3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizda bugungi
kunda xalqimiz ijtimoiy-
siyosiy hayotining hamma jabhalarida erishilayotgan yutuqlar, jahonning eng
rivojlangan davlatlari bilan siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-texnik
sohalardagi aloqalarda erishilayotgan muvaffaqiyatlar bevosita yurtimizning o’z
mustaqilligini qo’lga kiritganligi bilan bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov xalqimizning asrlar davomida ardoqlab
kelingan buyuk
boyligi hisoblangan ma’naviyatning asl mohiyati va uning ijtimoiy-siyosiy
hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini yoritib berishga bag’ishlangan “Yuksak
ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ona tilimizning mamlakatimiz ichki va
tashqi hayotidagi o’rni va rivojlanishiga, uning vazifaviy-uslubiy imkoniyatlarini
yanada kengaytirish lozimligiga alohida e’tibor qaratgan. Haqiqatdan ham,
yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho
boylikning vorislari sifatida ona tilimizni
asrab-avaylashimiz, uni boyitish,
nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”. [1; 87-bet]
Darhaqiqat, ma’naviyatimizning asosi bo’lgan adabiy tilimizni yanada
rivojlantirish, xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy-ma’naviy
qadriyatlarini tiklash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy merosni
o’rganish, mustaqillik mafkurasini badiiy ijod sohasida, ta’lim jarayonida
yoshlarimiz ongiga singdirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan
hisoblanadi.
Umuman olganda, tadqiqot ishimizning obyekti
hisoblangan badiiy nutq
masalasiga doir adabiyotlarni ko’zdan kechirganda, o’zbek tilida bu borada
mukammal ma’lumot berilgan biror-bir adabiyotni topish qiyinchilik tug’diradi.
Badiiy adabiyot va uning uslublariga bag’ishlangan adabiyotlarda ma’lum bir
sahifalarida badiiy nutq haqidagi fikrlarni uchratishimiz mumkin. Ammo
badiiy
nutqni tahlil qilish usullari bo’yicha hech bir adabiyot mavjud emas. Shu sababli
ushbu mavzuning dolzarbligi sababli, rus va ingliz adabiyotlaridan
foydalanib, shu
mavzuni o’zbek tilida yoritib berishni o’z oldimizga maqsad qilib oldik.
4
Shuningdek, badiiy nutqning shakl va janrlari turli adabiyotlarda turlicha
tavsiflanadi. Ularni farqlay olish esa mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Shu
sababli ularni
bir necha adabiyotlardagi ma’lumotlardan foydalanib,
umumlashtirish usuli bilan bir qolipga solish ham bu ishimizning yutuqlaridan biri
sanaladi.
Tilning o’z funksional-semantik imkoniyatlarini, turli ma’no nozikliklarini
namoyon
etishda badiiy ijod ahlining, xususan, shoir va yozuvchilarning xizmatlari
beqiyosdir. Shu bois alohida olingan ijodkorlar individual uslubi, asarlarida
qo’llangan badiiy nutqning tahlili va usullarini o’rganish
ularning adabiy tilimiz
rivojiga qo’shgan hissalarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Atoqli olmon olimi Vilgelm fon Gumboldtning “Yer yuzidagi tillarning
xilma-xilligi faqat tovushlarning har xilligi emas, balki har bir millatdagi dunyoni
ko’rishning farqliligi natijasidir”, degan gapida juda katta haqiqat mavjud.
Jahon nazm va nasriga katta hissa qo’shgan, 1986-yilgi Xalqaro
Nobel
mukofoti sovrindori, Afrika xalqlarining sevimli shoiri, yozuvchi va dramaturgi
Vole Shoyinka hisoblanadi. Vole Shoyinkaning turli mavzularda yaratilgan
she’rlarida badiiy nutq va tilning yashirin imkoniyatlari, nutq birliklarining o’ziga
xos nozik ma’nolar ifodalashda xususiyatlari, jozibasi, bo’yoqdorligi, ifodaliligi,
emotsional-ekspressivligi turli vositalar yordamida namoyon bo’ladi. Vole
Shoyinka ijodida betakror tasvirlarni yuzaga keltiruvchi hamda she’riyati tilining
badiiyatini ta’minlovchi stilistik vositalardan o’rinli foydalanganligi uning so’z
qo’llashda yuksak mahorat sohibi ekanligidan dalolat beradi. Jahon adabiyotida
alohida ijodkorlar she’r va asarlarida badiiy nutq jihatdan o’rganishga
bag’ishlangan ayrim ishlar mavjud bo’lsa-da, Vole Shoyinkaning she’riy asarlari
haligacha maxsus o’rganilmagan. Shuningdek, badiiy nutqning asosiy xususiyatlari
haqida ham o’zbek tilimizda yetarlicha ma’lumotlar yo’q. Bu
esa tanlangan
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: