Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish



Download 181,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.11.2022
Hajmi181,67 Kb.
#867356
  1   2   3   4
Bog'liq
b6h2dGr74WaTgzBBwkqhxmh7HawCn0E9KtEdSLN2



4-MAVZU. 1-4-SINF О‘QISH DARSLARIDA О‘QUVCHILARNING 
BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH KOMPETENSIYASINI 
SHAKLLANTIRISH 
Reja: 
1.
О‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda о‘qish 
darslarining roli.
2.
О‘quvchilarda о‘qish malakalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar.
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
о‘quv dasturi, bilim, 
kо‘nikma, malaka, kompetensiya. 
 
1. О‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda о‘qish 
darslarining roli.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 yanvar kuni 
“Kitob 
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi 
va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha 
komissiya tuzish tо‘g‘risida”gi 
farmoyishni imzoladilar. Farmoyishda bolalar 
adabiyotining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, ta’lim 
muassasalarida sinfdan tashqari о‘qish uchun tavsiya etilgan о‘zbek va chet el 
adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari 
rо‘yxatlarini qayta kо‘rib chiqish va о‘quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar 
asosida insho yozish tizimini joriy etish masalasiga alohida urg‘u berilgan. 
Bolalar adabiyoti о‘quvchilarni yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va 
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mamlakatimizning qudratli qurolidir. 
Bugungi davrda bu fanga intilish, qiziqish, о‘rganish, о‘zlashtirish yanada oshdi. 
Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning 
yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bо‘lishi, ular qalbida chuqur о‘y-fikrlar 
uyg‘otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‘oyalarga boy bо‘lishi, ularni ulkan va 
porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va 
qiziqarli tilda yoritilishi lozim. 


Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir kо‘rsatib, ana shu 
talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik 
nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda avvalo, badiiy tilga suyanadi. Adabiy 
asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. 
Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va 
fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida tilni «kо‘ngil 
xazinasining qulfi
1
», deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq 
bilan sо‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham 
taalluqlidir. 
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi 
kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. 
Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta 
ta’sir kо‘rsatadi, sо‘z boyligini oshiradi. 
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, 
halol yashashga, ilm-fan chо‘qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi 
kashfiyotlar qilishga о‘rgatadi. Kitob xalqimizning о‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz, 
fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg‘ularini о‘stiradi. 

Download 181,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish