4-MAVZU. 1-4-SINF О‘QISH DARSLARIDA О‘QUVCHILARNING
BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRISH
Reja:
1.
О‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda о‘qish
darslarining roli.
2.
О‘quvchilarda о‘qish malakalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
о‘quv dasturi, bilim,
kо‘nikma, malaka, kompetensiya.
1. О‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda о‘qish
darslarining roli.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 yanvar kuni
“Kitob
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi
va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha
komissiya tuzish tо‘g‘risida”gi
farmoyishni imzoladilar. Farmoyishda bolalar
adabiyotining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, ta’lim
muassasalarida sinfdan tashqari о‘qish uchun tavsiya etilgan о‘zbek va chet el
adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari
rо‘yxatlarini qayta kо‘rib chiqish va о‘quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar
asosida insho yozish tizimini joriy etish masalasiga alohida urg‘u berilgan.
Bolalar adabiyoti о‘quvchilarni yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mamlakatimizning qudratli qurolidir.
Bugungi davrda bu fanga intilish, qiziqish, о‘rganish, о‘zlashtirish yanada oshdi.
Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning
yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bо‘lishi, ular qalbida chuqur о‘y-fikrlar
uyg‘otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‘oyalarga boy bо‘lishi, ularni ulkan va
porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va
qiziqarli tilda yoritilishi lozim.
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir kо‘rsatib, ana shu
talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik
nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda avvalo, badiiy tilga suyanadi. Adabiy
asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir.
Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va
fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida tilni «kо‘ngil
xazinasining qulfi
1
», deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq
bilan sо‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham
taalluqlidir.
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi
kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim.
Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta
ta’sir kо‘rsatadi, sо‘z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga,
halol yashashga, ilm-fan chо‘qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi
kashfiyotlar qilishga о‘rgatadi. Kitob xalqimizning о‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz,
fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg‘ularini о‘stiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |