadi. Ilmiy haqiqatning haqiqatligini isbotlash orqali, ma'naviy haqiqatni esa his qilish, tuyish yo'li bilan anglash mumkin. Ma'naviy haqiqatlar inson mavjudligining maqsadini belgilab bersa ilmiy haqiqatlar ana shu maqsadga erishishga xizmat qiladigan vositalarni topib beradi. Bu holat ko'rsatadiki, inson faoliyatida ma'naviyat birlamchi ahamiyatga ega, ammo ilmsiz uni shakllantirish mumkin emas. Chunki ma'naviyatsiz - fan bo'lmaganidek, ilmsiz ma'naviyat ham yo'qdir. Badiiy asarlarning bizlarda tuyg'u, hissiyot uyg'otishi sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma­ning, hissiyotning, munosabatning mahsuli. Adabiyotdan bo'lak o'quv fanlarida hissiyot bo'rtib, ko'zga tashlanib tur­maydi. Adabiyotda esa, to'lig'icha tuyg'ular bilan ish ko'riladi. Hamisha ta'sirlar og'ushida, munosabatlar va kechinmalar qurshovida bo'linadi. Chunki yozuvchilar o'z kechinma va hissiyotlarini kitobxonlardan bekitmaydi, aksincha, yuqtirishga intiladi. Mana shuning uchun ham badiiy asarlarning qahra­monlari xuddi tirik odamlarday, go'yo yaqin kishilarimizday bizlarni bezovta qiladi, o'ylantiradi. Shoir yoki yozuvchi asar yozar ekan hech qachon xolis turmaydi. Chunki ijod jarayonining o'zi xolislik, betaraflik holatining buzilishi, muvozanatning yo'qolishi oqibatidir. Shuning uchun ham ijodkor hamisha tuyg'ular og'ushida bo'ladi. Chinakam ijod namunalari ijodkorlarning hissiyotlari ifodasidir. Adiblar doimo nimanidir yoqlashadi yoki inkor qilishadi.

Yozuvchining tuyg'ulari nechog'liq kuchli, nigohi o'tkir, dardlari salmoqli, tili biyron bo'lsa, o'quvchi uning asarlariga shunchalik qattiq beriladi. Buning ustiga, badiiy asar­larning o'ziga xos musiqiyligi, ohangdorligi, so'zlarning ajib bir mahorat ila ishlatilishi tufayli paydo bo'lgan holat, ijodkorning dunyoni tasvirlashdagi o'ziga xosligi kitobxonni rom etadi. Ba'zilar badiiy asarlarning ta'sirchanligiga sabab sifatida ularda qiziqarli voqealarning tasvirlanganligini ko'rsatadi. Holbuki, voqealarning qiziqarli bo'lishining o'zi hali asarning badiiyligini to'la ta'minlay olmaydi. Axir har bir odamning boshidan qanchadan qancha qiziq voqealar, sarguzashtlar o'tgan. Lekin ular qog'ozga tushirilsa, badiiy asar bo'lib qolavermaydi-ku? Ko'rinadiki, badiiy adabiyotni ilmiy adabiyotdan farqlab turadigan narsa uning qiziq voqealar tasviriga bag'ishlanganida emas ekan. E'tibor qilgan bo'lsangiz, siz shu vaqtga qadar o'qigan, yodlagan ko'pgina she'rlarda umuman hech qanday voqea tasvirlanmaydi ham. Lekin ular sizga ta'sir ko'rsata olgan.Bilish kerakki, badiiy adabiyotning asosiy belgisi va uning odamga chuqur ta’sir etishi boisi obrazli ekanidir. Agar shunday bo'lsa, badiiy obraz o'zi nima degan savol tug'ilishi mumkin. Yuqorida aytilgan mulohazalarga asoslanadigan bo'lsak, qisqagina qilib ijodkorning fikr, tuyg'u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri badiiy obrazdir. Demak, adabiyotga yaratuvchining his, tuyg'u va sezimlari ham aralashgani uchun boshqalarga ta'sir qiladi. Biror joyda biror kishi bilan bo'lgan biror voqea shunchaki aytib berilsa, u jo'ngina axborot bo'lishi mumkin, lekin adabiyot bo'lol­maydi. Badiiy obrazga berilgan ta'rifdan ham ko'rinib turibdiki, ijodkor yaratgan asari orqali fikr aytish bilangina kifoyalanmay, o'z tuyg'u va hissiyotini ham aks ettiradi. Bunga to'laroq erishish uchun tasvirni, e'tiborni tortadigan ohangga bo'ysundirishga, kishiga ta’sir qiladigan qiziqarli shaklga so­lishga urinadi. Oddiy axborot berish yoki aytib qo'ya qolish bilan obrazlilikka erishish mumkin emas. So'zning timsoliy (obrazli)ligini ta'minlash uchun tilning oddiy odamlar nazaridan yashirin imkoniyatlaridan foydalana bilish lozim.

Chunonchi, inson hayoti ham daraxt umriga o'xshaydi: avval nozik ko'chat bo'ladi, keyin barq urib ko'karadi, so'ng qiyg'os gulga kiradi, bir payt barglari to'kila­di va vaqti kelib qurib qoladi yo'sinidagi fikr shoir tomonidan:


Download 23,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish