«badiiy nutqni tahlil qilish usullari»


II BOB. BADIIY NUTQNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Download 308,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/60
Sana14.02.2022
Hajmi308,36 Kb.
#447588
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
Bog'liq
badiiy nutqni tahlil qilish usullari

II BOB. BADIIY NUTQNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
 
2.1. Badiiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari va u bilan bog’liq asosiy 
muammolar 
 
Badiiy nutqning xususiyatlari borasidagi masala 1920-yillarda qizg’in tarzda 
muhokama qilinadi. So’z san’atida nutqning estetik funksiyasi ustunlik qilishi 
aytib o’tilgan. (R.O.Yakobson) Nutqning estetik funskiyasi esa iste’moldagi badiiy 
nutqdan ifodani maqsad qilishi bilan farqlanadi. (B.V.Tomashevskiy). she’riyat tili 
tadqiqoti sohasida formal maktab tomonidan qilingan xulasadan kelib chiqib: 
“She’riy ijodkorlik til belgisining mustaqil qiymatiga tayanishga harakat qiladi. 
Ifoda vositalari muloqot faoliyatiga harakat qilib, she’riy tilda, aksincha 
aktuallikga harakat qiladi. She’riyatning tashkillashtiruvchi vositasi sifatida aynan 
so’z ifodasiga qaratilgan intilish xizmat qiladi”. Shuningdek, san’atda (faqatgina 
unda) diqqatning (shoirda qanday bo’lsa, o’quvchida ham shunday) ma’no 
anglatadigan bo’lakka emas, balki belgining o’ziga qaratilishi haqida aytib o’tiladi. 
[29; 133, 136-betlar] Badiiy asarlarda nutq shakllarining katta ahamiyatini 
haqqoniy ravishda ta’kidlab o’tib, bu bilan formal maktab vakillari “she’riyat tili” 
va “muloqot tili”ni o’ta keskinlik bilan qarama-qarshi qo’yishadi. 
S.Todorov 1970-yillarda yarim asr ilgari ishlab chiqilgan she’riyat tili 
konsepsiyasiga ko’p narsalar qo’shdi va sermazmun qildi. Olim diskurs 
tushunchasiga suyanadi. Bu - tildan keyingi, lekin fikrgacha bo’lgan qandaydir 
lingvistik umumiylik. Ilmiy, hayotiy-amaliy, rasmiy, adabiy-badiiy diskurslar 
farqlanadi. Todorov, birinchidan, har bir diskursda o’zining normalari, qonun-
qoidalari, nutq hosil qiluvchi yo’nalishlari, fikr yuzaga keltirishdagi o’zining 
prinsiplari mavjudligini, va ikkinchidan, diskurslar qat’iy (o’tib bo’lmas) 
chegaralar bilan ajratilmagan va o’zgarishsiz bir-biriga ta’sir qilishini isbotlab 
beradi. Va, xulosasi shundan iborat bo’ladiki: badiiy hodisalardan tashqari barchasi 
uchun qonun mavjud emas, va faqat ular uchungina, “badiiylik” xususiyati 
adabiyot chegaralarida ham namayon bo’ladi. Olimning fikricha, bir xildagi badiiy 
diskurs mavjud emas. Todorova konsepsiyasida formal maktabning “adabiyot va 


28 
noadabiyot o’rtasidagi nomuvofiqlik diskurslar tipologiyasiga joy beradi” fikriga 
nisbatan qarashi o’zgacha, lekin ko’pgina fikrlarda bir-birga mos. Eng muhimiga 
kelsak: badiiy diskurs xususiyatini olim, nafaqat asarning nutqiy negizida, balki 
chuqur ma’noli predmet tarkibida qarab chiqadi. Adabiyotning mohiyati, Todorov 
yozishicha, badiiy uydirmani nazarda tutgan holda, shundan iboratki, u “haqqoniy 
ham bo’lmagan, mantiqiy nuqtai nazardan yolg’on ham bolmagan gapdan 
foydalanadi”. Va yana shuni ko’rsatib ham o’tadiki, so’z san’atiga “belgida 
solingan barcha simvolli imkoniyatlarning tartibi va dolzarbligiga intilish” o’ziga 
xos ahamiyat kasb etadi. [41; 367, 368, 363-betlar] 
Shunday qilib, badiiy asarlarning nutqi, ifodalarning boshqa turlariga 
qaraganda anchagina qamrovli xarakterga ega. Eng muhimi, ehtiyoj tug’ilganda 
ifodalilikka va qat’iy tashkillashtirishga intiladi. O’zining eng yaxshi namunalarida 
u maksimal tarzda ma’no bilan boyitilgan bo’ladi, shu sabab ham qandaydir qayta 
bezalish, qayta qurilishga chiday olmaydi. Shu sababli, badiiy nutq qabul qiluvchi 
(o’quvchi) dan, nafaqat xabar predmetiga, balki uning shaxsiy shakllari, uning 
bo’yoqlari, rang-tuslariga ham jiddiy diqqat qaratish talab qilinadi. R.O.Yakobson 
yozishicha: “She’riyatda har qanday nutqiy element she’riy nutqning figurasiga 
aylanadi”. [48; 228-bet] 
Ko’pgina badiiy asarlarda (asosan she’rlarda) so’z negizi boshqa turdagi 
ifodalardan tezda farqlanadi (imkon boricha Mandelshtam, Pasternak she’rlaridagi 
mazmunga boy kinoyalardan). Lekin so’z san’ati ijodlarida o’zgarishsiz (aniq 
bo’lmasa ham) ifodaviylik va nutqning tartibliligi mavjud bo’ladi; bu yerda asosiy 
planda uning estetik funksiyasi yuzaga chiqadi. 
Badiiy adabiyotning tabiati va mohiyatini tushunish bilan bog’liq 
qiyinchiliklar bir qancha prinsipial muammolardan iborat. 

Download 308,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish