BACHADONDAN ANOMAL QON KETISHLAR. BACHADON MIOMASI, ENDOMETRIOZ. BACHADON MIOMASI
REJA
Bachadon miomasi va uning tasnifi.
Bachadon miomasi va uning asoratlarini davolash.
Endometrioz haqida tushuncha
Bachadon miomasi deb, gormonlarga moyil bo’lgan, mushak to’qimasi hamda biriktiruvchi to’qimalardan tashkil topgan xavfsiz o’smaga aytiladi. Mioma keng tarqalgan kasallik bo’lib, ginekologik bemorlarning 10-27% ida, 30 yoshga yetgan bemorlarning 20% ida, 40 yoshdan katta bemorlarning esa 40% ida uchraydi. Bu kasalga duchor bo’lgan bemorlar organizmida bir qancha a’zo va to’qimalar zararlanadi, ya’ni yurak sohasida og’riq bo’lishi va uning kattalashishi (miomatoz yurak). Shuning uchun ham bu kasallikni sistemali kasallik deyiladi.
Bachadon miomasining kelib chiqish sabablari va rivojlanishi yuzasidan juda ko’p olimlarning fikr-muloіazalari bo’lib, ular har xildir, lekin yagona yakuniy xulosaga kelinmagan. Bu masalada butun dunyo olimlari tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Bunga dalil sifatida bachadon miomasi masalasida 1976 yili Kishinev shaіrida 1978 yili Moskva shaіrida, 1980 yilda Samarqand shaіrida bo’lib o’tgan butun dunyo olimlarining anjumanlari asosiy dalil bo’lib hisoblanadi
Ayollar organizmida bachadon miomasining kelib chiqishi asosan gormonal o’zgarishlar tufayli, ya’ni gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezi-tuxumdon orasidagi munosabatning, biron-bir qismining shikastlanishi hamda bachadondagi o’zgarishlar natijasida xususan miometriyning giperplaziyasi tufayli vujudga kelishi mumkin.
Gipofizning gonadotrop gormoni tekshirilganda, hayz sikli davomida organizmda progesteron gormonining miqdori kamligi, bu esa o’z navbatida hayz siklining ikkinchi davri yetishmovchiligiga olib kelishi aniqlangan. 70-80% xollarda bachadon miomasi bemorlarda patologik hayz sikli mavjudligini ko’rsatadi, xususan anovulyator, ya’ni davriy yoki ovulyator, biroq lyutein davrning yetishmovchiligi sifatida namoyon bo’lgan hayz siklini nazorat qilgan. Klinik va eksperimental tadqiqotlarga tayanib, ayollar organizmida ro’y bergan gormonlar o’zgarishi, xususan estrogen gormonlarning ko’p ishlanishi, bachadon miomalari paydo bo’lishida muhim rol o’ynaydi deb taxmin qilish mumkin.
Bachadon miomasi bilan kasallangan ayollarning kasallik tarixiga ahamiyat berilsa, ularning yoshligida harxil yuqumli kasalliklar bilan, 1/3 qismi bachadon ortiqlarining yallig’lanishi, bepushtlik bilan kasallanganligi aniqlangan va bu holatlar o’z navbatida organizmda gomeostaz buzilishiga olib kelib, ichki sekretsiya bezlarining faoliyati o’zgarishiga sabab bo’lgan. Bu holat hayz siklining buzilishiga ta’sir qilib, bir-biriga bog’liq bo’lgan patologik halqani hosil qiladi. Bu bachadon miomasining kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Bachadon miomasining kelib chiqishiga faqat uzoq muddat davomida estrogen-gestagen gormonlarning organizmga ta’sirining buzilishigina emas, balki bachadon mushaklarini ta’minlovchi nerv retseptorlarining g’ayritabiiy qo’zg’aluvchanligi ham sabab bo’ladi. Morfologik jixatdan miomalarning oddiy proliferativ sarkoma oldi turlari kuzatiladi. Gistologik tuzilishi jihatidan K. P. Ulezko-Strogonova fikricha, bachadon miomasi, bachadon mushak tolalaridan, hamda qon tomirlarning mezenximal elementlaridan rivojlanadi. Хulosa qilib aytganda, onkologlarning fikricha bachadon miomasi ham organizmda odatdagi o’lgan hujayralardan yetilib chiqqan deb taxmin qiladilar.
Bachadon miomasining tugunchalari rangining oqimtirligi bilan atrofdagi bachadon mushak to’qimalaridan ajralib turadi, boshqa mushak to’qimalariga qaraganda konsistensiyasi qattiqroq, zichroq bo’ladi. Ko’pincha mioma tugunchalari 95% bachadon tanasida va 5% miqdorda bachadon bo’ynida uchraydi. Ko’pincha tugunchalar bachadon tubida, ayniqsa bachadonning orqa devorida joylashadi. Bachadonning oldingi devorida orqa devoriga nisbatan 2 marotaba kam uchraydi, mioma tugunlari kamdan-kam bachadonning devorlarida joylashganligining shoxidi bo’lamiz. Eng kam uchraydigan joyi 1% da bachadon bo’yni va qindagi joylashuvidir. Mioma tugunlarining o’sish jarayoni yo’nalishi bo’yicha uch xil bo’ladi:
1. Submukoz, 15-25% shilliq osti qavatida joylashib, tugunchalar bachadon bo’shlig’i tomon o’sadi.
2. Interstitsial, 30% tugunchalar bachadon devoridagi mushak qavatining orasiga joylashadi (45-rasm).
3. Subseroz, 30% o’sma qorin pardasining ostida joylashgan bo’ladi (46-rasm). Bunday hollarda ko’p tugunli miomalarda bachadonning hartomonlama bir xil kattalashganini ba’zan esa bir tomonlama kattalashganini aniqlaymiz (47-rasm). Bachadon kattaligi hatto 39-40 haftalik homiladorlikdagi darajada bo’lishi mumkin.
Subseroz tugunlar esa bachadon shaklini keskin o’zgartirib yuboradi va qorin bo’shlig’i tomonga qarab o’sib, bachadon devoriga harxil uzunlik va qalinlikdagi o’sma oyoqchasi bilan bog’lanadi. Agar subseroz tugunlar ko’p miqdorda bo’lsa, huddi kartoshka tuganaklariga o’xshab ketadi. Shilliq qavati ostida joylashgan tugunchalar esa bachadon bo’shlig’i tomon o’sib, uning shakli o’zgarishiga olib kelib, keyinchalik bachadonning kuchli qisqarishiga hamda bachadon bo’ynining ochilishiga olib kelib, tugunchalarning qin tomonga tug’ilishi sodir bo’ladi.
O’smalar siydik pufagi yoki to’g’ri ichak tomonga qarab o’sgan bo’lsa, shu a’zolarning faoliyati buziladi. Тez o’suvchi mioma patogenetik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’sma o’sishining 3 xil turi tafovut qilinadi: 1) chin – miogen elementlarning proliferatsiyasi va gipertrofiyasi hisobiga 2) soxta (62%) – surunkali yalliglanish jarayoni tufayli qon-limfa aylanishining buzilishi va shish oqibatida 3) stimulyatsiyalangan – boshka kasalliklar (adenomioz, sarkoma) ning rivojlanishi bilan bog’liq
Тuxumdon: Bachadon miomasida tuxumdonda ham o’zgarishlar sodir bo’ladi. Хususan tuxumdon o’lchami jihatidan kattalashadi, chunki to’qimalar mayda-mayda distrofik o’zgargan pufakchalarga aylanib, ko’p miqdorda fibroz tanachalar bilan qoplangan bo’ladi. Qon tomir devorlarida skleroz va gialinoz o’zgarishlar sodir bo’ladi. Biriktiruvchi to’qima ko’p miqdorda bo’lib, premordial follikullar soni juda ham kamayib ketgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |