Syujet tiplari: - Syujet tiplari:
- -Xronikali syujet. Unda voqealar ketma-ketlikda beriladi («O’qituvchi» romani).
- -retrospektiv syujet. Unda voqealar orqaga qaytuvchi tartibda beriladi.
- -konsentrik syujet. Unda voqealar biror holatni tahlil qilish orqali beriladi. (U.Umarbekovning «Yoz yomg’iri» qissasi);
- -assotsiativ syujet. Unda voqealar o’y-xayollar taassurotlar va xotira orqali beriladi. Birinchi qarashda uzuk-yuluk epizodlar birlashib, izchil voqealarga aylanadi. (Ch. Aytmatovning «Alvido, Gulsari» qissasi).
Kompozitsiya – asarning ichki tuzilishidir. Undagi qismlar syujet elementlari, portret, peyzaj, lirik chekinish, monolog, dialog, tasvir, bayon, obrazlar va syujet liniyalarining joylanishi va tartibidir qoliplash va qistirma hikoyalardir, ularning o’zaro muvofiqligi va mutanosibiligidir. Bu mutanosiblik esa asarning asosiy g‘oyasini yaxlit va aniq ochishga xizmat qiladi. Konflikt – asar qahramonlari o’rtasidagi qarama-qarshilik bo’lib, voqea va xarakterlar ana shu qarama-qarshilikning rivojlanishi jarayonida ochiladi. Konflikt ayniqsa dramatik asarlarda juda muhimdir. Xarakterlar qanchalik aniq va yopiq bo’lsa konflikt ham shunchalik jiddiy bo’ladi. Konflikt voqealarni harakatga keltiradi. - Kompozitsiya – asarning ichki tuzilishidir. Undagi qismlar syujet elementlari, portret, peyzaj, lirik chekinish, monolog, dialog, tasvir, bayon, obrazlar va syujet liniyalarining joylanishi va tartibidir qoliplash va qistirma hikoyalardir, ularning o’zaro muvofiqligi va mutanosibiligidir. Bu mutanosiblik esa asarning asosiy g‘oyasini yaxlit va aniq ochishga xizmat qiladi. Konflikt – asar qahramonlari o’rtasidagi qarama-qarshilik bo’lib, voqea va xarakterlar ana shu qarama-qarshilikning rivojlanishi jarayonida ochiladi. Konflikt ayniqsa dramatik asarlarda juda muhimdir. Xarakterlar qanchalik aniq va yopiq bo’lsa konflikt ham shunchalik jiddiy bo’ladi. Konflikt voqealarni harakatga keltiradi.
Badiiy konfliktning 3 tipi bo’ladi: - Badiiy konfliktning 3 tipi bo’ladi:
- - qarama-qarshi kuchlar kurashi tarzidagi konflikt (Oybekning «Qutlug’ qon» romanidagi mulkdor boylar bilan faqir batraklar o’rtasidagi kurash).
- - qarama-qarshi xarakterlar kurashi tarzidagi konflikt («Sinchalak» povestidagi Saida va Qalandarov o’rtasidagi kurash).
- - qarama-qarshi tuyg‘ular kurashi tarzidagi konflikt (Hamletning «Tirik qolmoq yo o’lmoq» monologidagi qahramonning hayot va o’lim haqidagi fikrlari kurashi). Bunday ichki konfliktni ichki kollizitsiya ham deyishadi.
- lirikada konflikt kolliziya tarzida bo’lib, tezis va antitezis to’nashuvidan yuzaga chiqadi. Bir vaqtlar konfliktsizlik nazariyasi ta’sirida yozilgan asarlarda hayot qiyinchiliklarsiz yuzaki tasvirlanardi. Konfliktsizlik nazariyasi adabiyot taraqqiyotiga katta zarar yetkazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |