Adabiy asar yaxlitligi. Mavzu va gʻoya.
Har bir adabiy asar o‘zida hayotning yaxlit, bir butun manzarasini gavdalantiradi (epik va dramatik asarlar) yoki qandaydir yaxlit, m uayyan, oniy his-tuyg‘uni ifodalaydi (lirikasarlar). Shutting uchun ham, badiiy asarni o ‘ziga xos, cheklangan bir olam deb atash mumkin. Hatto adabiyotning “ lliada” , “Xamsa” , “ Urush va tinchlik” singari eng buyuk nam unalari ham ma'lum chegaraga ega. Ularda bizning ko‘z o ‘ngimizda u yoki bu ham da xuddi shu bosqichni tasvirlovchi voqealar va kishilar ko'rsatiladi.Adabiy asarning bir butunligi, birinchi navbatda, unda ifodalangan mazmun bilan belgilanadi. Epik va dram atik asarlarda hamma narsa ularda aks etgan ziddiyattar, vaziyatlar, kishilar xarakteri va xatti-harakatlariga bog‘liq bo‘!adi. Lirik asarlarda esa hamma narsa ularda ifodalangan kechinm alarga aloqador.Gogel badiiy asar mazmunining bu tom onini quyidagi tarzda tushuntirgan: “ Dramada qandaydir xatti-harakat mazmuniylik vazifasini bajaradi; drama bu harakatning qanday sodir bolganligini ko‘rsatishi kerak. Lekin kishilar juda ko‘p ish qiladilar, o'zaro gaplashadilar, boshqa vaqtda esa ovqat yeydilar, uxlaydilar, kiyinadilar, qandaydir so'zlarni aytadilar va h.k. Biroq kishilaming mazkur ishlaridan dramaning haqiqiy m azm unini tashkil etuvchi xatti-harakatlarga aloqador bolmaganlari asarga kirishi kerak emas, shunday qilib, dramaga kirgan hech bir narsa m azkur xatti-harakatga aloqador b o ‘lmasligi mumkin emas. Xuddi shuningdek, m azkur xatti-harakatning bir holatinigina qamrab oluvchi ko‘rinishga tashqi dunyodagi murakkab tom onlarga aloqador bo'lgan, lekin bu holatning o 'zid a o ‘sha xatti-harakat bilan m utlaqo bog'lanm aydigan va uni chuqurroq ko‘rsatishga xizmat qilmaydigan ko‘plab vaziyatlar, shaxslar, holatlarni ham da boshqa har xil voqealarni kiritish mumkin edi. Ammo o'ziga xoslilik talabiga ko‘ra san’at asariga faqat muayyan mazmunga... aloqador narsalarnigina kiritish lozim, chunki unda hech bir ortiqchalik bo'lishi mumkin emas”.Bu yerda muallifning asarda aks etgan asosiy g'oyaviy m aqsadi bilan tayinlanadigan va o ‘zaro bog'liq hodisa, m anzara, vaziyat, shaxs, his-tuyg‘ular ham da fikrlarning murakkab tarzda uzviy birikib ketishi sit'atida namoyon b o ‘ladigan ichki m ukam allik va butunlik ko‘zda tutiladi. Uni aniq tasavvur qilm ay va uni tashkil etuvchi o ‘zaro bogMiq unsurlarni bilmay turib, badiiy asarlam i to ‘glri tushunish qiyin. Adabiyotni o ‘rganuvchi har bir odam badiiy asarlam i o ‘qish davomida uning asosiy mazmunini anglab borishi, mohiyatiga chuqur kira olishi va baholashi mumkin. Masalan, kitobxon Abdulla Qahhorning “ Muhabbat” qissasini o'qir ekan, unda o ‘ziga go'yo anchadan beri m a’lumdek tuyulgan masalani, fikrni yangicha o"qiganaek, yangicha his qilgandek va tushungandck bo‘ladi. U qissani tugatar ekan, kishilar orasidagi eng oliy m unosabatlardan biri bo ‘lm ish m uhabbat to ‘g‘risida chuqur o ‘yga toladi: “ Chinakam insoniy m uhabbat g‘oyat qudrntli kuchdir, u har qanday to ‘siqni yengib o ‘tishga qodir, jism oniy nuqsonlar ham, mulkiy tafovutlar ham, chirigan taomillar, urf-odatlar ham haqiqiy muhabbat yoMida g‘ov boMoImaydi, unday m uhabbat uchun kurashm oq kerak” degan xulosaga keladi. Ammo yozuvchi asardagi bu asosiy fikrni quruq so‘zlar bilan bayon ctmaydi, balki qissaning butun badiiy to ‘qim asi orqali ro‘yobga chiqaradi. Asardagi asosiy fikr, avvalo, kishilar obrazlari orqali yuzaga keladi. U larning fe'i-atvorlari m ohiyati, dunyoqarashi ruhiy olam i, xatti-harakatlari, o ‘zaro munosabatlari va m uallifning ularga bo ‘lgan muomalasi, m uhabbat masalasiga turlicha yondashishi, m uam m oning tom m a’nosi va kishilar ham da jamiyat hayotidagi o ‘rni yaqqol nam oyon b o ‘ladi. Jum ladan, qissaning markaziy qahramonlari boMmish Anvar, Muhayyo ko‘z o ‘ngimizda chinakam insoniy muhabbat egalari qiyofasida ko‘rinadilar. “ M en yaxshi ko‘rish nima ekanini halibilm aym an, — deydi Anvar, - lekin M uhayyoga, Muhayyo degan insonga juda-juda m uhtojm an. Agarshu m uhabbat bo‘lsa, muhabbat chaqmoqqa emas, odamga o ‘xshaydi: tug‘ilganida bir parcha go‘sht bo‘ladi, keyin ko‘zini ochadi, keyin yuzida kuldirgich paydo b o ‘lib jilm ayadi, keyin til chiqarib, har kuni yangi b ir gap aytadi”. Y ozuvchining Anvar obrazi va uning boshqalar bilan m unosabati orqali m uhabbatning ana shu bosqichlarini, ya’ni muhabbatning inson qalbida tug‘ilishini, b u tu n vujudini qoplashini, keyin faol harakatga, kurashga undashini kuzatib borishni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va unga erishgan. Anvar qalbida muhabbat ilk bor, uning hayotidagi eng og‘ir damlaming birida, y a’ni otasini qabristonga qo ‘yish vaqtida juda tabiiy ravishda kurtak yozadi. U o‘ziga suv tutib, “ Mard boling, Anvaijon” degan qizning munosabatida ulkan insoniy samimiyat sezadi va shu samimiyligi, chinakam odamiyligi uchun M uhayyoni sevib qoladi, uning bir borturm ush qurganini e'tiborga ham olmaydi; Muhayyoga b o ‘lgan hissini olijanoblik deb emas, balki haqiqiy muhabbat deb hisoblaydi, o ‘z sevgisi bilan faxrlanadi va buni hech kimdan yashirm aydi. M arg‘ubaning: “ N im a, Muhayyoda oy ko‘rganm isan?” degan savoliga dadillik bilan: “ Ha, m en Muhayyoda oy ko‘iganman! Dadam olamdan o‘tib, dunyo ko'ziinga qorong‘i bo'lganda Muhayyoda oltob ko'rganman” — deb javob beradi. Anvar o*z muhabbatini so‘zdagina himoya qilmaydi, balki uning tantanasi uchun kurashadi: muhabbal tufayli boshiga tushgan qiyinchiliklarga dosh beradi, moddiy m ashaqqatlarni yeiigish uchun m ehnal qiladi.Shu tariqa Anvar qalbida tug'ilgan muhabbatni anglash tuyg'usi, u haqdagi ehtirosli, dadil so‘zlari va sevgi tantanasi yo‘lidagi kurashlari o z a ro boglanib ketadi. Lekin Anvarning xatti-harakatlari asarda muallaq holda berilniaydi, balki qator shaxslar, xususan, Muhayyo, Marg‘uba va boshqalar bilan munosabatda yuzaga chiqariladi. Ulaming barcha ishlari, liarakallari, kurashlari o*zaro boglanadi.0 ‘zining insoniy qadr-qim m ati, muhabbati uchun kurashchanlik tuyg‘usi M uhayyo xarakteriga ham xosdir. Onasining tili bilan aytganda, o‘ziga “it tekkan’Migi, ilksevgisi Salim tom onidan oyoqosti qilinganligi tufayli dastlab Muhayyoning Anvarga bo‘lgan muhabbati uchun kurashishi ancha qiyin boiadi, am m o u bora-bora o ‘zining turm ush qurganligi m uhabbati yoMida g'ov boiolmasligini, insoniy g‘ururini poymol qilolmasligini anglaydi va ochiqdanochiq Anvar bilan yurishdan, u haqda qayg‘urishdan, dashnom -u ta’nalardan o ‘zining muqaddas tuyg‘usini m uhofaza qilishdan hayiqm aydi. L) hatto Anvarning tushkunlik ohangida aytgan tog‘-u toshlarga bosh olib ketish haqidagi gapini eshitib: “ Meni tashlab, nom ard senga yo‘l boMsin!” deyish darajasiga ko‘tariladi. Muallif kitobxonni Muhayyo xarakteridagi mazkur o lzgarishga qat’iy dalillash y o li bilan ishontiradi.Agar yuqoridagi ikki xarakter rivoji va ikki sevuvchi qalb qovushishining o ‘zi bilan asar tugaganda edi. m uhabbat muammosi jo ‘n hal qilingan, hayot bir yoqlama aks ettirilgan va qissa zerikarli chiqqan bo‘lur edi. Mualli(‘markaziy qahram onlarning muhabbat uchun olib borgan kurashini ko‘rsatar ekan, buni jnda yaxshi tushungani sababli shu kurashning zam rligini ham mantiqiy ravishda asoslaydi: sevgiga nisbatan eski, chirigan, m anfiy m unosabatning hanuz mavjudligi hayotda m uhabbat uchun kurashni m uqarrar qilib qo kyadi. Yozuvchi muhabbat muammosiga nisbatan yangi va eski, m anfiy qarashlar hamda ularni tashuvchi shaxslar o'rtasidagi ziddiyatni, to*qnashuvlami asaming bosh konflikli sifatida taqdim etadi, uni chuqur m antiq asosida aks ettirish orqali esa qissa voqealarining haqiqiyligiga, keskinlik va hayajon bilan ruhlanishiga erishadi. Qissada muhabbat masalasiga eskicha, salbiy m unosabatda bo‘luvchi shaxslar sifatida Muborak. M arg‘uba va Javlon ishtirok etadi. Muhabbat muammosiga manfiy, eskicha m unosabat mazkur personajlar xarakterining umumiy tomoni va salbiy harakatlarini vujudga keltirgan ildizlardan biri bo‘lsada, ularning harbiri o ‘ziga xos holda yuzaga chiqadi. C hunonchi, Muborak ongida “ turm ush qurgan ayolning uylanm agan yigitga tegishi aslo mumkin ernas” degan eski tushuncha qattiq o ‘rnashib qolgan. Shu tushuncha tabiatan sofdil, yumozor berishga m ajbur etadi; adolatli, sofdil, mchribon onasifatida ko‘rsatilgan Muborak xarakteridagi keyingi oV.garishlarga, ya’ni uning yoshlar muhabbatiga qarshilik ko'rsatm ay qo‘yganiga, aksincha, ularga ko‘maklashganiga ishonadi. Javlon esa m aslaksiz, ichkilikdan bosh ko‘tarm aydi, boylikka mukkasidan ketgan, xotinining chizig‘idan chiqm aydigan, axloqan buzuq bir kimsa boMganligi tufayli, chin muhabbat egalariga qarshi be’mani harakatlar qiladi, pastkashlikdan toymaydi.
Abdulla Qahhor qissasidagi barcha hodisalar, shaxslar va holatlarni o ‘zaro biriktirib turuvchi ijtimoiy-axloqiy pafosni anglash ham da chuqur his etishgina unda o'zaro chatishib ketgan fikrlar m ohiyatini, ular o ‘rtasidagi aloqani to ‘g‘ri tushunishga yo‘l ochadi.Adabiyotning har bir nodir namunasi o'ziga xos m azm unga va uní ifoda etuvchi go‘zal shaklga ega bo lg an , takrorlanmas badiiylik olamiga o ‘xshaydi. Undagi har bir so‘z va har bir obraz o'zaro birlashib ketgan va yagona yaxlitlikning ajralmas qismlariga aylangan b o ia d i. Yaxlitlikning buzilishi, nimadir yetishmasligi yoki nimaningdir ortiqchaligi, fikrlar zanjirining uzilishi badiiy asar qiymatini tushiradi, hatto butunlay keraksiz qilib qo‘yadi.Yaxlitlik badiiylik, san’at va adabiyot asarlarining fazilatigina emas, balki ular mavjudligining zarur shartidir.
Adabiy asarning yaxlitligini, badiiy mukammalligini yuzaga kellirishda, g‘oyasini ochishda uning barcha unsurlari — qahramonlari obrazi ham, sujet va kompozitsiyasi ham , tasviriy vositalari ham o‘zaro birikib ketgan holda ishtirok etadi. Faqat idrok etishda osonlik tug‘dirish uchun ulami alohida-alohida o'rganish mumkin.Qadim zam onlarda “adabiy asar yaxlitligi undagi bosh qahram onning yagonaligi bilan belgilanadi” degan fikr keng tarqalgan edi. Lekin Aristotel o ‘sha zam onlardayoq, G erkules haqidagi hikoyalar bitta qahram onga bag'ishlangani bilan turli-tum an asarlar ekanini, juda ko‘p qahramonlaiga ega bo'lgan “ Iliada” esayagona, tugal birasarligini aytib, yuqoridagi fikr xatoligini isbotlagan edi.Aristotel fikrlarining haqqoniyligiga yangi davr adabiyoti materiali misolida ham iqror boMish m um kin. M asalan, Oybekning “Navoiy” rom anida ham , L.G. Batning “ H ayot bo ‘stoni” povestida ham , Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” dram asida ham Navoiy obrazi mavjud. Shunday b o ‘lsa-da, bular m utlaqo birlashib ketm agan, balki alohida-alohida asarlar b o ‘lib qolaveradi.Adabiy asarning yaxlitligi, bir butunligi, yuqorida ko‘rganimizdek, bir nechta asarda yagona qahram on mavjudligi bilan emas, balki q o ‘yilgan muammoning va ilgari surilgan g‘oyaning yagonaligi bilan belgilanadi.“ M avzu” (yoki “te m a ”) atamasi hozirga qadar ikki m a’noda qo'llanilib kelinadi. Ba’zilar m avzu deganda, asarda tasvirlash uchun tanlab olingan hayot materialini tushunadilar. Boshqalar esa asarda ko‘tarilgan asosiy ijtimoiy muammoni mavzu deb hisoblaydilar. Birinchi xildagi qarash nuqtayi nazaridan yondashilsa, 0 ‘rta Osiyo xalqlarining arab bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi Hamid O lim jonning “ M uqanna” pyesasining mavzusi hisoblanadi. Ikkinchi xil qarashga ko‘ra esa, arablar istilosidan keyin 0 ‘rta Osiyo xalqlari taqdiri qanday b o ‘lganligi m uammosi bu asarning mavzusini tashkil qiladi.G archand, birinchi xildagi nuqtayi nazarni butunlay inkor etish mumkin b o ‘lm asa-da, ikkinchi xildagi qarash haqqoniyroq tuyuladi. Bunday qarash, aw alo, tushunchalam ing aralashtirib, qorishtirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Mavzu deganda, hayotiy materialni tushunish asarda tasvirlangan manbalami tahlil qilishga yo‘l ochadi. Ikkinchidan, mavzuni asarning asosiy muammosi sifatida tushunish uning asarg‘oyasigachambarchas bog‘liqligini ta'kid etadi.Ba’zi m avzuning m uam m o bilan bog‘liqligi asar sarlavhasining o ‘zida ta'kidlab o'tiladi. Fikrim izning dalili sifatida o ‘zbek adabiyotidagi “0 ‘tgan kun lar” , “ S a ro b ” singari asarlarni eslash m um kin. G archand, barcha sarlavhalarda ko‘tarilgan muammolar o ‘z aksini topavermasa-da (“Qutlug‘ qon”, “ Navoiy” , “Q o ‘shchinor chiroqlari” kabi), chinakam adabiy asarlarning ham m asida hayotdagi muhim asalalar qalam ga olinadi, ularni hal qilish yollari qidiríladi. Masalan, Abdulla Qahhor badiiy asarda xalqning "till uchida turgan gaplarni” aytishga harakat qilgan.
Demak, adabiy asam i bu holda mufassal tahlii qilish yo‘li bilangina uning mavzusini ravshan anglab olish mumkin. Asarda aks ettirilgan hayot manzarasini atroflicha anglab olmay turib, undagi mavzuni butun murakkabligi va aniqligi bilan, ya'ni asosiy muam m oga bogianuvchi ko‘plab m asalalar bilan birlikda tasavvur qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |