4.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning
ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari. Ta’lim tizimidagi islohotlar va
davlat tili to‘g ‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xusu-
san, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stilish metodikasi
va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘zgarishlar
me’yoriy o ‘quv-metodik adabiyotlarda muayyan darajada o ‘z aksini
topgan. Lekin, ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yon-
doshmoq talab etiladi.
Metodist olimlaming ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalar
ning nutqini o ‘stirish shartlarini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Mazkur muallif-
laming fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda
qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bola
da tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik
esa maktabda darslami o ‘zlashtira olmaslikka sabab bo‘ladi.
E’lon qilingan tadqiqot ishlarini umumlashtirib o‘rgangan holda
ulaming ko‘pchiligida maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madani
yatini shakllantirishga oid vazifalami hal etishga nisbatan quyidagi-
cha yagona yondashuv zaruriyatini aniqladik:
- tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada awalo
nutq eshitish shakllanadi, talaffuzni u keyinroq egallaydi);
- aniq talaffuz hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona
hamda aniq talaffuz qilish);
- so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
28
- nutqning orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash (bu namu-
naviy adabiy talaffuz qoidalarining jami);
- nutq sur’atini rivojlantirish;
- nutqning ifodaliligini shakllantirish (nutqning tabiiy, erkin, ya’ni
nutqning ongli ifodalanishi);
- nutqiy aloqa ko‘nikmalarini tarbiyalash;
- nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- nutq’iy nafas olishni shakllantirish;
- o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish malakasini shakl
lantirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda tar
biyachi va ota-onalaming roli benihoya kattadir.
Bolalar nutqi ustida ishlash jarayonida:
a) tengdoshlari bilan suhbatda xushmuomala bo‘lishlariga;
b) tabiiy ohangda gapirishlariga;
d) so‘zlashganda ruhbatdoshining yuziga qarab turishlariga;
e) qo‘llarini bamaylixotir holatda tutib turishiga e’tibor bermoq zarur.
Bizga ma’lumki, il bilan tafakkur o‘rtasida uzviy aloqa mavjud,
ular bir-birisiz yasha naydi.
Manbalar tahlili shuni tasdiqlaydiki, maktabgacha katta yoshdagi
bolalaming so‘z boyligini rejali, tarzda izchil kengaytirib borish zarur.
Bolalar nutqini to g‘ri rivojlantirish uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |