«badiiy nutqni tahlil qilish usullari»



Download 308,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/37
Sana19.04.2022
Hajmi308,36 Kb.
#562213
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
badiiy nutqni tahlil qilish usullari

To’rtinchi muammo
- ba’zan qandaydir bir usulning paydo bo’lish 
mexanizmini tushuntirib berish juda qiyin (masalan, murakkab metaforalarni). 
Boshqa so’z bilan aytganda, nima sababdan, hattoki o’rta malakali o’quvchi 
dohiyona metaforalarning tubidagi ma’nosini his etishga va ma’nosiz so’z 
o’yinlaridan farqlashga qodir degan savolga javob aytish qiyin. 
Yuqorida aytib o’tganimizdek, nutq yashirin ma’no saqlovchi qandaydir bir 
“potensial” til sifatida ketishi mumkin. Ularni o’quvchilar tomonidan matnga duch 
kelgan vaqtda taniy oladilar, lekin ifodalarni esa faqatgina dohiy shoir taniy oladi. 
Bunday “potensial” ma’nolar hududi qayerda joylashganligi va qanday 
shakllanishi - tilshunoslik, madaniyatshunoslik va psixologiyaning qiziqarli 
muammosi sanaladi. Lekin, aytib o’tganimizdek, bu yerda javoblardan ko’ra, 
savollar ko’proq. 
Bu kabi barcha muammolar bir-biri bilan bog’langan, va ularsiz badiiy 
adabiyot teranlikdan mahrum bo’ladi, barchasi faqatgina usullarni va ularning 
klassifikatsiyasini rasmiy tarzda tanish bilan kifoyalanadi. Shu sababli bunday 
muammolarga bugun yoki ertaga yo’liqamiz. Boshqa tomondan, badiiy nutq, 
ohang borasida hali endigina bilimlarimizni oshirayotganligimiz uchun, hozircha 
psixologiya va falsafaning teran savollari ustida bosh qotirishmiz kerak, katta 
bosqichda esa badiiy nutqning asosiy qonuniyatlari va usullarini tasvirlashimiz 
kerak. Shunisi tushunarliki, muammoni ko’ndalang qilib qo’yishning hech bir 
ma’nosi yo’q, masalan, agar biz metaforaning nima ekanligini bilmasak, mashhur 
amerikalik tilshunos J.Lakoffning qanday qilib insoniyat borlig’ining tayanch 
metaforalarini yuzaga chiqarishidan xabardor bo’lmay qolamiz. 
 


31 
2.2. Badiiy nutqning tarkibi va umumiy xususiyatlari 
 
Badiiy-nutqiy vositalar turli-tuman va ko’p rejali. Ular bizning diqqatimizni 
tortadigan sistemani tashkil etgan bo’lib, R.O.Yakobson va 
Ya.Mukarjovskiylarning ishtirokidagi yozilgan “Praga lingvistik maktabi 
vakillarining tezislari” (1929) asarida she’riyat tilini o’rganish sohasida formal 
maktab tomonidan xulosa qilingan. 
Birinchidan, turli xil kelib chiqish va emotsional “ma’no”ga ega so’z va so’z 
birikmalari majmuidan iborat leksik-frazeologik vositalardir. Leksik-frazeologik 
birliklarga tilning morfologik hodisalari (asosan grammatik) tutash bo’ladi. 
Bularga misol qilib, o’zbek folklorida udum bo’lgan kichraytirish qo’shimchalarini 
keltirish mumkin. R.O.Yakobsonning badiiy nutqning grammatik tomonlariga 
bag’ishlangan ishlarida Pushkinning “Men sizni sevar edim….” she’ridagi 
olmoshlarning (birinchi va ikkinchi shaxslar) sistemasi tahlili tajribasi qilingan. 
“Fe’lli shakllar va nisbatlarning turli xil zamon va sonlarning bir-biriga mosligi, 
yonma-yonligi, kontrasti (qarama-qarshiligi) alohida she’rlar kompozitsiyasida 
haqiqatan yetakchi rolini qo’lga kiritadi” deb tasdiqlaydi olim. Bunday xildagi 
she’riyatda (obrazsiz) “Grammatik figuralar” 
obraz-kinoya xususiyatini 
yo’qotishini payqaydi. [49; 462, 469-betlar] 
Ikkinchidan, tor ma’noda nutqiy semantika - bu so’zlarning ko’chma 
ma’nosi, kinoya, troplar, avvalambor, A.A.Potebnya she’riylik va obrazlilikning 
yagona va asosiy manbasi sifatida qaragan metafora va metanimiyalar sanaladi. 
Shu yo’nalishda badiiy adabiyot xalqning va jamiyat nutqiy hodisasining so’z 
assotsiyatsiyasini yaratadi. 
Ko’pgina vaziyatlarda (asosan XX asr poeziyasiga xarakterli) to’gri va 
ko’chma ma’nolar orasidagi chegara, aytish mumkinki, predmetlar atrofida ularni 
to’g’ridan-to’g’ri ifodalamasdan erkin aylanib yuradi. S.Mallarm, A.A.Blok, 
M.I.Svetayeva, O.E.Mendelshtam, B.L.Pasternaklarning ko’pgina she’rlarida 
tartibsiz fikrlar yoki tasvirlar ko’pchilikni tashkil qilib, tashqi chigal muallif 
fikrining ifodasi - intiqib qolgan nutq - imkoni boricha kutilmagan birikmalar bilan 


32 
boyiydi. Bu shoirlar so’z san’atini mantiqiy tashkillashtirilgan nutq normasidan 
ozod qilishadi. Kechinmalar so’zlarda erkin va bemalol yuzaga chiqa boshlaydi. 
Blok zamonaviy she’riyatni nazarda tutib “Axir hodisa so’z xo’jayinidir” 
degan edi. Jonli so’z predmetni ifodalamaydi, balki erkin tarzda predmet ma’nosi, 
ko’rinishi, tanasini tanlaydi. Hodisalar atrofida so’z erkin aylanadi. [32; 42-bet] 
Personajlar nutqi, albatta, badiiy metodga ham bog’liq bo’ladi: yozuvchi 
realizmdan qancha uzoqlashsa, shuncha ko’p imkoniyati paydo bo’ladi, chunki 
uning qahramonlari o’y-fikrlarida, hissiyotlarida, xatti-harakatida, nutqida nafaqat 
xarakterning mohiyati, balki butun asarning qanchadan-qancha fikriy-emotsional 
intilishlari, qanchadan-qancha muallif nutqining asosiy xususiyatlari ochib beriladi. 
Mana, masalan, Karamzinning bir qissasida dehqon qizi shunday deydi: “Bechora 
Liza”: “Salom, qadrli cho’pon bola! Qayerlarga chopqillab ketyapsan? Qo’ylaring 
uchun bu yerda ham o’t-o’lanlar o’sadi, va bu yerda ham shlyapang uchun 
gulchambar to’qish uchun izlayotgan gullaring o’smoqda”. Hissiy jihatdan, leksik 
birliklarning tanlanishi jihatidan, ohang jihatdan - bu qahramonning xarakterini 
sentimental tarzda ideallashtirish vositasi sifatida yaqqol ko’ringan muallifning o’z 
nutqi sanaladi. 
Badiiy asarda so’zni muhokama qilishdagi umumiy qoida - bu nutqiy 
elementning kontekstini tushunib yetishdir. Mashhur adabiyot nazariyotchisi 
L.I.Timofeyev kontekstlarning turli xilligiga misol qilib Pushkin matnlaridan 
biridan bir so’zni olib ko’rsatadi. “To’xta”, - deydi Salyeri zahar bilan vino 
ichayotgan Motsartga qarab. “To’xta”, - deb pichirlaydi yosh lo’li ayol Zemfiraga 
qarab. “To’xta”, - deb qichqiradi bolakay Aleko, uni hanjar bilan urib. Har bir 
vaqtda bir so’z har xil eshitiladi; asarda uning barcha sodir bo’layotgan narsalar 
bilan sistemali bog’liqliklarini topish kerak bo’ladi. 

Download 308,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish