SAKKIZINCHI BOB
1. Pulisirot-dindorlarning e’tiqodicha qiyomat bo’lganda do’zax ustiga quriladigan qil ko’prik.
2. Badiuzzamon-Boyqaroning ilk xotini Beka Sultonbegimdan tug’ilgan to’ng’ich farzand. O’n ikki-o’n uch yoshli, nozik gavdali, xushbichim, chiroyli bola edi. Yoshligiga qaramasdan shohona tantanalarni juda mohir tashkil qilar edi.Chavgon o’yinini sevadi, ovga hirs bilan kirishadi.
3. Abdulvosid-mashhur hajviy latifachi.
4. Bo’dana,Do’lana- podshohning qo’riqchisi, ikki omonsiz quli, yetti bobosi jallod, yetti enasi yalmog’iz o’tgan.
5. Husayn Boyqaro: Agar on turki sherziy ba dast orad dili moro,
Baxoli hinduyash baxsham Samarqand-u Buxororo.
(Agar u sherozlik turk go’zali ko’nglimni olsa, uning birgina qora xoli uchun Samarqand va Buxoroni bag’ishlar edim.(Hofiz Sheroziy))
TO’QQIZINCHI BOB
1. “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan Afzal”-Navoiy.Navoiy-turli tuman asarlardan o’n minglarcha baytni yod bilar edi, uch-to’rt yoshidan boshlab jiddiy,go’zal she’rlarni yodlagan, sakkiz-to’qqizda ilmiy, falsafiy, she’riy asarlarni mutolaa etgan.
2. Misralarda so’zlar gavhar kabi yonadi, yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi:
Ochmag’ay erding jamoli olam aro koshki,
Solmag’ay erding bori olamda g’avg’o koshki.-Navoiy.
3. Shayx Bahlul-ancha tahsil ko’rgan, har vaqt mutavoze, yuvvosh tabiatli, kamtarin yigit edi.
4. Tarabxona- katta bog’chalarning o’rtasiga solingan kichikroq, lekin juda kelishgan ikki oshyonli, bu yerni o’z ko’zi bilan ko’rgan Zahiriddin Muhammad Boburning ta’biricha, shiringina imorat edi. Buni Abulqosim Bobur bino qilgan edi.
5. Xo’ja Ato-muloyim, kamtarin kishi edi. O’z vazifalarini shov-shuvsiz , yaxshi bajarar edi, har bir ishda yuvoshgina maslahatini berar edi.
6. Muhammad Sayid-saroy pahlavonlarining eng zo’ri va mohiri edi. Keng yag’rinli, quloch ko’krakli edi. Husayn Boyqaro unga “Pahlavoni olam” degan laqab bergan.O’n sakkiz yashar jiyanini madrasadan olib bahorda mashhur pahlavonlar bilan kurashga solmoq uchun tayyorlayotgani haqida gapirdi.
7. Husayn Boyqaro Navoiyning muhr bosmoqlik soatiga Zuhrani tayin qildi.Zuhra-bugun avjida yettinchi osmondadir. Zuhraning surati qo’liga chang va kamoncha ko’targan parivash, o’yinchi qizdirki husnga, san’atga iqbolning xursandchiligiga ishoratdir.
8. Navoiyga “jubbaiy tillodo’zi va kulohi navro’zi”(U zamonda amirlargina kiyadigan maxsus to’n va boshkiyim) taqdim etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |