Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish



Download 181,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.11.2022
Hajmi181,67 Kb.
#867356
1   2   3   4
Bog'liq
b6h2dGr74WaTgzBBwkqhxmh7HawCn0E9KtEdSLN2

Ertaklar.
Xalq og‘zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan 
biri ertaklardir. Xalq tomonidan yaratilgan kо‘plab ertaklarda bolalarning о‘ziga 
xos hayoti chetlab о‘tilmagan. Hatto, turli yoshdagi bolalar uchun juda kо‘p 
maxsus ertaklar yaratilgan. 
Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, 
tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘lanishi, 
insonlarga axloqiy va ma’naviy yо‘ldosh bо‘lib kelishidadir. Ertaklar insonning 
ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan bо‘lib, ijobiy kuchlar 
tabiat va ijtimoiy hayotda о‘ziga dushman bо‘lgan kuchlarga qarshi kurashda 
doimo g‘olib chiqadi. Xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar odilona hal 
etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bо‘lgani uchun har qanday kitobxonga tez 
yetib boradi. О‘tmishda yaratilgan ertaklarda xalqchillik kurashi о‘zining haqqoniy 
badiiy ifodasini topgandir. Xalqning kelajakka bо‘lgan ishonchi, adolatning 
adolatsizlik ustidan g‘alabasi, yorug‘likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor 
hayotga erishish g‘oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan. 
Xalq ertaklari о‘z xususiyatlariga kо‘ra bir necha turga bо‘linadi: hayotiy 
ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy 
ertaklar. 
Xalq ertaklarida el-yurtni kо‘z qorachig‘iday avaylab saqlovchi ajoyib 
qahramonlar ulug‘lanadi, ayollarning haq-huquqlari himoya qilinadi, uzoq 
masofalar yaqin qilinadi, kishilar xarakteridagi yaramas odatlar, noma’qul illatlar 
tanqid ostiga olinadi, mardlik, epchillik, dovyuraklik, mehnatsevarlik, halollik, 
vafodorlik, saxiylik g‘oyalari ulug‘lanadi.
2. О‘quvchilarda о‘qish malakalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar. 
Istiqlol tufayli xalqimiz yangi tarixiy davrga qadam qо‘ydi. Bu – albatta, 
ta’lim tizimiga, jumladan, boshlang‘ich sinf о‘qish darslarining maqsad va 
vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xalq ta’limi vazirligining «Yangi 
darsliklar avlodini yaratish tо‘g‘risida»gi Qarori talablaridan kelib chiqib, 
boshlang‘ich sinflar uchun yangi «О‘qish kitobi» darsliklari nashr qilindi. Ushbu 


darsliklar oldiga bir qator talablar qо‘yildi. Mazkur talablardan biri, unda berilgan 
savol-topshiriqlar о‘quvchini faol ishlashga, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr 
yuritishga о‘rgatadigan shaklda tuzilmog‘i zarur.
Ma’lumki, darslik yuqori ilmiy va uslubiy saviyada yozilgan, о‘quv dasturiga 
mos asosiy kitobdir. Maktab darsliklari orqali о‘quvchilarga bilim berish bilan 
birga, ularning о‘quv-biluv kо‘nikma va malakalari ham shakllantiriladi
dunyoqarashlari va fikrlash doirasi kengaytiriladi. Bu borada «О‘qish kitobi» 
darsliklari oldiga ilmiy-metodik va badiiyat nuqtai nazaridan alohida talablar 
qо‘yilgan.
«О‘qish kitobi»ni yaratishda izchillik va uzviylikka qat’iy rioya qilinishi, 
tanlangan badiiy asarlarning о‘quvchilar yosh xususiyatlariga mos kelishi, badiiy 
yuksakligi, muayyan maqsadni kо‘zda tutishi, asarlarning janriy rang-barangligi 
kabi ilmiy-metodik hamda insonparvarlik xislatlarini tarbiyalashga qaratilishi bilan 
bog‘liq talablar mazkur darsliklarning hayotiy mezoni deyish mumkin.
Shunday ekan, boshlang‘ich sinf «О‘qish kitobi» darsliklari ham belgilangan 
talablarga muvofiq bо‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan, biz «О‘qish kitobi» 
darsliklaridagi savol-topshiriqlarni о‘quvchilarni izlanishga о‘rgatish jihatdan
quyidagi guruhlarga bо‘lishni lozim topdik: 
1.
Qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar. 
2.
Qisman izlanuvchanlik tipidagi savol-topshiriqlar. 
3.
Ijodiy tipdagi savol-topshiriqlar. 
4.
Adabiy tushunchalarni anglash tipidagi savol-topshiriqlar. 
1-sinf «О‘qish kitobi»ni tahlil qilib, darslikka kiritilgan savol-topshiriqlar, 
asosan, qayta xotirlash tipiga mansubligining guvohi bо‘ldik. Darhaqiqat, birinchi 
sinf о‘quvchilarining yosh xususiyatlari faqat asar voqealarini qayta esga olish 
asosida savollarga javob berishni talab etadi.
2-sinf «О‘qish kitobi»dagi savol-topshiriqlar esa asosan qayta xotirlash va 
qisman izlanuvchanlik tipiga mansub. Masalan, qayta xotirlash tipidagi savol-
topshiriqlarga vatan mavzusida о‘rganiladigan asarlardan sо‘ng «Vatanimiz 
qanday nom bilan ataladi?, О‘zbekistonda qanday shaharlar bor ekan?, Toshkent 


qanday shahar?, Nima uchun Toshkentni tinchlik va dо‘stlik shahri deymiz?,
Kaptar qafasdan qutulib qaysi tomonga uchdi?, Kishilar nima qilmoqchi bо‘ldilar?,
О‘qituvchi nimalar va kimlar haqida gapirib berdi?» kabi, qisman izlanuvchanlik 
tipidagi savol-topshiriqlarga «Qaysi bekatlarning nomini bilasiz? Hikoyat qanday 
yakunlangan? Vatanimiz ozodligi uchun kurashgan insonlardan yana kimlarni 
bilasiz? She’rda Amir Temurning qanday xislatlari ifodalangan? Ulug‘bekning 
qanday fazilatlari bо‘lgan?» kabi savol-topshiriqlarni kiritish mumkin. Lekin 
mazkur mavzuga oid she’rlardan sо‘ng faqat she’rni yod olish topshirig‘i berilgan. 
Bizningcha, bu yerda she’r matnini tahlil qilishga yordam beruvchi savol-
topshiriqlar ham tavsiya qilinishi kerak edi. 
3-sinf «О‘qish kitobi» darsligida savol-topshiriqlarning quyidagi tiplarini 
kuzatish mumkin. Jumladan, vatan mavzusiga oid matnlardan sо‘ng berilgan
«Gerbdagi ramz va timsollardan nimalarni bilib oldingiz? «Gerb» sо‘zi nimaning 
belgisini anglatadi? Bobomiz Amir Temur davlati bayrog‘i qaysi rangda edi? 
Donolar nega kengash qilishdi? Adolat qanday qaror topdi? Toshkentga qaysi 
inshootlar zeb berib turibdi? Olim – farishtalarning istagi nimalardan iborat edi? 
Nima uchun oqil kishi hammani donishmandning huzuriga borishga maslahat 
berdi? Donishmand qaysi farishtaning fikrini ma’qulladi? Rustam aka tо‘g‘on 
haqida bolalarga nimalarni sо‘zlab berdi? Bolalar qaysi baliqlarni kater tagiga 
joylashdi?» kabi savol-topshiriqlar qayta xotirlash tipiga mansub bо‘lsa, 
«Matndagi 
ziyoda
sо‘zi о‘rnida yana qanday sо‘z ishlatish mumkin?, Nima uchun 
Toshkent dо‘stlik shahri deb ataladi?, О‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda 
sizning vazifangiz nimadan iborat?, Siz о‘z tilingizni sevasizmi?, Nima uchun?, 
О‘qituvchi ona tilimizning boyligini nega bog‘ bilan qiyoslaydi?» kabi ijodiy 
tipdagi ba’zi savol-topshiriqlar ham kо‘zga tashlanadi.
4-sinf «О‘qish kitobi»da qayta xotirlash tipiga oid savol-topshiriqlar 
birmuncha kamroq kiritilgan. Ular quyidagicha: «Dehqonbobo poyezdda kimlarni 
uchratdi? Bolalar unga nimalar haqida gapirib berishdi? Ilm aqlni peshlashi haqida 
she’rda nima deyilgan? Samad qishlog‘ining xaritasida nimalarni tasvirladi? 
Bolalar nima ustida tortishib qolishdi?» kabi.


Qisman izlanuvchanlik tipidagi savol-topshiriqlar «Mustaqillik qaytarib 
bergan allomalardan kimlarni bilasiz?, She’rdagi «serquyosh о‘lka» iborasini 
qanday sо‘zlar bilan almashtirish mumkin?, She’rdan о‘zbek xalqining 
mehmondо‘stligi haqidagi о‘rinlarni toping. Matndan Dehqonboboning Vatan 
haqida aytgan gaplarini topib о‘qing» tarzida berilgan.
Ijodiy tipdagi savol-topshiriqlarni ham kо‘plab uchratish mumkin. Masalan, 
«Ota-onalarni e’zozlashning sababi nimada? «О‘zbekiston – kelajagi buyuk 
davlat» deganda xayolingizga nimalar keladi? Vatan deganda xayolingizga 
nimalar keladi? Qanday kishilarni mard desa bо‘ladi?» singari.
Adabiy tushunchalarni anglash tipidagi savol-topshiriqlar mazkur bо‘limda 
berilmagan. Yuqorida qayd qilingan tasnifga kо‘ra, 1-sinf «О‘qish kitobi»da 
matnlardan sо‘ng asosan qayta xotirlash tipidagi savollar berilgani aniqlandi. 
Faqatgina bо‘lim yuzasidan о‘tkaziladigan takrorlash darslari uchun savol-
topshiriqlar tavsiya qilingan.
2-sinfda qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar 68 foizni, qisman 
izlanuvchanlik tipidagilari 22 foizni, ijodiy tipdagi savol-topshiriqlar 10 foizni 
tashkil etadi.
3-sinfda tavsiya qilingan savol-topshiriqlarning 60 foizi 1-, 22 foizi 2-, 12 
foizi 3-, 6 foizi 4-tipga mansubligi aniqlandi. 
4-sinfda qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar 40 foizni, qisman 
izlanuvchanlik tipidagi savol-topshiriqlar 20 foizni, ijodiy tipdagi savol-
topshiriqlar 28 foizni, adabiy tushunchalarni anglash bilan bog‘liq savol-
topshiriqlar 12 foizni tashkil qiladi.
Tahlildan kо‘rinadiki, boshlang‘ich sinf «О‘qish kitobi» darsliklarida 
о‘quvchini mustaqil ishlash, fikrlashga undovchi ijodiy xarakterdagi savol-
topshiriqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil etadi. Hozirgi kunda «О‘qish kitobi» 
darsliklarida savol-topshiriqlarning deyarli 70-75 foizi bilimlarni qayta xotirlash va 
qisman izlanishni talab etadigan savol-topshiriqlardir. Darsliklarga shu xildagi 
savol-topshiriqlarning kо‘plab berilishi о‘quvchilarning mustaqil fikrlashi hamda 
faolligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. 


 
 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Yosh avlod tarbiyasida bolalar adabiyotining ahamiyati qanday? 
2.
Bolalar kitobxonligiga erishish uchun nimalar qilish kerak? 
3.
Yosh avlod tarbiyasida bolalar adabiyotining ahamiyati?
 
 

Download 181,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish