Jarangdorlik
- bu badiiy uslub bo’lib, matnda real dunyoning tovushlariga
taqlid qiluvchi so’zlar majmuidan iborat.
Assonans
- fransuz tilidan kirib kelgan bo’lib, ohangdoshlik ma’nosini
anglatadi. Bu matndagi bir xil yoki o’xshash unli tovushlarning tovush obrazini
yaratish uchun takrorlanishi sanaladi. Assonans nutqning ifodali bo’lishiga imkon
beradi. Assonansni qofiya, she’r ritmida shoirlar qo’llashadi.
Alliteratsiya
- yunon tilidan kirib kelgan atama bo’lib, she’riy nutq
ifodaliligini kuchaytirish, tovushli obraz yaratish uchun badiiy matnda undosh
tovushlarning takrorlanishidir.
Taqlidiy so’z
- tovush vositasidagi taassurotlarni bizni o’rab turgan
dunyodagi mavjudotlar tovushlarini eslatuvchi so’zlar orqali yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |