«badiiy nutqni tahlil qilish usullari»


 Badiiy nutqning boshqa nutqiy faoliyat turlari bilan o’zaro aloqalari



Download 308,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana19.04.2022
Hajmi308,36 Kb.
#562213
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
badiiy nutqni tahlil qilish usullari

 
2.3. Badiiy nutqning boshqa nutqiy faoliyat turlari bilan o’zaro aloqalari 
Og’zaki va yozma badiiy asarlarning nutqi o’zi uchun intensiv ravishda ham 
og’zaki, ham yozmada, nutqiy faoliyatning eng turli-tuman shakllarini tanlaydi. 
Ko’p asrlar mobaynida, yozuvchilar va shoirlarga notiqlik san’ati va notiqlik 


33 
prinsiplari faol tarzda ta’sir qilib kelgan. Aristotel ritorikani “har bir predmetga 
nisbatan mumkin bo’lgan ishontirish usulini topish” qobiliyati sifatida belgilab 
o’tadi. Dastlab (Qadimgi Yunonistonda) ritorika (notiqlik) - notiq tomonidan 
qo’llangan gapga chechanlik, qoidalar majmui nazariyasi hisoblangan. Keyinchalik 
(o’rta asrlarda) notiqlik qonun-qoidasi diniy va’z va maktublar yozishda, 
shuningdek, badiiy she’riyatda ham keng tarqalgan. Bu soha bilimlarining vazifasi 
“ma’lum bir janrlar matnini yaratish san’atini o’rganish”dan iborat bo’lgan. Bu 
ilmning predmeti – “foydali muloqot shartlari va shakllari”. 
Ritorika adabiyot uchun boy ozuqa berdi. Bir necha asrlar mobaynida 
nutqning shakllanishi (asosan epopeya, tragediya, qasida kabi yuqori janrlar 
doirasida) xalq, notiqlik nutqi, ritorikaning tobe tavsiyalari va qoidalariga o’z 
maqsadini qaratgan. Bejizdan “romantikkacha” bo’lgan davr (antik davrdan 
klassisizmgacha bo’lgan davr) ritorik madaniyatning pallasi sifatida 
xarakterlanmaydi.
Romantizm davriga kelib (va undan keyin) adabiyot uchun ritorika va uning 
ahamiyati ishonchsizlik va shubha uyg’ota boshlaydi. V.G.Belinskiy 1840-
yillarning ikkinchi yarmida maqolalaridan birida yozishicha, yozuvchilar 
ijodiyotida ritorik omil tabiiylikning zamonaviyligi uchun tirishqoqlik bilan 
qarama-qarshi turdi. Ritorika ostida u “voqelikning ixtiyoriy yoki noixtiyoriy 
maktubosi, hayotning soxta ideallashtirilishi”ni nazarda tutgan. O’sha vaqtlarga 
kelib adabiyotda sezilarli darajada o’zining ilgarigi notiqlik san’ati bilan bo’gliq 
bo’lgan aloqalari zaiflashadi (to’liq yo’qolmagan bo’lsa-da) 
Yu.M.Lotmanning fikriga qaraganda XVII-XIX asrlar mobaynida Yevropa 
madaniyati qoida va normalarga rioya qilishga yo’naltirilganlikdan rivojlandi, 
ya’ni ritorik murakkablikdan stilistik oddiylikka qarab. Og’zaki va yozma adabiyot 
san’atining old sahnasida barcha qat’iyliklar ritorika yo’nalishlari tomonidan 
aytilmagan erkin-so’zlashuv nutqiga qarab boradi. A.S.Pushkinning ijodi shu 
munosabat bilan huddi xorijda ikki nutqiy madaniyat an’anasida joylashgandek 
tuyuladi. Uning asarlari ko’pincha ritorik va so’zlashuv nutqidan iborat bo’ladi. 
“Stansiya nazoratchisi” qissasiga bo’lgan notiqlik kirish qismidagi parodiya, 


34 
keyingi oddiy qissanavislikdan farq qiluvchi ohangdoshlik, «Suvoriy» (qayg’uli 
bezaksiz Yevgeniya taqdiri haqidagi hikoya va qasidaviy kirish) dagi stilistik 
xilma-xillik; “Motsart va Salyeri” dagi qahramonlarning nutqiy odatlari xilma-
xilligi yaqqol sezilib turadi va muhim ahamiyatga ega. 
Suhbat so’zlashuv nutqiga olib boruvchi kishilarning eng muhim muloqot 
turi sifatida o’zbek va rus klassik adabiyotida keng ko’lamda aks etadi. “Musibat”, 
“Yevgeniy Onegin”, N.A.Nekrasov she’rlari, N.S.Leskov qissa va hikoyalari, 
A.N.Ostrovskiy va A.P.Chexov pyesalari shular jumlasidan. Aytish mumkinki, XIX 
asr yozuvchilari deklamatsion-notiqlik, ritorika-she’riy formulalardan iste’moldagi, 
erkin, suhbat nutqiga o’z diqqatini qaratadi. L.Ya.Ginzburg so’ziga qaraganda, 
Pushkin she’rlarida “odatiy so’zning poetik (she’riy) so’zga mo’jiza bilan 
aylanishi” sodir bo’ladi. 
Shunisi ahamiyatliki, XIX-XX asrlarda adabiyot butunligicha yozuvchilar va 
olimlar tomonidan muallif bilan o’quvchining o’ziga xos suhbati shakli ekanligini 
tushunib yetadi. Ingliz romannavisi R.Stivenson so’zlariga qaraganda, “adabiyot 
o’zining barcha ko’rinishlarida iliq suhbatning soyasi sifatida yuzaga chiqadi” 
A.A.Uxtomskiy fikricha, har qanday badiiy ijodning eng asosini suhbatdosh 
yuragidan hisni izlab topishga bo’lgan qondirib bo’lmaydigan va hech 
to’ymaydigan ishtiyoq tashkil etadi.
Ko’ringanidek, badiiy asarlarning so’z orqali ifodalangan mazmuni og’zaki 
nutq bilan chuqur bog’langan va uni faollik bilan rag’batlantirib turadi. 
Shuningdek, badiiy nutq ko’pincha nobadiiy nutqning (maktubiy shaklda yozilgan 
ko’pgina roman va qissalar, kundalik shaklidagi she’riy doston va memuarlar) 
yozma shakllarini amalga oshiradi. So’z san’atining yozma san’at bilan 
bog’liqligini zamonaviy shunday olimlar mutlaqlashtiradiki, natijada muallif 
tomonidan yaratilgan matn “maktub ishlab chiqarish jarayoni” deb izohlanadi. 
(R.Bart) “Maktub aynan nutq tugagan vaqtda paydo bo’ladi, va biz kim 
gapirayotganini aniqlay olmaymiz, faqatgina bu yerda nimadir gapirilayotganini 
qayd qilishimiz mumkin”. 


35 
O’zida badiiy nutqdan tashqari shakllarni singdirib, adabiyot osonlik bilan 
va shiddatli tarzda til normalaridan og’ishiga yo’l qo’yadi va nutqiy faoliyat 
sohasida yangilikni amalga oshiradi. Yozuvchilar va shoirlar til yaratguvchilari 
sifatida sahnaga chiqishadi, buning yaqqol namunasi sifatida B.Xlebnikovani 
keltirishimiz mumkin. Badiiy nutq, nafaqat milliy tillarning boyligiga diqqatini 
qaratadi, balki ularni yaratadi va mustahkamlaydi. Aynan so’z san’atida badiiy til 
shakllanadi.

Download 308,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish