«badiiy nutqni tahlil qilish usullari»



Download 308,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/37
Sana19.04.2022
Hajmi308,36 Kb.
#562213
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
badiiy nutqni tahlil qilish usullari

II bob bo’yicha xulosa 
 
Bayon qilingan fikrlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1.
Badiiy asarda so’zni muhokama qilishdagi umumiy qoida - bu nutqiy 
elementning kontekstini tushunib yetishdir.
2.
Og’zaki va yozma badiiy asarlarning nutqi o’zi uchun intensiv ravishda ham 
og’zaki, ham yozmada, nutqiy faoliyatning eng turli-tuman shakllarini 
tanlaydi.
3.
O’zida badiiy nutqdan tashqari shakllarni singdirib, adabiyot osonlik bilan 
va shiddatli tarzda til normalaridan og’ishiga yo’l qo’yadi va nutqiy faoliyat 
sohasida yangilikni amalga oshiradi. Yozuvchilar va shoirlar til 
yaratguvchilari sifatida sahnaga chiqishadi. Badiiy nutq, nafaqat milliy 
tillarning boyligiga diqqatini qaratadi, balki ularni yaratadi va 
mustahkamlaydi. 
4.
Badiiy nutq asar ichida muallif tomonidan qay tarzda hikoyalanishiga qarab 
yozuvchining fikrlash doirasi, yozish uslubi, falsafiy mushohadasi haqida 
tasavvur hosil qilinadi.
 


36 
III BOB. BADIIY NUTQ TARJIMA JARAYONIDA VA UNI TAHLIL 
QILISH USULLARI (VOLE SHOYINKANING TANLANGAN SHE’RLARI 
MISOLIDA)
3.1. Tarjima jarayonida badiiy nutq masalasi 
Tarjima jarayonida badiiy nutq masalasi - bu katta, turli aspektlarga ega 
bo’lgan muammo hisoblanib, tadqiqotchilar oldiga bir qator uning yechimini 
topishini aniqlaydigan bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan savollarni qo’yadi. 
Buning uchun tadqiqot uchun materiallar tahlilining til aspektining uning nutqdagi 
amalga oshgan ifodasi bilan birikishi kerak, bu esa tilning o’zaro ta’sirini statik 
tizim va nutqni dinamik tizim sifatida ko’rinishiga imkon beradi. 
Matn o’rganilishining lisoniy va nutqiy aspektlari tarjimasi masalalarida 
umumiy va o’zaro uyg’un muammolar mavjud bo’lib, leksik birliklarni tahlil 
qiluvchi tilning o’ziga xos xususiyatlarisiz badiiy tarjima masalalarini tushunib 
yetish mumkin emas, boshqa bir tomondan ularni nutq doirasiga kirmasdan turib 
ham tasvirlab bo’lmaydi. Bu ikkita aspektning hissiy bo’yoqdorlikka ega leksik 
birliklarning A.N.Tolstoyning “Sarsonlikda” trilogiyasining tahlili jarayonida 
sintez qilinishi hamda uning T.Axtamova tomonidan tarjima qilinishi shuni 
ko’rsatdiki, badiiy tarjima muqobil birliklardan foydalanish yoki uning 
o’rindoshlarini izlash bilangina kifoyalanib qolmaydi. Ko’pgina holatlarda ijodiy 
o’ziga xoslik va tarjimonning ijodiy imkoniyatlarini aks ettiruvchi badiiy 
butunlikning original sistemasi yuzaga keladi. 
“Sarsonlikda” - epik asar bo’lib, unda keng hudud va katta davrni qamrab 
olgan tarixiy global voqea-hodisalar avj oladi.Tarix qahramonlarning xatti-
harakatlari va taqdirlari bilan o’zaro bog’langan munozaralar, tarixiy paralellar, 
assotsiatsiyalar ko’rinishlarida estetik faol fon obrazini beradi. Muallif nutqi turli 
xil personajlar nutqi bilan galma-gal kelib va qissanavislik negizida qurilib, asosiy 
rolini subyektiv-baholovchi, emotsional-ta’sirchan ma’lumot o’ynaydigan 
ma’lumotlar qatlamlarini yaratadi. A.N.Tolstoyning uslubini turlicha baholab, 
ko’pgina adabiyotshunoslar yozuvchi badiiy so’zining muhim belgisi madaniy-
tarixiy fon, to’liq fojea va dramatizm yaratuvchi mantiqiy-tushuncha va obrazli-


37 
emotsional asos hisoblanishini tasdiqlab o’tishgan. Muallif o’y-fikri mohiyati 
personajlar nutqi orqali ham eshitiladi. Bu A.N.Tolstoyning “badiiy fikrlash 
paralleligi” ning ko’rinishlaridan biridir. Baholovchi kontekst romanning baholash 
maydonini yaratib, muallif tilidagi va asosan, qahramonlar tilidagi singari katta 
miqdordagi emotsional-baholovchi so’zni chaqiradi 
Muallifning o’zining tilida ko’pincha neytral so’zlar ishlatiladi. Lekin, 
tasvirlanayotgan hodisalarga muallifning munosabatini bera turib, ular roman 
kontekstida emotsional-baholovchi fikrning ortishiga erishadi. 
X.X.Mahmudovning yozishicha, “guruhlarning har birida stilistik asos va stilistik 
sirti o’rtasidagi aloqani saqlash katta mehnat talab qiladi (bunday aloqa 
kommunikativ ahamiyatga ega bo’lib, tilning leksik-grammatik vositalari bilan 
ifodalanadi), lekin guruhlar orasidagi aloqa munosabatlarining saqlanishi, bu ikki 
guruh komponentlari, bunday aloqa ta’sirli xarakterga egaligi uchun, tarjimon 
uchun kutilmagan qiyinchilik tug’diradi. Axir, bosh obraz bilan bunday 
ta’sirchanlikning saqlanishi stilistik kompleks taqdirini va natijada, butun original 
kontekst taqdirini ham hal qiladi”. 
Badiiy asarning baholash maydoni, nafaqat tildagi so’zning stilistik ma’nosi 
bilan, balki kontekstual ma’nosi, to’lig’icha kontekst bilan shakllanadi. Matnning 
neytral birliklari ham mag’izli, stilistik mazmunga boy birliklar, stilemalarga 
nisbatan periferiya ma’nosini olib, kontekst bilan bezaladi. Stilemalar tayyor asarni 
emas, balki yozuvchining noyob hissiyotini ifodalash uchun ishlatiladi. Shunday 
«yagona so’zlar» bo’lmish stilemalar har qanday haqiqiy yozuvchida mavjud va 
bir ijodiy kontekstni boshqasidan farqlaydi. Subyektiv jihatdan yozuvchining 
ijodiy asosi dunyoning individual tasvirini yaratuvchi intellektual emotsional-
baholi ko’rinishdagi stilemalardan iborat. [33; 234-bet] 
Bunday vaziyatda baholovchi-emotsional ma’no designit va konnotatsiya 
bilan qo’shiladi, shuningdek, ajralmas birlikda yaqqol ko’rinadi. U tarqoqligi, 
sochilganligi bilan xarakterlanib, yozuvchining obyektiv reallikka bo’lgan 
munosabatini bildiradi. Bunday munosabatning hosilasi dunyoni individual 
ko’rinishi va uni baholanishi bo’lgan intellektual va emotsional baho sanaladi. 


38 
Bunda stilemalar ma’nosi, “stilistik mazmuni” til birliklarining fikriy va lisoniy 
mohiyati yozuvchining badiiy hissiyoti bilan qiyofasi o’zgartirilgan o’ziga xos 
doirani ifodalaydi.
Stilema tushunchasi til dinamikasiga va madaniy, antropologik, ijtimoiy va 
subyektiv lahzalarni o’z ichiga olgan nolisoniy axborotlarning tasviri jarayoniga 
murojaat qilingan zamonaviy tilshunoslikning umumiy rivojlanish tendensiyasiga 
muvofiq bo’lgan badiiy matnning matn stilistikasiga bo’lgan munosabatlardan 
birini namoyon qiladi. U matnning konnotativ foni shakllangan kabi namoyon 
bo’ladi. V.N.Teliya madaniy konnotatsiya tushunchasini fanga kiritadi, ya’ni “bu 
umumiy ma’noda madaniyat darajalaridagi denotativ, obrazli asoslangan, 
kvazidenotativ aspektlarning interpretatsiyasi hisoblanadi. Madaniy konnotatsiya 
markazi, uning asosiy nerv markazi uning obrazli asosi sanaladi” [40; 214-bet] 
Bir tomondan, shunday til birliklari mavjudki, ular o’zining emotsional-
baholash ma’nolari bilan matn tarkibiga kiradi. Boshqa bir tomondan esa butun 
birlik sifatidagi matn mavjud bo’lib, emotsional-baholovchi, ta’sirli fonga ega 
bo’lib, ularni yaratishda stilemalar ishtirok etadi. Alohida so’zlarga badiiy kontekst 
stilemalarida yaratiladigan emotsional-baholovchi fonning ta’siri shunday 
vaziyatga yuzaga chiqadiki, unda nutqiy darajada so’nggisi ko’proq ifodaviy 
imkoniyatlariga, keng miqyosda aytganda ularning emotsional-baholovchi 
semantikasiga ega bo’ladi.
Har qanday badiiy asar kabi, “Sarsonlikda” romani aytilgan va ko’zda 
tutilgan narsalardan iborat. Unga matnga mos bo’lmagan, uning organik 
strukturaviy elementi sifatida yuzaga chiquvchi o’zining tag ma’nosi muvofiq 
keladi. Tag ma’no muallif tomonidan programmalashtiriladi, chunki badiiy 
matnning qabul qilinishi muallifning o’quvchi bilan ichki dialogini nazarda tutadi. 
Emotsional kontaktning vositalaridan biri konnotatsiya hisoblanib, u emotsional 
tag ma’noni yaratadi. Badiiy asar matnini o’rganish jarayonida tag ma’noga ega 
emotsional-baholovchi qatorni topish zaruriy shart sanaladi, va bu esa, shubhasiz, 
matnning asl matnga bo’lgan muqobilligi tushunchasini fanga kiritadi. 


39 

Download 308,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish