Babayeva d. R


gacha ta’lim rivojining  zamonaviy bosqichi  qator  o‘zgarishlar bilan  tivsiflanadi



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

gacha ta’lim rivojining  zamonaviy bosqichi  qator  o‘zgarishlar bilan 

tivsiflanadi:  maktabgacha ta’lim  ochiq turdagi ta’lim muassasasi si- 

fetida  shakllandi;  maktabgacha  ta’lim muassasalarining  eng  muhim 

ftinksiyasi  bolalaming  hayotiy  faoliyatini  muhofaza  qilish  va  salo- 

matligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilami maktab ta’limiga mu- 

Vtftqqiyatli tayyorlash va boshqalar.  Shuningdek, bugungi kunda Res- 

publikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi-

25


boshlang‘ich maktab,  davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktab­

gacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.

1997-yilda  YUNESKO  qaroriga  ko‘ra  maktabgacha  ta’limning 

nazariy  asoslarmi  qayta  ko‘rib  chiqish  zaruriyati  bilan  asoslangan 

«maktabgacha  ta’lim»  atamasi  qabul  qilindi. Ana  shunday  asosdan 

kelib chiqqan holda 2011 -yilda Respublikamizda maktabgacha ta’ lim 

rivojinmg  asosiy  yo‘nalishlari,  maqsad  va  vazifalari,  tamoyillarini 

o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» ishlab chiqildi.

0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Maktabgacha ta’lim Konsepsiya­

si» uch bosqichda amalga oshiriladi:

I bosqich -  qonunchilik faoliyatiga doir -  2012-2014-yillar.

II bosqich -  tashkiliy-amaliy -  2015-2017-yillar.

III bosqich -  yakuniy -  2018-2020-yillar.

«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi

alohida  yoritib  o‘tilgan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi, 

0 ‘zbekiston Respublikasining  «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadr­

lar  tayyorlash  Milliy  dasturi  va  boshqa  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar 

asosida  ishlab  chiqilgan bo‘lib,  unda respublikamizda maktabgacha 

ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.

Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish 

(preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktab­

gacha  ta’lim  tizimining  tuzilishi,  maktabgacha  ta’lim  muassasala- 

rining dasturiy-metodik ta’minoti,  maktabgacha ta’limda pedagogik 

texnologiyalami tatbiq etish masalalari yoritib berilgan.

«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g‘oyasini shaxsga 

yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asos­

dan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishla- 

rini  tashkil  etishga doir zamonaviy yondashuvlar  sifatida  ijtimoiy- 

pedagogik,  gnoseologik  (bilishga  doir),  psixologik,  akmeologik 

kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish 

bayon etilgan.

Shuningdek,  konsepsiyada maktabgacha  ta’limning asosiy  ikkita

-   didaktik  va  metodik  modellarining  mohiyati  ham  chuqur  va  ye- 

tarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan 

ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ular-

26



ning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog 

va bolalaming o‘zaro harakati turlari aniq ko'rsatib berilgan.

Konsepsiyaning uchinchi -  «Maktabgacha  ta’limning tuzilishi» 

bo‘limida  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  turlari,  tabaqa- 

lashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha  ta’lim  muassasalari­

da guruhlami shakllantirish, ulami zarur jihozlar bilan ta’minlash, 

mazkur  ta’lim  muassasalarida  ijtimoiy  va  psixologik  xizmatni 

yo‘lga  qo‘yish,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  uchun  tarbiya- 

chilar tayyorlash tizimi,  maktabgacha ta’lim muassasasi xodimla- 

rini  qayta tayyorlash  va malakasini  oshirish  masalalariga alohida 

e’tibor qaratilgan.

Konsepsiyada  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  asosiy  e’tibor 

qaratilishi lozim bo‘lgan guruhlami tashkil etishning tabaqalashtiril- 

gan  yondashuvga  asoslangan  quyidagi  maqbul varianti taqdim etil- 

gan.  Unga ko‘ra turli yoshdagi  tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan 

guruhda -   10-12 ta bola, ilk yosh guruhida -  6-8 bola,  uch yoshdan 

besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida -  8-10 ta bola, besh yosh­

dan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida -   10—12 ta bola qamrab 

olinishi maqsadga muvofiq.

Shuningdek,  konsepsiyada  ta’kidlab  o‘tilganidek,  maktabgacha 

ta’lim 

muassasalarini narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik, 

moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish lozim. Chunki 

aynan 


maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axlo- 

qiy 


qiyofa  shakllana  borib,  uning  har  tomonlama  uyg‘un  rivojlani- 

ihiga 


tamal toshi qo‘yiladi.

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  psixologik  va  ijtimoiy  xiz- 

matning 

birga  olib  borilishi  tarbiya  samaradorligini  ta’minlashga 

Xizmat 

qiladi.  Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik va 

■haxsiy 

rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sot- 

■ium 

(ta’lim  muassasasi,  oila va mahalla)dagi  tarbiyasi,  rivojlanishi 



V» to'liq 

ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlar yaratadi.

«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da belgilab berilgan yana bir 

muhim  vazifa  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  dasturiy-meto- 

dlk  ta 


’minotini  takomillashtirishdir.  Yaratilishi  lozim  bo‘lgan  das- 

tUrly-mctodik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan talablar,



27


bolalar bilan  ishlash,  ularni  rivojlantirishning  asosiy yo‘nalishlarini 

amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar 

va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxas- 

sislar  uchun yangi  avlod  darslik va o‘quv  qo‘llanmalari  o‘rin  egal- 

lashi  kerak.  Albatta,  bu  xayrli  ishlami  ta’lim-tarbiyaning  birinchi 

bo‘g‘ini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish 

maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birin­

chi  navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz,  ularni 

yetuk malakali  mutaxassislar bilan  boyitishimiz zarurdir.  Tarbiyala- 

nayotgan  bolalarni  har  tomonlama  bilimli  odob-axloqli  qilib  tarbi­

yalash bizning oliy maqsadimizdir.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish